Ijodiy yozma ish o'tkazish



Yüklə 37 Kb.
tarix13.05.2023
ölçüsü37 Kb.
#110135
Ijodiy yozma ish o\'tkazish


Ijodiy yozma ish o'tkazish
Yozma nutq talabalarda quyidagi sifatlarni shakllantiradi va o’stiradi:
1. Yozma nutq talabada o’zining shaxsiy nuqtai nazarini shakllantirishga, o’z fikri va tajribasini kadrlashga o’rgatadi.
2. Yozma nutq talabani muammoni chuqurroq tushunishga majbur etadi: talaba ma’lum fikrni yozma fodalangandan so’ng, uni tahlil etadi. Yangi fikrlar tug’iladi. Yozma nutq tanqidiy tafakkurni o’stiradi.
3. Yozma nutq talabaning qiziquvchanligini o’stiradi, kuzatuvchanligini shakllantiradi.
4. Yozma nutq asosida fikr bayon etilganda talaba o’z kursdoshlarining bildiradigan fikrini o’ylab ish tutadi. Yozma ishda xamkorlik namoyon bo’ladi.
5. Yozma nutq talabadagi o’qish ko’nikmalarni rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Talaba o’qganda xar bir so’z, ibora va jumlalarga e’tibor berish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida yozma nutqning rivojlanishiga alohida e’tibor berish pedagogik texnologiyaning asosiy talabi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya asosida dars o’tishda ta’limning barcha bosqichida (da’vat, anglash, fikrlash) yozma ishlardan foydalanish zarur. Tanqidiy tafakkurni rivojlantirishga oid maqola va kitoblarda yozma nutq turlariga katta e’tibor yerilgan.
“Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish vositalari” kitobida yozma nutqning quyidagi turlari ko’rsatilgan:
Da’vat bosqichida – “Asosiy masalalar”, “Muammoli savollar”, «Yerkin maktub”, “Chalkashib ketgan mantiqiy zanjir” kabi ish turlari;
Anglash bosqichida - “Muallifga savollar”, “Bilaman, bilishni hohlayman, bilib oldim” grafalarini to’ldirish, “Ikki qismli kundalik”lardan foydalanish;
Fikrlash bosqichida - «Yerkin maktub”, «Yerkin esse”, “10 minutli esse”, “Uch bosqichli intervyu” va boshqalardan foydalanish tavsiya etilgan.
Pedagogik texnologiyada o’qilgan matn haqida yozma fikr bildirishdan keng foydalanish kerak. Chunki bu jarayonda o’quvchi chuqur va atroflicha o’ylashga o’zini majbur etadi. Yozma fikr bildirish o’qituvchining tekshirishni maqsad qilib qo’ymasligi, talabaning o’qilgan matnga nisbatan shaxsiy munosabatni ifodalashga qaratilishi kerak. Bunda matn mazmuni qayta hikoya qilmay, unga o’z munosabatini bildirish shaxsiy bilim va tajriba asosida o’qilgan matnni taxlil etish matndagi asosiy g’oya haqida fikr bildirish muhimdir. Shunday qilinganda munozara kelib chiqishi fikrlar oydinlashtirilishi mumkin.
Har qanday yozma ishda mavzu bo’yicha ma’lumot to’plash ularni o’rganish va uni to’g’ri bayon etish haqida o’ylash zarur. So’ngra yoziladigan ishning dastlabki, (qaralama)nusxasi yoziladi va u qayta o’qib to’g’rilanadi.
Yozma ishlarni yozishga o’rgatish boshlang’ich sinfdan boshlanib, ta’limning barcha bosqichlarida davom ettirilishi foydalidir. Bunda rasmga qarab hikoya tuzishdan tortib kurs (diplom) ishi va dissertasiyaga borib yetish mumkin. Xulosa shuki, yozma nutq tanqidiy fikrlashga o’rgatishda muhim vosita hisoblanadi.
Ko’rinib turibdiki, bilim berish jarayonida an’anaviy va texnologik yondashuvlarining qiyosiy tahlili hozirgi kun talabiga texnologik yondoshuv mos ekanligini ko’rsatadi. Chunki ta’limga texnologik yondashuv talabalarni fikrlashga, mustaqil bilim olishga, o’qituvchi bilan xamkorlikda ishlash, faollik ko’rsatishga da’vat etadi.
O’zaro faol muloqot jarayonida tanqidiy fikrlashish, dars jarayonini jonli muloqot va baxslar blan o’tkazish pedagogik texnololgiyaning asosiy talabidir. Bunda bir qator ish usullari mavjudki, ular gurux talabalarining faol ishlashiga mo’djallangan.
Chuqur va atroflicha bilim egallanmagan, mustaqil bilim olishga odatlanmagan, bilimning hayotiy ahamiyatini tushunmagan talaba mustaqil O’zbekiston talaba etayotgan mutaxassis bo’lib yetisha olmaydi.


Tanqidiy fikrlashga o’rgatuvchi usullar

  1. Tanqidiy fikrlashga xos xususiyatlar.

  2. Tafakkur jarayonining mohiyati.

  3. Tanqidiy fikrlashga o’rgatuvchi ish usullarining mazmuni va tasnifi.

Talaba quyidagi bilim va tushunchaga ega bo’ladi:

  • Fikrlash bilish jarayonining muhim bosqichi.

  • Fkrlash uchun shaxs keng bilimga ega bo’lishi bilan birga narsa 9 hodisalar 0 o’rtasidagi bog’liklikni tushunishga intiladi.

  • Tanqidiy tafakkurni maxsus usullar yordamida rivojlantirish mumkin.

  • Tanqidiy tafakkurni o’stiruvchi usullarni amalda qo’llay oladi.

Ta’lim jarayonida talaba fikrlashga o’rgansagina uning egallagan fikrlari mustaxkam bo’ladi va amalda qo’llash imkoniyati vujudga keladi.
Pedagogik texnologiyada talabaning tanqidiy tafakkur yuritishi asosiy maqsad hisoblanadi. Umuman tafakkur jarayonining, ayniqsa, tanqidiy tafakkurning rivojlanishi xozirgi kunda talab etlmoqda. Fikr yuritish (tafakkur) ma’lum muammoli vaziyatda vujudga keladi. Muammoni yechish vaqtida bosh miyada chuqur analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, abstraksiya, xukum va xulosa chiqarish sodir bo’ladi.
Tanqidiy tafakkur har bir holatni mohiyatiga tushunib aks ettirishda ifodalanadi. Yangi pedagogik texnologiyada darsning barcha qismlarida maxsus usullardan foydalanib tanqidiy tafakkurni o’stirish talab etiladi. Ta’lim jarayonida talabalarning faol ishlashi asosida bilim o’zlashtirib olishi, talabalar qiziqib ishlashi, zo’riqmasligi, o’z imkoniyatlaridan to’liq foydalanishi talab etiladi.
Talaba mustaqil ishlasa bilimni puxta egallaydi. Talabada ilmiy izlanish ijod etish hissi shakllanib boradi.
Surilgan ma’ruza bir necha qismni o’z ichiga oladi.
Tayyorgarlik bosqichi. (Da’vat) Ma’ruzaning dastlabki qismida savol yoki topshiriq berilib, tinglovchilarning diqqati yangi o’rganiladigan ma’ruzaga tortiladi. Tinglovchilar ma’lum vaqt davomida (5 minut) o’zlarining mavjud bilimlarini yozadilar va juftliklarda muxokama etadilar. So’ngra har bir juftlikning 2-3ta ma’lumoti tinglanib, umumlashtiriladi. Bayon etilgan fikrlarning ro’yxatini tuzib qo’yish xam mumkin.
Yüklə 37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə