1. Rossiya federatsiyasi to’g’risida qisqacha ma’lumot. 2013-yilda Rossiya Federatsiyasidagi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar



Yüklə 49,43 Kb.
səhifə1/4
tarix17.12.2023
ölçüsü49,43 Kb.
#150255
  1   2   3   4
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi m


Mavzu: Rossiyaning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
Reja:
Kirish.
1. Rossiya federatsiyasi to’g’risida qisqacha ma’lumot.
2. 2013-yilda Rossiya Federatsiyasidagi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar.
3. Regressiya modelini baholashda EKK usuli va uning xususiyatlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Iqtisodiy nuqtai nazardan, ish haqi mehnat ta'minoti darajasini baholashga yordam beradigan vosita sifatida muhim rol o'ynaydi. Davlatning iqtisodiy ahvolini aholining daromadlariga qarab qarab baholash mumkin. Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan umumiy daromadlarning shakllanishi aynan bozor tizimining qay darajada tartibga solinganligiga chambarchas bogʻliqdir. Ish haqi ham aynan aholi daromadlarining mabaini tashkil etuvchi sifatida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Shu asnoda biz Minserning ish haqi tenglamasi yordamida Rossiya Federatsiyasida 2013-yilda olib borilgan statistik ma’lumotlar yordamida ish haqi loyihasini ko’rib chiqamiz.

1. Rossiya federatsiyasi to’g’risida qisqacha ma’lumot.
Rossiya Rossiya Federatsiyasi (ruscha: Российская Федерatsiя) — Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), Bering, Oxota, Yapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Maydoni 17,1 mln. km². Aholisi 145,3 mln. kishi (2002). Poytaxti – Moskva shahri. Maʼmuriy jihatdan 89 subʼyekt: 21 respublika Adigeya, Boshqirdiston, Buryatiya, Dogʻiston, Ingushiya, Kabarda-Balkariya, Kareliya, Komi, Mariy El, Mordoviya, Oltoy, Saxa (Yakutiya), Tatariston, Tuva, Udmurtiya, Haqasiya, Checheniston, Chuvashiya, Shimoliy Osetiya, Qalmoq, Qorachoy Cherkasiya, 6 oʻlka (Krasnodar, Krasnoyarsk, Oltoy, Primorye, Stavropol, Xabarovsk), 49 viloyat (Amur, Arxangelsk, Astraxon, Belgorod, Bryansk, Vladimir, Volgograd, Vologda, Voronej, Ivanovo, Irkutsk, Kaliningrad, Kaluga, Kamchatka, Kemerovo, Kirov, Kostroma, Kurgan, Kursk, Leningrad, Lipetsk, Magadan, Moskva, Murmansk, Nijniy Novgorod, Novgorod, Novosibirsk, Omsk, Orenburg, Oryol, Penza, Perm, Pskov, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Saxalin, Sverdlovsk, Smolensk, Tambov, Tver, Tomsk, Tula, Tyumen, Ulyanovsk, Chelyabinsk, Chita, Yaroslavl), 2 federal shahar (Moskva, Sankt-Peterburg), 1 muxtor viloyat (Yahudiylar), 10 muxtor okrug [Aga Buryatlari, KomiPermyaklar, Koryaklar, Nenetslar, Taymir (Dolgan Nenets), Ust Ordinskiy Buryatlari, XantiMansi, Chukotka, Evenklar, YamalNenets]ga boʻlinadi. Rossiyada 1091 shahar, 1922 shaharcha bor. 2000-yil Markaziy, Shimoliy-Gʻarbiy, Janubiy Volga boʻyi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq, federal okruglari tashkil etildi.
Rossiya Federatsiyasi aholisining ish haqi daromadlariga ta’sir etuvchi faktorlarga to’xtalamib o’tamiz. Bu uchun Minserning “ish haqi tenglamasi”dan foydalanamiz, Minserning ish haqi tenglamasi odamlar oylik ish haqining inson kapitali bilan o’zaro bog’liqligini tahlil qiladi. Minser (1974) ish haqqini natural logarifmga olish orqali ta’limning chiziqli ta’sirini, ish ta’sirining esa kvadratik ta’sirini aniqlagan, lekin hozirgi kunga kelib boshqa ijtimoiy, demografik va hududiy omillar Minserning logarifmik modellarida kiritilib va kengaytirilib borilmoqda. Minserning ish haqqini kengaytirilgan modeli quyidagich keltirilgan:

Bunda: – individlarning ish haqi, Educ – ta’lim yili, – ish haqiga ta’sir qiluvchi k ta omil, – k ta omilning ish haqiga ta’siri va – modelining xatoligini bo’lib, matematik kutilmasi nolga va variasiyasini bir xil bo’lgan normal taqsimlanga, deb faraz qilinadi. omillar ish haqiga ta’sir qiluvchi boshqa omillari bo’lib, individlarning mehnat bozorida ish haqqini shakllantiruvchi omillari bo’lib hisoblanadi.
Minser modeli turli darajadagi maktab ta’limiga ega bo’lgan odamlar hayotlari davomida nima uchun turli xil daromad olishlarini tushuntirish uchun farqlarni qoplash tamoyilian foydalanadi. Bunda u ularning malakasi, ta’lim yili, yoshi va shunga o’xshash ma’lumotlarni ma’lum bir davr ichida o’rganib ularning ta’sirini o’raganib chiqgan.
Rossiya misolida buni qanday ko’rishimiz mumkin?
Rossiya o’rta daromad oluvchi mamalakat hisoblanadi. Rossiyada yillik o’rtacha ish haqi 1,240,000 rublni tashkil qilgan yoki 16,616 AQSH dollariga teng. Ta’lim yili esa Rossiyada magistr darajasidagi ishchilar 29% ko’proq daromad topadi bakalavr darasidagi ishchilarga qaraganda va shu bilan birgalikda doktor darajasidagilar 23% ko’proq daromad topishadi magistr darajadagilarga qaraganda, malakali ishchilar esa agar ikki va besh yil malakaga ega bo’lsa 32% ko’proq maosh oladi shu malakaga ega bo’lmagan ishchilarga qaraganda, besh yillik malakadan ortiq ega bo’lganlar 36% ko’proq daromad olishadi besh yildan kam malakaga ega bo’lgan ishchilarga qarganda.
Inson oylik ish haqi daromadlariga bir nechta omil ta’sir qiladi. Ular orasidan biz, Rossiyaliklar maoshiga ta’sir qiladigan omillar sifatida quyidagilarni keltiramiz.

Yüklə 49,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə