1-sinf matematikadan integratsiyalashgan darslarni tashkil qilish texnologiyalari mundarija


Integratsiya-tafakkurni rivojlantiruvchi omil ekanligi



Yüklə 89,14 Kb.
səhifə3/7
tarix17.04.2023
ölçüsü89,14 Kb.
#106006
1   2   3   4   5   6   7
1-SINF MATEMATIKADAN INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL QILISH TEXNOLOGIYALARI

1.2 Integratsiya-tafakkurni rivojlantiruvchi omil ekanligi


O‘quv jarayonini tashkil etishdagi asosiy vazifa pedagogik texnologiyadan samarali foydalanish ekanligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Ammo shu kunga qadar pedagogik texnologiyaning aksariyati nazariy muammolarga bag‘ishlangan bo‘lib, uning amaliyotga ta'siri kamroq sezilmoqda. Buning uchun zamonaviy texnologiyalarni tezroq amaliyotga joriy etish usullarini ishlab chiqish talab etiladi. Ta'lim integratsiyasi– fanlararo aloqaning yuqori darajasi, bir butun integrallashgan bilimlarni yaratishga imkon beruvchi vosita. Integratsiya tushunchasiga berilayotgan ta'riflar turlicha; ushbu ta'riflarning umumiylik tomoni


- integratsiya bu atrofimizdagi borliqqa yaxlit qarashga erishishdan iborat.
Integratsiyaning asosini fanlararo aloqadorlik tashkil etadi va o‘zining rivojini integratsiya g‘oyasida topadi. Integrativ mazmunga ega bo‘lgan predmetlarni o‘rganish bo‘lajak mutaxassislar bilimi, ish uslublari, shaxsiy fazilatlari yaxlit, bir butunligini ta'minlovchi omil sifatida qaraladi.
Yu.M.Kolyagin fikriga ko‘ra, ta'lim tizimida integratsiya ikki xil ma'noda qo‘llanilishi mumkin:

  1. O‘quvchilarda atrofimizdagi olam haqida bir butun, yaxlit tasavvurni shakllantirish (bunda integratsiyaga ta'lim maqsadi sifatida qaraladi).

  2. Predmetlardan beriladigan bilimlarni yaqinlashtirishning umumiy platformasini topish (bu yerda integratsiya-ta'lim vositasi hisoblanadi).

Birinchi ma'no bo‘yicha integratsiya o‘quvchi bilim dargohiga dastlabki qadamini qo‘yishidanoq, dunyoni yaxlit, bir butun, uning barcha elementlari o‘zaro bog‘langan tizim sifatida tasavvur qilib olsin.
Ikkinchi ma'noda integratsiya o‘quv fanlaridan beriladigan bilimlarning o‘zaro to‘qnash(uchrash)gan yeri(nuqtasi)da yangi tasavvurlarni anglay olsin. Dastlab, fanlardagi fikr(g‘oya)lar to‘qnashgan nuqtada avvaldan bo‘lgan tabaqalashgan bilimlardagi kamchiliklarni to‘ldirishga, ular o‘rtasida bo‘lgan bog‘lanishlarni tarkib toptirishga da'vat etsin.
Ta'limdagi integratsiyani quyidagicha ifodalashni lozim topdik:

  1. Butun borliq haqida yaxlit tassavvur hosil qilish (bu yerda integratsiya ta'lim maqsadi sifatida qaraladi);

  2. Turli fan bilimlarini yaqinlashtirish uchun umumiy platforma topish (bunda integratsiya vosita sifatida ishlatiladi).

  3. Rivojlantiruvchi ta'lim berish vositasi sifatida.

  4. Umuminsoniy, milliy tarbiya vositasi sifatida.

Ikki o‘quv fani o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatishda va ularning integratsiyasida vaqti-vaqti bilan u yoki bu fan tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Turli o‘quv fanlardagi mavzularning uzviy bog‘liqligi va mantiqiy o‘zaro aloqadorligi integratsiyalashgan darslarning asosi bo‘lishi kerak.
Integratsiyaning tarkibiy qismlari.
Olib borilgan tadqiqotlardan ma'lum bo‘ldiki, integratsiya ma'lum bir tarkibiy qismlarga ega ekan. Quyida ana shu haqda fikr yuritiladi.
Ob'ektga doir integratsiya: bunda bir ob'ektning turli fanlardagi timsollari bir mavzu, bo‘lim yoki kurslarga (yer, suv, havo, oziq-ovqat va boshqa) kiritiladi.
Tushunchaga oid integratsiya: bunda umumiy tushuncha (energiya, harakat, modda, axborot va boshqalar)lar mazmunini ochib beradigan mavzu yoki kurslar qamrab olinadi.
Nazariyaga oid integratsiya: u fizika, kimyo, biologiyadagi kvant nazariyasi; biologiya, kimyo, astronomiya, texnika, sotsiologiyadagi evolyusion nazariyaga asoslanadi.
Metodologik integratsiya: u falsafa metodologiyasi kabi ilmiy bilishning alohida metodlariga taalluqli integratsiya bo‘lib, ularga tizimli yondashuvning qo‘llanilishi va uning mohiyati, tabiatshunoslikka oid muammolarning qo‘yilishi va ularning hal etilishi; fandagi tushuntirish va prognoz qilish; kuzatish, tajriba, modellashtirishning tuzilish mohiyati va qo‘llanilishi kabilar kiritiladi.
Muammoli integratsiya: u turli kenglik darajasidagi fanlararo muammolarni qamrab oladi (atrof-muhitni muhofaza qilish, giyohvandlikka qarshi kurashish va boshqalar).
Faoliyatga oid integratsiya: munozara, guruhlar tarkibida ishlash, fanlararo reja va loyihalar tuzish va boshqalar.
Amaliy integratsiya: turli jarayon yoki texnik mahsulotlarni har tomonlama ko‘rib chiqish, antibiotiklar, sintetik moddalar, biotexnologiya kompyuterlar va boshqalar.
Ta'limda o‘quvchilarga ma'lum bilimlar tizimini yetkazib, ularni faqat eslab qolishning o‘zi bugungi kunda yetarli bo‘lmay qoldi. Zamonaviy bilim olishda motivatsiya uyg‘otish, mustaqil bilim olish ishtiyoqini hosil qilish, integratsiya asosida ta'lim berish dolzarb vazifalardandir. Pedagogik texnologiya ana shunday talabni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ta'lim tizimidir. Texnologiyaning asosiy talabi-o‘quvchilarning puxta bilim olishi, bilimlarni o‘zlashtirishda faollik ko‘rsatishi, mustaqil fikrlashi, ta'limda aniq samarador natijaga erishishdir.
Ta'limni integratsiya qilish mohiyati nimadan iborat? Ta'limga bog‘liq
«Integratsiya» tushunchasi 2 ta ma'noga ega:
O‘quvchida atrofdagi olam to‘g‘risida yaxlit tasavvur hosil qilish (bu yerda integratsiya ta'lim maqsadi sifatida ko‘riladi).
Predmetli bilimlarni yaqinlashtirish uchun umumiy platformani topish (bu yerda integratsiya - ta'lim vositasi sifatida ko‘riladi).
Integratsiya ta'lim maqsadi sifatida olam tizimining alohida qismlari bog‘liqligini ko‘rsatuvchi bilimlarni berishi emas, bolani barcha elementlari bir- biriga bog‘liq yaxlit olamni tasavvur qilishga birinchi qadamlarida o‘rgatishi kerak. Bu maqsadni boshlang‘ich maktab amalga oshirishi kerak.
Integratsiya - predmetli bilimlar chegarasida yangi tasavvurlarini qabul qilish vositasi. Birinchi navbatda tabaqalashtirilgan bilimlar orasida bilmagan joylarni to‘ldirish, ular orasidagi aloqalarni o‘rnatish lozim. U ta'lim oluvchining bilimini oshirishga, ta'limdagi tor ixtisoslashtirishni yangilashga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga integratsiya ta'limining klassik o‘quv predmetlari o‘rnini egallashi kerak emas, u faqat olinayotgan bilimlarni yaxlit bir tizimga birlashtirishi kerak, xolos. Muammoning qiyin tomoni integratsiyaning ta'lim boshidan oxirigacha dinamik rivojlantirishdadir. Agar boshida «hamma narsa to‘g‘risida ozgina bilish» lozim bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik tarqoq bilim va ko‘nikmalarni birlashtirish kerak bo‘ladi va oxiriga kelib «ozgina narsa to‘g‘risida hammasini bilish» kerak bo‘ladi, ya'ni bu yangi integratsiya darajasidagi ixtisoslashtirishdir.
Ma'lumki, «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi» e'lon qilingandan buyon o‘quv rejasidagi fanlarning soni boshlang‘ich ta'limda 10 dan ortdi. O‘quv fanlari miqdorini oshirish, albatta, har doim ham ijobiy natija beravermaydi. Chunki bugungi zamonaviy texnologiya son orqasidan quvish emas, balki sifat o‘zgarishlarining ham bo‘lishini taqozo etmoqda. Bu jihatdan rivojlangan davlatlarning tajribasiga tayanmoq lozim. Ularning 70 foizi ta'lim tizimida integrativ xarakterdagi o‘quv dasturlari va darsliklardan foydalanmoqdalar. Jumladan, Buyuk Britaniya ta'lim tizimida asosan integrativ fanlar joriy qilingan bo‘lsa, Koreya va Shveytsariyada integratsiyalashgan fanlar, Vengriyada madaniyat yo‘nalishidagi o‘quv fanlari, Irlandiyada fan va texnika kabi bloklarda barcha o‘quv fanlari mujassamlashtirilgan holda o‘qitiladi11.
Respublikamizda yetuk malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan ta'lim tizimi barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqara oladigan ijodkor shaxsni tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun ta'limda olib borilayotgan ishlarning bosh mezoni hisoblanadi. Bu mezon asosida takomillashtirilgan, zamon talablariga javob bera oladigan dasturlar, o‘quv darsliklari yaratilmoqda. Ta'lim muassasalari, xususan, maktablar qayta rekonstruksiya qilinib, zamonaviy andozalar darajasiga tenglashtirilmoqda. Ana shu asosda ta'lim jarayoni ham bevosita shakllantirilib uning samaradorligini oshirishga ahamiyat berilmoqda. Ta'lim jarayoniga innovatsiyalar kirib kelmoqda. Bu tushuncha «yangilik» ma'nosini bildirib, ta'lim islohotlarida nazarda tutilgan ta'limda totalitarlikdan demokratik ta'lim tizimiga o‘tish, shaxsning qiziqishlari, qobiliyatini hisobga olish, ta'limni insonparvarlashtirish, ta'lim tizimini jamiyatning iqtisodiy sharoitlarga moslashtirish, bilimlarni chuqur o‘zlashtirishni ta'minlaydigan ta'lim tizimini shakllantirishga sharoit yaratish kabilarni hisobga olish zarur..
Ta'lim uslublari o‘quvchilarning qobiliyatini namoyon etishga, zehnini o‘tkirlashga, tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilmog‘i zarur. Shu maqsadda she'riy san'atdan foydalanish, o‘rganilyotgan mavzularni sharhlash va izohlash kabilardan foydalanish maqbul yo‘l hisoblanadi. Bu uslublar o‘quvchini rag‘batlantirish, uning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va qobiliyatini namoyon etishga xizmat qiladi. Shu bois biz «Tabiatshunoslik» fanidan 4-sinfda integratsiya asosida o‘rganilishi mumkin bo‘lgan mavzularni o‘rgandik. Bilamizki, ta'lim sohasida «innovatsiya» ta'lim-tarbiya maqsadi, mazmuni, shakli va metodlarini, umuman olganda, pedagogik jarayonni tashkil etishda yangiliklar kiritishni nazarda tutadi hamda o‘quvchilarda ilmiy xulosalar chiqarishga yordam beradi.
Ta'lim jarayonining ta'lim maqsadiga mos kelishini ta'minlash uchun ijtimoiy talab va ta'lim maqsadidan kelib chiqqan holda ta'lim mazmuniga asoslangan yangi o‘quv modellarini o‘qitish jarayoniga tatbiq etish talab etish; ta'lim maqsadiga mutanosib bo‘lgan ta'lim mazmunining shaxsga yo‘naltirilganligini ta'minlovchi yo‘nalishlarini kengaytirish; hamda fanlararo aloqadorlikni ta'minlashdan iboratdir..
Haqiqatdan ham ta'limda maqsad va mazmun birligi o‘z aksini topmog‘i kerak, ya'ni:

  1. borliqni his qildirishga o‘rgatish;

  2. o‘qituvchilarning o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish mahoratini ta'lim maqsadlari va mazmuniga mos tarzda rivojlantirib borish;

v) ehtiyoj tufayli bilim olishga odatlantirish;
g) o‘quvchilarni mustaqil bilim olishini to‘g‘ri tashkil etishdan iboratdir.

Yüklə 89,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə