1-savol. Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi


Davlatning byudjet siyosati



Yüklə 23,5 Kb.
səhifə5/5
tarix26.10.2023
ölçüsü23,5 Kb.
#130829
1   2   3   4   5
Davlatning bozorga ta\'siri

Davlatning byudjet siyosati uning daromadlar va xarajatlar qismii o’zgartirishga qaratiladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy mablag’larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Soliqlardan xo’jalik sub‘ektlari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikka ta‘sir ko’rsatishda ham keng ravishda foydalandi.
Davlat iqtisodiyotni tartib solish vositasi sifatida byudjet xarajatlaridan ham foydalanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda asosiy kapitalga hisoblanadigan jadallashgan amortizatsiya ajratmalari alohida rol o’ynaydi. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo’yilmalari muhim rol o’ynaydi. Jumladan, bozor kon‘yunkturasi yomonlashgan, turg’unlik yoki inqiroz sharoitida xususiy kapital qo’yilmalar qisqaradi, davlat investitsiyalari esa odamda o’sadi. Shu orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o’sishiga qarshi turishga harakat qiladi.
SHuningdek, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish bir qator shakllarini ham ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Davlat iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi;
2. Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-tadqiqot konstruktorlik ishlanmalari, ixtirolarni davlat tomonidan rag’batlantirish hamda iqtisodiyotdagiikibiy siljishlarni ta‘minlash;
3. Investitsiya jarayoni va iqtisodiy o’sishni davlat tomonidan tartibga solish;
4. Ishchi kuchi bozoriga davlat tomonidan ta‘sir ko’rsatish;
5. Qishloq xo’jaligini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning shakllaridan eng ustuvori davlat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi. Dasturning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va vositalaridan kompleks foyalanishdan iborat. Iqtisodiy dasturlar o’rta muddatli, favqulodda va maqsadli bo’lishi mumkin. O’rta muddatli umumiqtisodiy dasturlar odatda 5 yilga tuziladi. Favquloddagi dasturlar tig’iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli inflyatsiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xususiyaga ega bo’ladi. Bunday maqsadli dasturlarning ob‘ekti tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy tadqiqotlarning har xil yo’nalishlari bo’lishi mumkin.
Iqtisodiyotga davlat tomonidan tartibga solish tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan-texnika yutuqlari eksportini rag’batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va eksportlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreditlarini kafolatlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreitlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi savdoda boj to’lovlarini o’zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir.
Xullas, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishda qo’llaniladigan vosita va dastaklari birgalikda milliy iqtisoiyotni takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlkatlarning tashqi iqtisodiy aloqalariga o’z ta‘sirini ko’rsatib boradi.
Yüklə 23,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə