1-sinf matematikadan integratsiyalashgan darslarni tashkil qilish texnologiyalari mundarija



Yüklə 89,14 Kb.
səhifə2/7
tarix17.04.2023
ölçüsü89,14 Kb.
#106006
1   2   3   4   5   6   7
1-SINF MATEMATIKADAN INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL QILISH TEXNOLOGIYALARI

Kurs ishini ob'ekti: boshlang‘ich ta'lim darslarini integratsiyalashga yondashuv jarayoni.
Kurs ishini predmeti: boshlang‘ich ta'limga integratsion yondashuvning mazmuni, vositalari, shakl va metodlari.
Kurs ishini maqsadi: boshlang‘ich ta'lim darslarini integratsiyalashga pedagogik psixologik yondashuvga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishini vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:

  1. Muammoni nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish.

  2. Boshlang‘ich ta'lim darslarini integratsiyalashga pedagogik psixologik yondashuviga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

  3. Boshlang‘ich ta'lim darslarini integratsiyalashga pedagogik psixologik yondashuviga oid ilmiy-metodik tavsiyalarni samaradorlik darajasini aniqlash.

Kurs ishini metodlari: mavzuga doir falsafiy, psixologik, pedagogik adabiyotlarni o‘rganish, maktab o‘quv metodik hujjatlarini o‘rganish, kuzatish, suhbat, umumlashtirish, so‘rovnomalar hamda tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish, matematik-statistik tahlil.
Kurs ishini hajmi. Kurs ishini 2 bob, 4 fasl, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.

I BOB. BOSHLANG‘ICH TA'LIMGA INTEGRATSION YONDASHUVNING NAZARIY ASOSLARI


    1. Umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quv fanlaridagi integratsiya jarayonlarining tarixiy-tadrijiy rivoji

Integratsiya jarayonining ildizi uzoq o‘tmishdagi klassik pedagogikaga borib taqaladi hamda fanlararo bog‘liqlik g‘oyasi bilan ifodalanib, o‘quv materialini mazmunini o‘rganish, tabiatni yaxlit bir butun sifatida talqin qilishni nazarda tutadi.


Integratsiya jarayoni differensatsiya bilan mustahkam aloqaga ega bo‘lib, mazkur jarayonlar o‘quv fanlarining tanlanishida, tuzilishida va o‘quvchilar bilimini umumlashtirishda o‘z aksini topadi.
«Integratsiya - differensiatsiya jarayonlaridagi fanlarning o‘zaro yaqinlashuvi va bog‘liqligida ko‘rinadi. Integratsiya jarayoni fanlararo bog‘liqlikning yuqori shaklida namoyon bo‘ladi4
Fanlarni integratsiyalab o‘qitish muammosini hal etish uchun fanlarning paydo bo‘lishi tarixi va ularning taraqqiy etishini anglab yetmoq zarur. Buning uchun fanlarning rivojlanish tarixini bilish lozim. Ana shunda fanlarni integratsiyalab o‘qitish muammosining hozirgi holatini, fanlarning paydo bo‘lish tarixi va taraqqiyoti qanday bo‘lganligini, kelgusida qanday fanlar bo‘lishi lozimligi haqida fikr yuritish mumkin.
Fanlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan bog‘liq. Insoniyat rivojlanishining dastlabki bosqichlarida odamlar tabiat haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lmaganlar, atrof–muhitda sodir bo‘ladigan hodisa, jarayonlarni kuzatuvchilari bo‘lishgan, xolos. Keyinchalik hodisa, jarayonlarning sodir bo‘lishini kuzatibgina qolmay, ma'lumotlar to‘plab, tahlil qila boshlaganlar.
Insonlarning ehtiyojlari, mehnat qurollarining takomillashib borishi, tevarak atrofdagi olam to‘g‘risida tasavvurlarning rivojlanishi, tabiat hodisalarga



4 Бахарева Л.Н. Интеграция учебных занятий в начальной школе на краеведческой основе.
// Начальная школа. - 1991. - 8. - С. 48-51.
munosabatning shakllanishi, to‘plangan bilimlarni, tajribalarni yig‘ish zaruriyati vujudga keldi.
Qadimgi Yunoniston va Sharqda (eramizdan oldingi VI-V asrlar (“Avesto”) falsafa bilan birgalikda naturfalsafa ham yuzaga kelgan. Tabiiyotni fan sifatida rivoj topishi (eramizdan oldingi, 384-322 yillar) Aristotelning “Fizika”, “Metafizika” asarlarida o‘z aksini topgan. Fanlarning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti, tarmoqlanishi, ularning o‘zaro ta'siri natijasida yangi hosilaviy fanlarning paydo bo‘lishini quyidagi modul orqali ifoda etish mumkin.
Tabiatni fan sifatida o‘rganishga va rivojlantirishga Forobiy (950), Abu Ali ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1048) katta hissalarini qo‘shganlar.
XII asr G‘arbiy yevropada yevklid, Geron, Ptolemey, Galen, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va boshqa mutafakkirlarning tabiatshunoslikka oid asarlari tarjima qilinib o‘rganilgan. Shuning uchun bu asr “tarjima” asri deb atalgan.
XII-XIV asr G‘arbiy yevropada ishlab chiqarish kuchlari, savdo-sotiqning rivojlanishi, fanlarning qayta “Uyg‘onish”iga tayyorgarlik ko‘rish davri bo‘lgan.
XVI-XVII asrlardan boshlab yevropadagi barcha yirik davlatlarda, sanoat rivojlanadi. Bu davrda texnika vujudga keladi, mexanik qurollar va mashinalar ixtiro etilib, ishlab chiqarishga tadbiq etila boshlandi.
Fan namoyandalarining tabiat qonunlarini tinmay o‘rganishlari natijasida, tabiiyot fanlarining yangidan yangi sohalari vujudga keldi.
Buyuk didakt olim Yan Amos Komenskiy bu xususida shunday yozadi:
«Barcha o‘zaro bog‘liqliklar aynan ana shu bog‘liqlikda o‘rganilishi zarur» 5 . Keyinchalik ko‘plab olimlar mazkur fikrni umumlashtirgan holda uni yanada rivojlantirdilar.
D.Lokkning g‘oyalari ta'limning mazmunini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, unda bir fan ikkinchi fanning elementlari va misollari asosiga boyitilishi nazarda tutiladi.
Nemis o‘qituvchisi F.Yunge sakkizta tushuncha va empirik umumlashmalar asosida, birinchilardan bo‘lib, tabiat fanlarini integratsiyalab o‘qitishga tayangan kursni ishlab chiqdi.
I.G.Pestalotssi katta didaktik material asosida o‘quv fanlarining turli yo‘nalishdagi o‘zaro bog‘liqliklarini yoritib berdi. Bunda u «O‘z ongingda barcha o‘zaro aloqador predmetlarni bog‘liqligini ular jonli tabiatda aynan qanday bog‘liq holda bo‘lsalar aynan shu holda tasavvur qilgin” deb talab qiladi. U bir fanning ikkinchi fandan ajratib olinishidagi alohida noo‘rin jihatlarini ham asoslab berdi.
Klassik pedagogika namoyandasi Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy (1824-1870) fanlararo bog‘liqligining psixologik-pedagogik asosini anchayin to‘liqroq holda ishlab chiqdi. Uning fikriga ko‘ra «Ma'lum qilinayotgan bilim va g‘oyalar organik jihatdan fanda qanday bo‘lsalar, shunday tarzda o‘rganilishi zarur».
XX asrning 20-yillarda “Tabiat”, “Mehnat” va “Jamiyat” mavzusidagi integrativ kurslar yaratildi.
Boshlang‘ich 1-4 sinflar uchun “Atrof olam” va yuqori 5-7 sinflar uchun “Tabiatshunoslik” integrativ kurslari yaratildi. Bu kurslarda tabiat, inson va jamiyat haqidagi o‘quv materiallari o‘zaro bog‘lanishda aks ettirilgan.

Ta'lim integratsiyasining bosh maqsadi - shaxsni har tomonlama kamol topishini ta'minlashning muhim prinsipi sifatida maydonga keldi. Integratsiyalashgan ta'lim shaxsni intellektual va madaniy rivojlantirishning bosh omili bo‘lib qoldi. Fransuz olimi Dj.Dyuining fikricha, “Ayni paytda ta'limda
uning og‘irlik markazini siljitishga qaratilgan o‘zgartirishlar boshlandi. Bu o‘zgarishlar, Kopernikning tabiatshunoslikda olam markazini yerdan Quyoshga siljitgan inqilobga juda o‘xshab ketadi. Bizni misolimizda bola (o‘quvchi) Quyosh kabi, uning atrofida esa ta'lim vositalari girdi-kapalak bo‘lib aylanadi. Bola, atrofida shakllantirilayotgan vositalarning markazidir”, deb qaraladi.
V.I.Zverev integratsiyani uzviy bog‘lanish, yaxlitlikni yaratish, turli o‘quv predmetlari elementlarini uyg‘unlashtirish asosida yagona sintezlash jarayoni, deb tushuntiradi.
Ta'limda bilimlar integratsiyasining muhim ahamiyati haqida L.V.Tarasov: “ITI davrida fan, texnika va xo‘jalik mexanizmlarini biosfera bilan chambarchas bog‘liqligini, “tor doirali” mutaxassisliklar tomonidan ko‘rmaslik asosida muammolarni bir tomonlama yechish, jamiyat uchun juda qimmatga tushadi. Ta'limda integratsiya, eng avvalo, fanlararo aloqani keskin rivojlantirishni, turli fanlarni o‘zaro hamkorlikda o‘qitishdan, ularni chuqur o‘zaro ta'sirlashishiga o‘tishini taqoza qiladi”, deb uqtiradi.
G.F.Fedorsovning integrativ – tematik yondashuvi ham fanlarni integratsiyalab o‘qitishning pedagogik asoslari bo‘lib hisoblanadi. Integrativ – tematik yondashuvda o‘quv jarayonining mazmuni, metodik va tashkiliy birligi sifatida o‘quv fanining mavzusi (bo‘limi) olinadi. Har bir mavzuning yetakchi g‘oyalari bir tomondan kursning yetakchi g‘oyalariga tegishli bo‘ladi, ikkinchi tomondan bu g‘oyalar mohiyatini ochib beradi, ya'ni mavzuni o‘rganish jarayonida yetakchi g‘oyalar aniqlashtiriladi. O‘quv fanining yetakchi g‘oyalari (tushunchalar, qonunlar, hodisalar va nazariyalar) o‘rganadigan materiallarning mohiyatini ifodalaydi, ichki birligi va organik yaxlitligini ta'minlaydi. Bunday yondashuv o‘qitishni sermazmun va metodik birlikdagi uyushgan, samarali tashkil etishga yordam beradi.
A.N.Zaxlebniy va M.V.Reshkovlar fanlarni integratsiyalashni maktabdagi alohida fanlar mazmunida o‘quv dasturi va darsliklardagi bog‘lanishlarni hisobga olgan holda amalga oshirish lozimligini ta'kidlaydi.
Integratsiya muammolari bilan ko‘plab shug‘ullangan K.D.Ushinskiy V.Ya.Styunin, N.F.Bunakov, V.I.Vodovozov kabi pedagoglar fanlararo bog‘liqlik nazariyasining metodik ishlanmasini yaratishga e'tibor qaratdilar.
Yetuk klassik – pedagoglar I.D. Zvereva, M.A. Danilova, V.N. Maksimovoy, S.P.Baranova, N.M. Skatkina; psixolog-olimlar N.Talыzina, Yu.A. Samarina, G.I. Vergelis, M.G. Davletshin, E.G‘oziev, B.Vohidov va boshqalar o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashni takomillashtirishning ayrim jihatlarini o‘rganganlar.
Shuningdek, bir qator ishlar boshlang‘ich ta'limda fanlararo bog‘liqlik va fan ichidagi bog‘liqlik ishlariga bag‘ishlangan (T.L.Ramzayeva, G.N.Akvileva, N.Ya.Vilenkin, G.V. Beltyukova, M.Maxmutov, R.A.Mavlonova va boshqalar).
XIX asrning o‘rtalaridayoq G‘arbiy yevropaning ko‘plab davlatlarida (ko‘proq Germaniyada) dastlabki kompleks dasturlar ishlab chiqila boshlandi. Bunda mualliflar o‘rganilayotgan hodisalarni yagona o‘zakga birlashtirish g‘oyasini ilgari surganlar. Qo‘pincha bu bizni o‘rab olgan joy bilan bog‘liq bo‘lishi bilan birga, mehnat jarayonlari va madaniy jarayonlar bilan bir butunlikda bog‘liq bo‘lardi. XIX asrning oxiri va XX asrlar boshlarida integratsiya g‘oyasi yetakchi xarakter kasb etadi.
80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, an'anaviy ta'limdagi integrativ yondashuvlar yetakchi rol o‘ynay boshladi. Bunda an'anaga ko‘ra quyidani to‘rt asosiy yondashuvdan foydalanildi:

  • alohida predmetlarni yagona integrativ kursga birlashtirish;

  • barcha fanlarni ijodiy rivojlanuvchi paradigma asosida o‘rganishni (metod bo‘yicha integratsiyalash);

  • ta'lim jarayonini kompyuterli asosga o‘tkazish (texnologiyaga oid integratsiya);

  • darslardagi o‘quvchilar bilan bo‘ladigan kommunikativ muloqotning barcha pedagoglar uchun bir xil bo‘lgan usulini qo‘llashga kelishish (germenevtika).

Sun'iy xarakter kasb etgan yangi fanlarning paydo bo‘lishi («Jahon badiiy madaniyati») va shunday konstruksiyaga ega bo‘lgan metapredmetlarning yuzaga kelishi («Belgi», «Son», «Simvol»).
Shunday qilib, o‘quv materialini integratsiyalashga intilish so‘zsiz ravishda jahonda ham, milliy pedagogikamizda ham tabiiy va yetakchi xarakter kasb etadi. Hozirgi vaqtda o‘qitish va ta'lim berishdagi integratsiya muammosiga yanada kuchli e'tibor qaratilmoqda. Biroq, yuqoridagi fikrlarga tayangan holda aytish mumkinki, integratsiya jarayon sifatida fundamental ilmda ham uning shoxobchalarida ham paydo bo‘ldi. Hozirgi vaqtda zamonaviy maktabda integratsiyani pedagogik muammolarni yechimini topuvchi, maktabdagi faoliyatni yaxshilashga, pedagoglar jamoasini salohiyatini oshiruvchi, ularga ta'sir etishning
optimal yo‘llarini topishga xizmat qiluvchi omil deb qaralmoqda.
Integratsiya pedagogik holat sifatida ikkita an'anaga ega: avvalo aytish lozimki, ayrim maktab fanlari integrativ xarakterga ega. Ko‘pincha bu fan ichidagi integratsiya darajasi bo‘lib: masalan, savodga o‘rgatish darslari (o‘qishni va yozishni o‘rgatish) – o‘sha davrdayoq integratsiyalashgan dars edi. (K.D.Ushinskiy davridayoq bu darslar integratsiya tarzida olib borilgan) Shuningdek, maktabdagi adabiyot darsi yagona maqsad asosida amalga oshirilgan. Bunda o‘zaro bog‘langan adabiyotni o‘rganish, o‘qish malakasini takomillashtirish, ijodiy fikrlash, ijod qilish malakalarini birlashtirishga qaratilganligi fikrimizga dalildir.
Biroq, bugungi kunda maktab predmetlarini birlashtirishga nisbatan yangi yondashuv bosqichi boshlandi. Fanlararo bog‘liqlikdan turli bir-biriga yaqin bo‘lgan predmetlarni yaqinlashtirish, yaxlit holda integratsiyalash muammosiga murojaat qilinmoqda.
Ta'limdagi integratsiyaning mohiyati nima bilan xarakterlanadi?
«Integratsiya» tushunchasi ta'lim jarayoniga tatbiq etilganda ikkita ma'noni anglatadi: birinchidan, bu maktab o‘quvchilarida bizni o‘rab turgan atrof-olamni bir butunlikda deb qabul qilinishiga erishish (bunda integratsiya ta'lim maqsadi sifatida maydonga chiqadi); ikkinchidan, fanga doir bilimlarni umumiy jihatlarini yaqinlashtirish (bunda integratsiyaga ta'lim vositasi sifatida qaraladi).
Bugungi kunda fanlarni integratsiyalash muammosi pedagogik jamoaga, o‘quvchilarga ta'sir etishning yangi pedagogik vazifalarni samarali yechimini faol izlashga qaratilgan yo‘nalishlardan biri sifatida e'tirof etilmoqda.
Integratsiya eng avval “katta” ilmda, so‘ngroq uning shoxobchalarida paydo bo‘ldi. U hajm va talab jihatdan kengayib borayotgan fanlarni va uning tarmoqlarini differensatsiyalash jarayonidagi keskin qarama-qarshiliklar zamirida yuzaga keldi. Bu holat avval yagona bo‘lgan fanlardagi chuqurlashuv, uning alohida yo‘nalishlarining yangi va yangi yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi, ayrim tor yo‘nalishdagi va bu jarayonda yangi bir fanlarning yuzaga kelishi mutaxasislarning bir-birlarini tushunmasliklari bilan xarakterlanadi.
Professor R.A.Mavlonovaning ta'lim jarayonidagi integratsiya muammolariga oid fikrlarini ko‘rib chiqamiz. U integrativ ta'limni quyidagicha sinflarga bo‘lgan. Jumladan, ko‘p fanlar integratsiyasini universal yoki bir necha asosiy tizim kurslarini almashtiruvchi umumiy deb ham atash mumkin. Masalan, o‘qish, tabiat, rasm darslarini bitta umumiy darsga birlashtirish.
Odatda, bunday kurslarning mualliflari tabiiy fanlar materiallarini birlashtirib, ularni bir ma'lum tizimga keltirishadi va o‘z kurslarini integrativ yoki kompleks (umumiy) deb ataydilar. Ko‘rinib turibdiki, boshlang‘ich ta'lim tizimidagi tabiiy fanlar materiallarini berishda to‘g‘ri ketma-ketlikka faqat darslar tuzilishini saqlab qolibgina erishish mumkin. Ba'zi e'tiborli olimlar ta'kidlaydilarki, bu an'anaviy maktablarda ham tabiiy fanlarni ketma - ket o‘rganish yo‘li bilan ham hal qilinmoqda. Bir qator olimlar boshlang‘ich ta'limga ham darslarga ajratib o‘qitish an'analari tarqalgan deb hisoblaydilar.
Tabiiy fanlarni o‘qitishning tizim bo‘yicha davom ettirishni bekor qilish va soddalashtirish uchun ko‘pgina mualliflar gumanitar sinflar uchun umumlashtirilgan kurslar (darslar) taklif qiladilar. Bularga umumiy tushunchalar beruvchi, bolalarda tabiiy fanlarni o‘rganishga qiziqish uyg‘otish vazifasini bajaruvchi, tabiat haqida qiziqarli ko‘rinishda hikoya
qiluvchi boshlang‘ich tabiiy fanlar kurslari (masalan, boshlang‘ich sinflardagi «Tabiatshunoslik») kiradi.
Chegaradosh fanlar asosida tuzilgan kurslar. Keng integratsiya jarayoni oldingi ilmiy yo‘nalishlarni bog‘lovchi yangi tabiiy fanlar va ilmiy yo‘nalishlar hosil bo‘lishiga olib keldi.
Boshlang‘ich sinflarda ekologik ta'limni kuzatib, o‘qish, tabiatshunoslik, mehnat (tabiiy materiallar bilan ishlash), rasm fanlariga ekologik mavzular kiritilgani ko‘rinadi. Bir - biriga yaqin chegaradosh fanlarning qatoriga molekulyar biologiya, biofizika, geofizika, biokimyo, astrofizika, astrokimyo kiradi. Bu fanlar asosida maktab integrativ tabiiy fanlari tuziladi.
Asosiy fanlar asosida tuzilgan kurslar. Zamonaviy bilimlarning har bir bo‘limini qamrab oluvchi asosiy fanlar asosida tuziladi.

Yüklə 89,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə