1-seminar mashg’uloti. Tabiatshunoslik fanining ahamiyati va uning rivojlanish bosqichlari (2soat) Umumiy ma’lumot. Tabiatshunoslik fanining ahamiyati



Yüklə 22,68 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2023
ölçüsü22,68 Kb.
#102919
  1   2   3   4
1-seminar


1-seminar mashg’uloti. TABIATSHUNOSLIK FANINING AHAMIYATI VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI (2soat)


Umumiy ma’lumot.Tabiatshunoslik fanining ahamiyati. O`quvchilarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifani boshlang`ich sinflarda amalga oshirishda tabiatshunoslik fani muhim rol o`ynaydi. Bu predmetni o`rganish kichik yoshdagi o`quvchilarning shaxsiy tajribasini boyitadi, atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to`g`risida bilimlar to`plashga imkon beradi. Shuning uchun ham pedagogika oliy o`quv yurtlarining talabalari, ayniqsa, bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilari, pedagogik o’quv predmeti sifatida tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasining ilmiy - nazariy va amaliy yutuqlari bilan yaxshi tanish bo’lishlari lozim.
Shuningdek, tabiatshunoslikni o`qitishda o’quvchilarga ekologik ta’lim berish mazmunidagi bilimlar ham singdirilgan bo`lib, undagi o`quv materiallari bevosita tabiat bilan tanishish jarayonida o`rganiladigan bilimlar o`quvchilarning nazariy bilimi, amaliy ko`nikma va malakalari tarkib topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiat xilma - xil ko’rinishlari bilan insonni qurshab turgan moddiy olamdan tuzilgan. O’quvchilarga ekologik ta’lim - tarbiya berishdan maqsad - tabiatni bilish va uni asrashga o’rgatish, ekologik ta’lim - tarbiyaga oid nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
O’quvchilarga tabiatshunoslikni o’rgatib borish bilan o’qituvchi ularni ta‘limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim, o’quv va ko’nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, balki ularning dunyoqarashi, irodasi, xarakterini shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko’ra tabiatshunoslikni o’qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi.
O’qitish jarayoni o’zaro bog’liq bo’lgan qismlarni: predmet mazmuni, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini, ya‘ni predmetning o’zini, uni o’qitishni va o’qishni, ya‘ni bilim, o’quv va ko’nikmalarni egallab olishni o’z ichiga oladi. Shunga ko’ra tabiatshunoslikning vazifalari qatoriga o’quv predmeti sifatida tabiatshunoslik mazmunini aniqlash, o’qitishning metod va uslublarini tadqiq qilish, zarur o’quv jihozlarini ishlab chiqish kiradi.
Tabiatshunoslikning muhim masalalaridan biri - tabiat,atrof - muhit haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishdan iborat. Tajriba o’tkazish va bilish jaroyanida ko’p ma’lumotlar berishi mumkin. Lekin kuzatish bir - biriga bog’lanmagan, qarama - qarshi ma’lumotlarga ham olib kelishi mumkin.Olingan ma’lumotlar asosida nazariy fikrlash, mantiqiy xulosa chiqarish, muayyan tizimiga solish fanda katta ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 22,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə