1-seminar mashg’uloti. Tabiatshunoslik fanining ahamiyati va uning rivojlanish bosqichlari (2soat) Umumiy ma’lumot. Tabiatshunoslik fanining ahamiyati


Tabiatshunoslik fanining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 22,68 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2023
ölçüsü22,68 Kb.
#102919
1   2   3   4
1-seminar

Tabiatshunoslik fanining rivojlanish bosqichlari. Barcha fanlar kabi “Tabiatshunoslik” fanining rivojlanish jarayoni 6 bosqichga bo’linadi:
1-bosqich. Eramizgacha bo’lgan VIII-VI asrlarni o’z ichiga oladi. “Tabiatshunoslik” fani rivojlanishining birinchi bosqichini shu kungacha aytilgan barcha fikrlarni inkor qilgan holda “Avesto” ma’lumotlariga asoslanib, “Avesto”ni astronomiya, tabiat, ekologiya, qishloq xo’jaligi va tabiat haqidagi ilmlar birinchi bo’lib yozib qoldirilganini bilamiz. “Avesto” faqat diniy tushunchalar haqidagi bitiklardan iborat emas, balki yuqorida qayd etilgan fanlarning dastlabki ildizlari yozilgan manba hamdir.
Biz “Avesto” haqida bilmagan, uning yodgorliklari hali insoniyatga ma’lum bo’lmagan paytlarda, hamma kabi fanning rivojlanishini Gretsiyadan boshlangan, deb ishonardik. Ammo yer yuzi bo’ylab, ayniqsa Yevropada “Avesto”shunos olimlar paydo bo’lib, ular grek-yunon olimlari tabiiy fanlar haqida dastlabki ilmni “Avesto”dan ko’chirib, grek-yunongacha tarjima qilib o’zlariniki qilib o’zlashtirib olganlarini yozib qoldirganidan so’ng, dunyoviy fanlar rivojlanishining birinchi bosqichi yoki dastlabki ildizlari bizning yurtimiz Markaziy Osiyoda deb aytishga haqlimiz. Bu o’rinda ta’kidlash joizki, fanning rivojlanishi eramizgacha bo’lgan IV asrdan emas, balki VIII- asrdan boshlangan. Hali bu borada ko’pgina fikrlar aytilishi aniq.
2-bosqich. Eramizgacha bo’lgan V-I asrlarni o’z ichiga oladi. Ma’lumki, “Tabiatshunoslik” fani yoki dunyoviy fanlar haqidagi ilmiy tasavvur va kuzatishlar Gretsiyada rivojlandi. Grek olimlari “Tabiatshunoslik” faniga ilmiy asos soldilar. Eramizgacha bo’lgan IV asrda Aristotel, Platon, Ptolomey dunyoning geomarkazini tuzdilar, Empedokl, sababsiz hech narcha hosil bo’lmasligini va hech narsa izsiz yo’qolib ketmasligini aytdi.
Levkinn, Demokrit, Epikur dunyoning atomlardan tuzilganligi haqida farazni bildirishdi. Pifagor dunyoning Sharsimon ekanligini, Eratosfen esa yerning radiusini aniqladi, Giparx yerdan Oygacha bo’lgan masofani o’lchadi. Aristarx Samosskiy, Eratosfen, Gipparx, Arximed va Ptolomeylar birinchi bo’lib yulduzlar bizdan juda olisda ekanligini ma’lum qilishdi, yerdan yulduzlargacha, yerdan qo’yoshgacha bo’lgan masofalarni o’lchashdi.
Ptolomey yerning dumaloqligini isbotlaydigan geografik karta tuzdi, Aristotel esa anatomiya, botanika, sistematika va hayvonlar embriologiyasini ilmiy asosladi.
Galen va Gippokrat kasalliklarning kelib chiqishini o’rgandi va kasalni emas, balki kasallikning kelib chiqishini davolash kerak, degan so’zni aytdi.
Dunyoda “Tabiatshunoslik” fanining rivojlanishiga turtki bo’lgan asarlar jumlasiga Yevklidning “Boshlanish”i va Ptolomeyning “Buyuk qurilish” kabilar kiradi.
Bu davrdagi olimlar tabiatshunoslik sohasida katta tajribalar olib borishmagan bo’lishsada, kuzatish va fikrlash asosida uni rivojlantirdilar.
Qadimgi Gretsiya insoniyatga ilm va fanning buyuk darg’alarini yetkazib berdi. Ularning kuzatishlar natijasida yozib qoldirgan ayrim durdona fikrlari hozirgacha ahamiyatini yo’qotgan emas. Oradan ming yillar o’tganiga qaramasdan ularning fikrlari odamlarning dunyoga bo’lgan munosabatida, ma’naviyat va madaniyatida alohida o’rin egalaydi. Tabiatshunoslikka u davrlarda kam e’tibor berilgan bo’lsa, hozir taraqqiyotni, tabiatni, odamlarni va jamiyatning quvvatini belgilaydigan kuchga aylandi.
3-bosqich. VIII va XII asrlarni o’z ichiga oladi. VIII asrlarga kelib, Sharqda takroran fanga e’tibor berila boshlandi. “Tabiatshunoslik” rivojiga hissa qo’shgan ilk olimlardan biri Ahmad ibn Nasr Jayxoniydir. VIII-IX asrlarda bu ulug’ inson Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston mamlakatlarining o’simliklar va hayvonot dunyosi haqida qimmatli ilmiy fikrlar, shuningdek, shu mintaqalarda tarqalgan o’simlik va hayvonlardan aholi tomonidan foydalanilishi va ularning insonlar hayotidagi ahamiyati haqida yozib qoldirilgan.
Qomusiy olimlardan biri bo’lgan Al-Xorazmiy VIII-IX asrlarda yashadi. Xivada tug’ilgan bu olim, Bag’dod akademiyasining asoschilari va rahbarlaridan biri sanaladi. Xorazmiy tabiiy fanlardan, “Astronomiya” va “Geografiya” fanlari rivojiga katta hisa qo’shgan, u “Algebra” fanining asoschisi. “Algebra” so’zi uning “Al-kitob al muxtasar fi-hisob aljabr va al muqobila” risolasidan olingan.
Abu Nasr Forobiy ham astronomiya fanining asoschilaridan biri. U Bog’dodda birinchi observatoriyani qurgan va ilmiy darsliklar yozgan. Abu Nasr Forobiy tabiiy, ilmiy, ijtimoiy, falsafiy bilimlarga bag’ishlangan 150 dan ziyod asar yozib qoldirgan.
Ahmad al-Farg’oniy sharqning IX asrlarda yashab, ijod qilgan buyuk allomalaridan biri bo’lib, matematika, astronomiya, geografiya fanlarining asoschilaridan hisoblanadi, “Bayt ul hikma” ilmiy markazining tashkilotchilaridan biri.
Abu Ali Ibn Sino faqat tibbiyot ilmining asoschisi bo’lib qolmasdan, matematik, astronom, faylasuf, tabiatshunos olim hamdir.
Abu Rayxon Beruniy 160 dan ziyod asar yozib qoldirgan. Ular astronomiya, fizika, geografiya, geologiya, botanika, tibbiyot, etnografiya, falsafa va boshqa fanlarga oid asarlardir.
Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”sida Andijondan Hindistongacha bo’lgan joylarning tabiati, iqlimi, o’simliklari va hayvonlari haqida ma’lumot berdi.
Mirzo Ulug’bek Samarqandda ilmiy madrasa ochib, uning boshchiligida astronomiya fani rivojlandi, yulduz yilining uzunligi 365 kun, 6 soat, 10 minutu 8 sekundligini aniqladi. Texnika taraqqiy etgan hozirgi davrda aniqlangan yulduz yili uzunligi bilan Ulug’bek aniqlangan bu muddat orasidagi bu farq bori-yo’g’i 1 minutu 2 sekunddir.
O’rta asrlarda Sharqda ilm-fan juda tezlik bilan rivojlandi. Sharq olimlari yunon olimlarining ilmiy asarlarini o’rgandilar va ularni o’z tillariga tarjima qildilar. O’rta asrda birinchi arab universitetlari va akademiyalari ochildi.
Evropa olimlari esa qadimgi grek olimlarining asarlari bilan arablarning tarjimalari orqali tanishdilar, xalos.
4-bosqich. XV va XVIII asrlarda Kopernik, G.Galiley, I.Nyuton, I.V.Lomonosov, P.S. Pallas, A.G.Verner, S.Geyls, Ch.Darvin, K.Volf, J.Lamark va boshqalar tomonidan tabiatshunoslikni o’rganish borasida inqilob yoki buyuk kashfiyotlar qilindi: ilmiy tarjribalar boshlandi, muomalaga “Tabiatni o’rganuvchilar” atamasi kirib keldi. Bu olimlar tomonidan tabiiy fanlardan-kimiyo, biologiya, fizika, geologiyaning birinchi tabiiy-ilmiy poydevoriga asos solindi. Tabiat haqidagi fanlarning empirik qonuniyatlari aniqlandi.
XVIII asrlarda Yevropa mamlakatlarida birinchi akademiyalar va keng qamrovda bilim beradigan universitetlar ochildi. Tabiiy fanlarga qiziqish doirasi juda kengaydi. Fan jamiyat rivojida o’ziga xos o’rin egalladi. Ammo texnik fanlarning rivojlanishi hali juda sust edi.
Bu davrlarda Yevropada tabiiy fanlar haqida dastlabki to’g’ri fikrlarni aytgan olimlar inkivizatorlar qahriga uchrab, ilmiy ishlari uchun joni bilan to’lov to’ladilar.
Tabiiy fanlar asrdan-asrga shu tarzda rivojlanib bordi.
5-bosqich. XIX asrga kelib, tabiiy fanlar har tomonlama taraqqiy etdi, endi yerda hayotning paydo bo’lishi, turlar, tabiiy tanlanish, o’simliklar sistematikasi haqida ilmiy asarlar yozildi, hujayra kashf qilindi, makon va zamon haqida klassik mexanikaga asoslanib asosiy fikrlar ishlab chiqildi. Ko’pgina ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ishlar olib borilib, muayyan xulosalar olindi, olimlar ayrim kashfiyotlarni 2-mamlakatda bir-biridan bexabar tarzda kashf etdilar (Masalan Mendel va Morgan). Tabiiy fanlarga qiziqish sekin-asta nihoyatda kuchayib bordi, barcha fanlar bo’yicha tabiiy fanlar bilan bog’liq holda izlanishlar olib borildi.
XIX asrning ikkinchi yarmida dunyo mamlakatlaridagi fan namoyondalari bir-birlari bilan o’zaro bog’lanishib, o’z kashfiyotlarini o’rgana boshladilar. SHu tariqa o’zaro hamkorlik boshlandi. Halqaro kongresslar o’tkazilib, olamshumul nazariya va xulosalar birgalikda muhokama qilindi.
Fandagi samarali natijalar xalq xo’jaligining hamma sohalarida qo’llanilaboshladi. Endi nazariyalardan amaliy tajribalarga tayangan holda xulosalar chiqarishga o’tildi. Bu borada kuzatishar olib boriladigan, laboratoriyalarga ega, texnik, biologik yo’nalishdagi universitetlar tashkil etildi.
XIX asr tabiatshunosligida termodinamika va elektrodinamika, energiyaning saqlanish va aylanish qonuni, turlararo tabiiy tanlanish qonuni, fotosintez, elektron va kvant nurlanishlar, galaktika va undagi yulduzlar, neptun planetasi, tirikdan tirik paydo bo’lishi kabi nazariyalar kashf etildi. Elektrlarning davriy tuzilishi, atom va molekula, moddalar tuzilishining kimyoviy nazariyasi asoslari, fizik-kimyo, organik va anorganik moddalarning asosi birligi aniqlandi.
Bu asrda dunyoning hozirgi ko’rinishiga to’liq ta’rif berildi, geoxronologik shkala ishlab chiqildi, tuproqshunoslik fan sifatida dunyoga keldi, dunyo tuproqlarining to’liq ta’rifi o’rganib chiqildi. Hujayra kashf etildi va hujayrashunoslik fan sifatida yuzaga keldi, genetika fanining ilmiy asosi shakllandi, tashqi muhit va unda yashovchi tirik organizmlarning birligi asoslandi, asab tizimining butun organizmni boshqarishi isbotlandi. Selekhiya, fiziologiya, o’simlikshunoslik, mikrobiologiya va boshqalar rivojlanib, fan sifatida to’liq shakllandi.
XIX asr boshlarida birinchi avtomobil yaratildi, parovoz, paroxod yaratildi, temir yo’llar, shu asrning ikkinchi yarmida hatto, metroyo’llari qurilib ishga tushirildi. Insoniyat uchun eng zarur bo’lgan elektr toki ham, birinchi yozuv mashinkasi, telegraf orqali uzatish, telefon va boshqalar ham shu asr olimlarining izlanishlari mahsulidir.
XIX asrni tabiatshunoslik rivojlanishida burilish yasalgan asr deb atash mumkin.
6-bosqich. Fan va texnika eng rivojlangan bu asrda tabiiy fanlar soni ko’paydi, dunyo haqidagi fikrlarimiz o’zgarib, oydinlashdi. Eng muhim mavzu- dunyoning paydo bo’lishi haqida butun yer yuzi olimlari ma’lum bir fikrga keldilar. O’simliklar va hayvonlarning kelib chiqish markazlari aniqlandi, biotexnologiya, sinergitika, kibernitika fan sifatida shakllandi. Tabiatdagi voqealarning yo’nalishsiz va aniq qonunlarsiz o’z holigacha rivojlanishi, dunyoning paydo bo’lishidagi global evolyutsiyaning aniqlanishi kabi qonuniyatlar ilmiy jihatdan amaliy fanlarda aksini topdi.
XX asrni to’liq ishonch bilan fan va texnika asri, deb atay olamiz. Bu asrda fan va texnika yo’nalishlarida birgalikda kashfiyotlar qilindi, izlanishlar olib borildi. Tabiatshunoslik fanlari qator texnik asbob-uskunalar yordamida aniq natijalarga erishdi. Tabiiy fanlar laboratoriyasi radioteleskop, kompyuter texnikasi, elektron mikrokoplar va eng aniq asboblar bilan jihozlandi. Bularning hamasi tabiiy fanlarni zamon talabiga mos ravishda ravojlanishiga yordam beradi.

Yüklə 22,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə