1. Rossiya federatsiyasi to’g’risida qisqacha ma’lumot. 2013-yilda Rossiya Federatsiyasidagi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar



Yüklə 49,43 Kb.
səhifə2/4
tarix17.12.2023
ölçüsü49,43 Kb.
#150255
1   2   3   4
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi m

Rossiya xaqida faktlar.
1. Rossiya – dunyodagi eng katta mamlakat bo‘lib, uning maydoni 17 075 400 kvadrat kilometrni tashkil etadi. U AQShdan 1,8 marta katta. Rossiya hududi Pluton sayyorasining maydoniga deyarli teng.
2. Dunyodagi eng katta faol vulqon – “Klyuchevskaya Sopka” Rossiyada joylashgan. Uning balandligi 4 kilometr-u 850 metr.
3. Sankt-Peterburg metrosi - dunyodagi eng chuqur metro. Uning o‘rtacha chuqurligi 100 metrga teng.
4. Sankt-Peterburgdagi ko‘priklar Venetsiyadagiga qaraganda uch marta ko‘p.
5. Transsibir temir yo‘l magistrali – dunyodagi eng uzun temir yo‘l. Moskvani Vladivostok bilan bog‘lovchi Buyuk Sibir yo‘lining uzunligi 9 298 kilometr bo‘lib, 87 ta shahar va aholi maskanlari orqali, 8 ta vaqt zonasini, 16 ta daryoni kesib o‘tadi.
6. Sibirning Baykal ko‘li – dunyodagi eng chuqur ko‘l va sayyoradagi eng yirik chuchuk suv manbai. Baykalda 23 ming kilometr kub suv bor. Dunyoning barcha yirik daryolari - Volga, Don, Dnepr, Yenisey, Ural, Ob, Gang, Orinoko, Amazonka, Temza, Sena va Oder Baykal ko‘li hajmiga teng suv havzasini to‘ldirishi uchun qariyb bir yil kerak bo‘ladi.
7. Rossiya – hududi o‘n ikkita daryo bilan yuvilib turadigan yagona davlat.
8. Rossiyani Amerikadan 4 kilometr ajratib turadi. Bu Ratmanov oroli (Rossiya) va Bering bo‘g‘ozidagi Kruzenshtern oroli (AQSh) orasidagi masofadir.
9. Rossiyaning madaniy markazi Sankt-Peterburgda 2000 ta kutubxona, 221 ta muzey, 100 ta konsert zali, 80 tadan ortiq teatr, 80 ta klub va madaniyat uyi, 62 ta kinoteatr, 45 ta galereya bor.
10. Moskva Kremli – dunyodagi eng katta o‘rta asr qalasi hisoblanadi.
11. Rossiya 16 ta davlat bilan chegaradosh: Norvegiya, Finlyandiya, Estoniya, Latviya, Litva, Polsha, Belorussiya, Ukraina, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Xitoy, Mongoliya, Shimoliy Koreya, Yaponiya va AQSh. Shuningdek, u ikkita tan olinmagan davlatlar bilan ham chegaradosh: Janubiy Osetiya va Abxaziya.
12. Dunyoda Kalashnikov avtomatlari soni boshqa konstruksiyadagi barcha avtomatlar birgalikda qo‘shib hisoblanganda ham ko‘proq.
13. Eng mashhur kompyuter o‘yini – Tetris rus dasturchisi Aleksey Pajitnov tomonidan 1985 yilda yaratilgan.
14. Moskva metrosining to‘liq uzunligi – 379,1 km bo‘lib, stansiyalar soni 221ta.
15. Ermitaj – dunyodagi eng yirik va qadimiy muzeylardan biri. Unda tosh asri va hozirgi davrni o‘z ichiga olgan uch millionta san'at asari bor. Agar ushbu asarlarning har birini tomosha qilish uchun bir daqiqadan sarflansa, Ermitajga 25 yil davomida ishga qatnagandek kuniga 8 soat vaqt sarflash kerak bo‘ladi.


Yüklə 49,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə