1. Shifohonaga 56 yoshli bemor boldir sohasidagi yirngli jarohat tufayli qabul bo’limiga murojat qildi. Qabul bo’limining shifokori yiringli bo’shliqni kesib ochdi va uni yuvib, drenaj o’rnatib qo’ydi. Savollar



Yüklə 13,83 Kb.
səhifə4/4
tarix11.05.2022
ölçüsü13,83 Kb.
#86776
1   2   3   4
Vaziyatli masala

Savollar:

1. Qon ketishining qaysi turida bemor kofe quyqasi rangida qayt qiladi

2. Qanday qo'shimcha tekshiruv usullarini bajarish kerak

3. Nima uchun qusilgan massa kofe quyiqasi rangida bo’ladi



7. Bemor jarrohlik bo'limiga rejali operatsiya uchun yotqizilgan. Operatsiyadan oldin tekshiruv poliklinikada o'tkazilgan. Bemorga operatsiya maydonini tayyorlash uchun navbatchi hamshira operatsiyadan bir kun oldin, kechqurun tuklarini tozaladi.

Savollar:

1. Ambulatoriya sharoitida bemorga qanday tekshiruvlar o'tkazildi?

2. Navbatchi hamshira to'g'ri ish qildimi?

3. Operatsiya maydoniga Grossix-Filonchikov usuli bo'yicha qanday ishlov beriladi?



8. Bemor 20 yosh, erkak. Qabul bo’limiga tez yordam mashinasida o’ng oyoq boldir suyagining ochiq sinishi tashxisi bilan olib kelindi. Anamnezidan 15 daqiqa avval fudbol maydonida jaroxat olgan, boldir suyagi singan. Tez yordam shifokorining so’ziga ko’ra transport immobilizatsiyasini o’tkazayotgan mahal ko’p miqdorda qon ketgan. Shu sababli son pastki 1/3 qismiga jgut qo’ygan. Ob’yektiv ko’rikda bemor hushida, AQB 110/80 mm.sim.ust. Puls 85 ta/min.

Savollar:

  1. Tez yordam shifokorining hatolari?

  2. Sizning taktikangiz?

  3. Suyak sinishlarining tasnifi?

9. Vrach-intern bo‘yinda karbunkuli bo’lgan bemorda operatsiya maydoniga ishlov berishda avval antiseptik modda bilan karbunkilni, so'ngra esa atrofidagi terini artdi.



Savollar:

1. Operatsion maydonga to‘g‘ri ishlov berilganmi?

2. Xatoligi nimada?

3. Operatsion maydonga ishlov berishda qaysi aseptikdan foydalaniladi?

4. Yiringli o’choq bo’lganda operatsion maydonga ishlov berish qoidalari?

5. Operatsion maydonni operatsyaga tayyorlash tadbirlarini ayting.



10. Rejali operatsiyadan so’ng, ikkinchi operatsiya boshlanishidan oldin kichik tibbiyot xodimi opеratsiya xonasini shamollatish uchun oyna va eshiklarni, ochib yеlvizak qilishga qaror qildi.

Savollar:

1.Kichik tibbiyot xodimining xarakatlari toqrimi ?



2. Opеratsiya xonasida xavo tomchi infеktsiyasi profilaktikasi usullarini sanab, izox bеring?

3. Opеratsiya xonasini tozalash usullarini sanab, izox bеring?
Yüklə 13,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə