1-seminar mashg’uloti. Tabiatshunoslik fanining ahamiyati va uning rivojlanish bosqichlari (2soat) Umumiy ma’lumot. Tabiatshunoslik fanining ahamiyati


Tabiatning bir butun yaxlit tizim asosda rivojlanishi



Yüklə 22,68 Kb.
səhifə2/4
tarix22.03.2023
ölçüsü22,68 Kb.
#102919
1   2   3   4
1-seminar

Tabiatning bir butun yaxlit tizim asosda rivojlanishi. Ko‘rinib turibdiki, inson ham jismonan, ham ruhan atrof - tabiiy muhit bilan uzviy bog‘liq ekan. U tirik organizm sifatida o‘z mavjudligini ta’minlash uchun doimo tabiat bilan modda, energiya va axborot almashib turishga majburdir. Bu degan so‘z, inson tabiatni tarkibiy qismi sifatida u bilan birgalikda, uni ichida mavjud bola oladi demakdir.
Insonning tabiatga ta’siri boshqa faol bo`lmagan mavjudotlar (o‘simlik va hayvonot) ta’siriga nisbatan faol va xarakteri jihatdan tubdan farq qiladi. Ya’ni, inson ongi tufayli tabiatni o`z ehtiyoji va maqsadiga muvofiq tarzda o‘zgartirish va moslashtirish imkoniyatiga ega. Tabiat bilan bo‘Iadigan munosabatlarda insonga faollik va boshqa tirik mavjudotlar orasida yetakchilik qilish huquqini beruvchi komil inson ongi ijtimoiy muhitda, ya’ni jamiyatda shakllanadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib insonni ikkita, ya’ni tabiiy va ijtimoiy muhitlarning maxsuli bo‘lgan bioijtimoiy mavjudot deb atash mumkin. Insonda ham moddiy(tana) va ruhiy (ong) mohiyat mujassamlashgandir. U tirik mavjudot sifatida tabiat mahsuli, ongi tufayli esa ijtimoiy muhit (jamiyat) maxsuli hisoblanadi. O‘zlarining biologik xususiyatlari, ijtimoiy mavqelari va boshqa sharoitlariga ko‘ra turlicha ongga ega bo‘lgan kishilar birgalikda kishilik jamiyatini tashkil etadilar. Bundan ko‘rinib turibdiki, inson tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi boglovchi ko‘prik vazifasini o‘taydi. Bundan yana shunday xulosa ham kelib chiqadiki, inson tabiatni uzviy tarkibiy qismi bo‘lganligi uchun ular tashkil etgan jamiyat ham tabiatsiz mavjud bo’la olmaydi.
Boshqacha qilib aytganda, tabiat, inson va jamiyat yaxlit bir tizim sifatida faoliyat ko‘rsatadilar hamda ular mazkur tizimning tarkibiy qismlari bo‘lib hisoblanadilar. Mazkur o‘rinda shuni ham esda tutish zarurki, tizimning komponentlaridan biri bolmish jamiyat ong tufayli moddiy borliqning eng oliy rivojlangan shakli hisoblanadi. U bir qator o‘ziga xos ichki ijtimoiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Mana shu qonuniyatlarni tizimning boshqa komponent(tabiat va inson)lari rivojiga to‘siq bo‘lmasligi ekologik jihatdan muhim ahamiyatga ega.Ma’lumki, har qanday tizimning barqarorligi komponentlarning o‘zaro munosib ravishda rivojlanishi va ular orasidagi munosabatlar muvozanatlashgan holatda bolishini taqozo etadi, aks holda tizim buziladi va asl xususiyatlarini yo‘qotadi.
Yuqoridagilardan quyidagi xulosalami keltirish mumkin:
- yer sayyorasi va undagi tabiat hamda hayot shakli insonga ma’lum bo`lgan olamda yagonadir;
- tabiiy borliq inson va jamiyatning yagona moddiy negizidir;
- tabiat, inson va jamiyatni yaxlit tizim deb qarab, ularni birgalikda o‘rganish zarur;
- bu tizimning biror - bir komponentidagi o‘zgarish uning boshqa komponentlarida adekvat tarzdagi ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlarning yuz berishiga olib keladi.
Mavjud ilmiy manbalarga asoslanib, yer sayyorasi yoshini 4,7 mlrd yil deb aytish mumkin. Mana shu o‘tgan uzoq geologik davr mobaynida yerda o‘ziga xos tabiat shakllangan. Yer tabiatining evolutsion, spiralsimon tadrijiy taraqqiyoti bir neecha bosqichlarga bo‘linadi va ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Tabiatning shakllanishi, evolutsiyasi va asosiy xususiyatlarini o‘rganish bilan bir qatorda tabiiy fanlar ham shug’lullanadi. Ekologiya fani nuqtayi nazaridan tabiat komponentlari orasidagi va ular ichidagi muvozanat qanday qaror topganligi hamda uni jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib borayotgan hozirgi paytda qanday qilib saqlab turish mumkinligi asosiy ahamiyatga ega.
Tabiatni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar havo, suv, tog‘ jinslari, o‘simlik va hayvonotlar orasida va tabiatdagi turli modda va energiya almashinuvi jarayonlarida, uzoq geologik davrlar mobaynida o‘ziga xos barqarorlik holati yuzaga kelgan. Tabiatdagi mana shu barqarorlik tabiiy yoki ekologik muvozanat deb ataladi. Yerning tabiati o‘ziga xos ko‘rsatkich va qonuniyatlarga ega boigan turli ichki va tashqi ta’sirlarga ma’lum darajada bardosh bera oladigan murakkab funksional tizimdir. Bu tizimning tashkil etuvchilari, ya’ni tabiatning tarkibiy qismlari doimo o‘zgarish va rivojlanishda bolgani tufayli undagi muvozanat ham dinamik holatda mavjud bo‘la oladi.
Tabiatning nozikligi, garchi u ulkan tuzilma bolsa ham, unga ta’sir etishning osonligi aynan undagi mana shu muvozanat holati tufaylidir. Chunki, muvozanatdagi tizimni izdan chiqarish uchun uncha ko‘p kuch talab etilmasligi hammaga o‘rta maktab fizikasidan ayon. Tabiiy izdan chiqishiga esa, ko`p hollarda insonning tabiatga ko`r-ko‘rona, uzoqni ko‘zlamay, tabiat qonunlarini mensimay tayziq ko‘rsatishi sabab boiadi. Inson o'zining biror-bir ehtiyojini qondirish maqsadida tabiatdan foydalanadi va shu jarayonda uning birorta yoki bir necha komponentini o‘zgartiradi.Ko’pincha bu ta’sir jarayoni komponentlararo yoki ular ichidagi muvozanat holatini buzadi.
Tabiatshunoslik o’rganadigan va ishlab chiqadigan masalalar doirasiga quyidagilar kiradi:
Tabiatshunoslik tabiat hodisalarini o’zaro bog’lanishda va rivojlanishda o’rganishga imkon beradi. Tabiatshunoslik pedagogikada qo’llaniladigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Tabiatshunoslik o’qitish jarayonini kuzatadi, kuzatilgan jarayonlarni tahlil qiladi va taqqoslaydi, hodisalar o’rtasidagi qonuniy bog’lanishlarni aniqlaydi, xulosa va umumlashtirishning to’g’riligini amalda tekshiradi va buning natijasida tabiatshunoslikni o’qitish usul va uslublarini belgilaydi. Kuzatish va tajriba tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi sohasidagi eng muhim metodlardir.
Tabiatshunoslik - didaktika bilan bog’langan. O’quv materialini tanlash va uni sinflar bo’yicha taqsimlashga bo’lgan talablar didaktika bilan izohlanadi, ular xususiy metodik masalalarni hal qilishda, o’qitish metodlarini tanlashda, shuningdek o’quvchilarning o’quv faoliyatlarini har xil ko’rinish va shakllarda tashkil qilishda ham yetakchidir. Metodik uslublarni faqat har bir o’quvchi psixologiyasini, yoshi va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holdagina to’g’ri tanlash mumkin.
Tabiatshunoslik shuningdek, botanika, seleksiya, fiziologiya, anatomiya, gigiena, zoologiya, geografiya, agrotexnika, meteorologiya, mantiq va psixologiya kabi fanlar bilan chambarchas bog’liqdir. Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlarni, munosabatni, xarakterni o’z ichiga olgan faoliyat jarayonida boradi. Bunda u yoki bu faoliyat turining - o’qish, mehnat, o’yin, muloqotlarning dalillari alohida ahamiyatga egadir. Muloqot dalillari har qanday darsning tarkibiiy qismi bo’lishi kerak. Uni o’qituvchi hisobga olmasa, tabiat to’g’risidagi bilimlar imkoniyatini pasaytirib yuboradi.
Tabiat bilan to’g’ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida go’zallikni his etishni boyitadi va chuqurlashtiradi, ularda o’z harakati va ishini o’zi baholay olish qobiliyati rivojlanadi, bu xislatlar xulq-atvorning odobiy hamda axloqiy normalarini anglash, atrofdagilarga nisbatan mas‘uliyat hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan muloqot jarayonida o’rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr-munosabat vujudga keladi.
Barcha ta‘lim va tarbiyaviy vazifalarning bajarilishi metodlarning to’g’ri tanlanishiga bog’liq. Tabiatdagi mustaqil kuzatishlarsiz kichik yoshdagi o’quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlantirib bo’lmaydi, tirik organizmlarni bevosita o’rganmasdan turib o’simlik va hayvonlar hayotini tushunib bo’lmaydi, o’simliklarni o’stirish va hayvonlarni parvarish qilish bo’yicha amaliy ishlar bajarilmasdan qishloq xo’jalik mehnatining amaliy o’quv hamda ko’nikmalarini hosil qilib bo’lmaydi.

Yüklə 22,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə