1-Seminar ishi rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim va tarbiya (esse, venn diagrammasi usullari asosida) Ishning maqsadi



Yüklə 37,27 Kb.
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü37,27 Kb.
#180575
1   2   3   4   5
1-seminar uzb

TOPSHIRIQLAR:
1. O'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to'grisida»gi Qonuni(1997)ning vazifalari to'g'risidagi mini-debatga tayyorlaning. Bunda «Ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlaming ustuvorligi», «Davlat ta’lim standartlari doirasida barchaning ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratilganligi» haqidagi tushunchalami keltirilgan nazariy dalillar rukni asosida isbotlashga harakat qiling.
2. «Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi», «Mening ideal o'qituvchim», mavzularidan biriga referat tayyorlang.
3. Interfaol uslublardan biri «Esse va Venn diagrammasi usullaridan foydalanib ta’lim to'grisidagi Qonun va Milliy dastur to'grisidagi fikrlaringizni jamlang.


ESSE metodi:
Esse - fransuz tilida essai tajriba, ingliz tilida «essay», «assay-intilish, ijodiy sinov, ocherk, lotincha «exagium”,- o'ylash» degan ma'noni bildiradi. Esse - o'quvchining aniq mavzu yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalari asosida yoziladigan ixcham ijodiy ish hisoblanadi. Uning o'zgachaligi mavzuda ko'tarilayotgan muammoga fakt va dalillarni o'rinli keltirish orqali o'z munosabatini bildirish.
Essening maqsadi - o'quvchini faol va tanqidiy va mantiqiy fikrlashga o'rgatish, o'z mulohazalarini dalillashga yo'naltirish, til unsurlaridan o'rinli foydalanish orqali fikrni to'g'ri yetkazib berish ko'nikmalarini shakllantirish. Esse yozish o'quvchilarga o'z fikrini erkin bildirishga, mavzuga aloqador ma'lumotni to`g`ri qabul qilishga va tushunishga, muammoning yechimini topishga aloqador dalillardan foydalanib, o'z xulosasini aniq va savodli bayon etishga imkon yaratadi. Asosiysi , keltirilgan fakt va dalillarning o'rinli qo'llanishidir. Essening tuzilishi Esse 3 qismdan iborat.

  1. Kirish Kirish - mavzuni mantiqiy va uslubiy jihatdan bog'lab yorita

olish . Bu bosqichda berilgan mavzuni ifodalash uchun savolni to'g'ri qo'yish muhim. Chunonchi, bu o'rinda esse yozuvchi «Kirish qismida ushbu mavzuga ma'lumot berish kerakmi?», Men tanlagan mavzuning dolzarbligi qay darajada?», «Men esse yozish davomida o'z fikrimni dalillash uchun qanday manbalarga tayanaman?», «Men kalit so'zdan kelib chiqqan holda tezis qo'ya olamanmi? kabi savollarni o'z oldiga qo'yishi va shuning atrofida fikr yuritgani ma'qul. Essening kirish qismi kamida, ikki xatboshidan iborat bo'lishi va har bir xatboshida ikki- uch gap ifodalanishi mumkin.


  1. Yüklə 37,27 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə