1. Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari]



Yüklə 212,47 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü212,47 Kb.
#180021
444-II 13.12.2002




[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.01.00 Asosiy qoidalar]

[TSZ:

1.Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari]

O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“YER OSTI BOYLIKLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 252-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 13-dekabr,
444-II-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Yer osti boyliklari to‘g‘risida
(yangi tahriri)
I. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.01.00 Asosiy qoidalar]

Ushbu Qonunning maqsadi yer osti boyliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishda yuzaga keladigan munosabatlarni (konchilik munosabatlarini) tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari mineral xomashyoga bo‘lgan talablarni hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun yer qa’ridan oqilona, kompleks foydalanilishini, yer qa’ri, atrof muhit muhofaza qilinishini, yer qa’ridan foydalanilayotganda ishlarning bexatar olib borilishini ta’minlashdan, shuningdek yer qa’ridan foydalanuvchilarning huquqlarini muhofaza qilishdan, shaxs, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
muhofaza etiladigan geologik obyektlar — ilmiy va o‘quv poligonlari, geologik qo‘riqxonalar, geologik buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat yodgorliklari, g‘orlar hamda tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lgan boshqa yer osti bo‘shliqlari;
(2-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
yer qa’ri — yer qobig‘ining tuproq qatlamidan quyida joylashgan, tuproq qatlami bo‘lmaganda esa yer yuzasidan yoki suv obyektlari tubidan quyida joylashgan, geologik jihatdan o‘rganish va o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan chuqurlikkacha yastangan qismi;
yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish — O‘zbekiston Respublikasi hududini mintaqaviy geologik jihatdan o‘rganishni, foydali qazilma konlarini aniqlash, chamalash va qidirishni, ulardagi zaxiralarning miqdori va sifatini, ularning texnologik xossalarini va iqtisodiy ahamiyatini, shuningdek yer qa’rining boshqa xossalarini belgilashni o‘z ichiga oladigan, yer qobig‘i geologik tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga doir maxsus tadqiqot ishlari majmui;
keng tarqalgan foydali qazilmalar — tabiiy holicha yoki bir oz ishlov berib va tozalab ishlatiladigan foydali qazilmalar;
konditsiyalar — yer qa’ridagi foydali qazilmalar (neft, gaz va gaz kondensatidan tashqari) zaxiralarini hisoblashga doir, foydali qazilmalarning texnologik xossalari, konni ishlatishning konchilik-geologik va boshqa sharoitlari, mineral xomashyo va uni qayta ishlash mahsulotlarining bozor konyunkturasi, energiya resurslarining narxlari hisobga olingan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslantirilgan talablarning majmui;
mineral xomashyo — qazib chiqarilgan va birlamchi ishlov berishdan o‘tkazilgan foydali qazilmalar;
sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari — tarkibida erigan holatdagi foydali qazilmalar bo‘lgan yer osti suvlari va yer osti tuz eritmalari;
tajriba-sanoat yo‘sinida kavlab olish — yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish jarayonida foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish yoki takomillashtirish, foydali qazilma konlarini sanoat yo‘sinida ishlatishning, shuningdek texnogen mineral hosilalardan foydalanishning oqilona usullari va uslublarini tanlash maqsadida foydali qazilmalarni kavlab olish;
texnogen mineral hosilalar — konchilik va qayta ishlash sohasidagi ishlab chiqarishlarning foydalanish uchun yaroqli foydali komponentlar bo‘lgan chiqindilari;
foydali komponent — foydali qazilmaning sanoat yo‘sinida ishlatish maqsadida qazib olish texnologik jihatdan mumkin va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan tarkibiy qismi;
foydali qazilma koni — yer qa’rining miqdori va sifati jihatidan ishga solish obyekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan foydali qazilmalari bor uchastkasi;
foydali qazilmalar — yer qa’ridagi kelib chiqishi noorganik va organik bo‘lgan qattiq, suyuq yoki gaz holidagi tabiiy mineral hosilalar, shu jumladan sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari, sho‘r ko‘llarning tuz eritmalari va rapalari;
foydali qazilmalarni kavlab olish — foydali qazilmalarni yer qa’ridan yuzaga chiqarib olish bilan bog‘liq ishlar majmui;
Oldingi tahrirga qarang.
oltin izlovchilar usulida kavlab olish — yer qa’ri uchastkalaridan, shu jumladan sochma oltin konlaridan tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni nosanoat usulda kavlab olish.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuniga asosan o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonunchilik
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.01.00 Asosiy qoidalar]

Yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 68-moddasining birinchi qismi.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.01 Umumiy qoidalar]

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Yer qa’ridan foydalanilayotganda yuzaga keladigan, erdan, suvdan (sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari bundan mustasno), o‘simlik va hayvonot dunyosidan, atmosfera havosidan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq munosabatlar tegishli qonunchilik bilan tartibga solinadi.
[OKOZ:

1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qo‘llash va sharhlash]

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Yer osti boyliklariga egalik qilish
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki]

Yer osti boyliklari O‘zbekiston Respublikasining mulki bo‘lib, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
5-modda. Yer osti boyliklari davlat fondi
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.12.00 Er osti boyliklarini muhofaza qilish]

Yer qa’rining foydalanilayotgan va foydalanilmayotgan uchastkalari, shuningdek texnogen mineral hosilalar yer osti boyliklari davlat fondini tashkil etadi.
6-modda. Kavlab olingan foydali qazilmalarga, texnogen mineral hosilalarga bo‘lgan mulk huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;

2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki]

Qonunchilikda belgilangan tartibda kavlab olingan foydali qazilmalar davlat mulki, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki bo‘lishi mumkin.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Foydali qazilmalarni kavlab olish va mineral xomashyoni qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan texnogen mineral hosilalarga bo‘lgan mulk huquqi yer qa’ridan foydalanuvchida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish muddatiga saqlanib qoladi.
II. Konchilik munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi
7-modda. Konchilik munosabatlari sohasidagi davlat boshqaruvi
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.02.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat va boshqaruv. Foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash]

Konchilik munosabatlari sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konchilik munosabatlari sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.02.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat va boshqaruv. Foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish, yer qa’rini muhofaza etish bo‘yicha uzoq muddatli va o‘rta muddatli davlat dasturlarini tasdiqlash hamda ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-maydagi 388-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom.
yer qa’ri uchastkalarini foydalanishga berish, yer qa’ri monitoringini amalga oshirish tartibini belgilash, shuningdek foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarining davlat hisobini tashkil etish;
foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash hamda foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansini, foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastrini yuritish tartibini belgilash;
yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilash;
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olishni amalga oshirish tartibini tasdiqlash.
(8-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
81-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining konchilik munosabatlari sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Er qa’rini geologik jihatdan o‘rganish]

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
konchilik munosabatlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
yer osti boyliklari davlat fondini tasarruf etish;
mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish yillik davlat dasturlarini tasdiqlash hamda amalga oshirish;
keng tarqalgan foydali qazilmalarning ro‘yxatini tasdiqlash;
keng tarqalgan foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish tartibini belgilash;
yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish.
(81-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining konchilik munosabatlari sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi;

2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;

3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
tegishli hududda mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish, yer qa’rini muhofaza qilish davlat dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etish hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
keng tarqalgan foydali qazilmalar kavlab olinayotganda yer qa’ridan foydalanish shartlarini kelishib olish;
yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(9-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Yer qa’ridan foydalanishni cheklash
Agar aholi punktlari, shahar atrofi mintaqalari, sanoat, transport va aloqa obyektlari hududlarida yer qa’ridan foydalanish aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirish, atrof muhitga zarar yetkazishi ehtimoli bo‘lsa, bunday foydalanish cheklanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda yer qa’ridan foydalanish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang : O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. Foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarining davlat hisobi
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Er qa’rini geologik jihatdan o‘rganish]

Geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olish uchun, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish uchun, shuningdek nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarining davlat hisobi yuritilishi lozim.
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini davlat hisobiga qo‘yilmasdan turib amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan davlat geologiya fondi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladigan yer osti boyliklarini geologik jihatdan o‘rganishga oid ishlar mustasno.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
12-modda. Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarining davlat hisobini yuritish
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Er osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Er qa’rini geologik jihatdan o‘rganish]

Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarining davlat hisobi yuritilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarining davlat hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
13-modda. Foydali qazilma konlarining va foydali qazilma konlari aniqlanishi ehtimoli bo‘lgan istiqbolli yer qa’ri uchastkalarining davlat reyestri
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Er osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring]

Foydali qazilma konlarining va foydali qazilma konlari aniqlanishi ehtimoli bo‘lgan istiqbolli yer qa’ri uchastkalarining davlat reyestri (bundan buyon matnda davlat reyestri deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining mineral xomashyo bazasini o‘zlashtirish va yanada rivojlantirish istiqbollarini aniqlash maqsadida yuritiladi.
Davlat reyestri sanoat yo‘sinida o‘zlashtirishga tayyorlangan har bir kon bo‘yicha konni geologik-iqtisodiy baholash natijalari va uni ishlatish sharoitlari haqidagi, chiqarib olinayotgan mineral xomashyo miqdori va sifati hamda uning bozor konyunkturasi hisobga olingan holdagi qiymati haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi zarur.
Davlat reyestri foydali qazilma koni aniqlanishi ehtimoli bo‘lgan istiqbolli har bir yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha foydali qazilmalarning chamalanayotgan resurslari (zaxiralari), ularning taxminiy sifati, potensial konni ishlatishning ehtimol tutilgan usullari haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek yer qa’ri uchastkasini kelgusida geologik jihatdan o‘rganishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Davlat reyestridagi ma’lumotlar ochiq kim oshdi savdolari shartlarini tayyorlashda, shuningdek yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida berishda hisobga olinishi lozim.
Davlat reyestrini yuritish tartibi va uni yurituvchi vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
14-modda. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Er osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring]

Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri har bir kon bo‘yicha asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlar zaxiralarining miqdor va sifatini, konni ishga solishning konchilik-geologik, konchilik-texnik, texnologik, gidrogeologik va boshqa shartlarini hamda konning geologik-iqtisodiy baholanishini tavsiflovchi ma’lumotlarni, shuningdek har bir foydali qazilma belgisiga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri texnogen mineral hosilalar bo‘yicha har bir to‘plab qo‘yilayotgan obyektdagi texnogen mineral hosilalarning tipi yoki turini, miqdor va sifat ko‘rsatkichini hamda ularni saqlashning konchilik-texnik shartlarini tavsiflovchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan yuritiladi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
15-modda. Foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.02 Foydali qazilmalarni kavlab olish]

Foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi sanoat ahamiyatiga molik konlar bo‘yicha har bir turdagi foydali qazilma zaxiralarining miqdori, sifati va o‘rganib chiqilganlik darajasi to‘g‘risidagi, ularning qanday joylashganligi, sanoat yo‘sinida qay darajada o‘zlashtirilganligi, qancha qazib olinayotganligi, qancha nobud bo‘layotganligi haqidagi hamda sanoatning qidirib topilgan foydali qazilmalar zaxiralari bilan nechog‘li ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan yuritiladi.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
16-modda. Foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash va geologik materiallarning davlat ekspertizasi
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Er osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring]

Foydali qazilma konlarining zaxiralari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanganidan keyingina konlar sanoat yo‘sinida o‘zlashtirishga topshirilishi mumkin.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash foydali qazilma konining sanoat ahamiyatini belgilovchi qidiruv konditsiyalari asosida konni geologik jihatdan o‘rganishning barcha bosqichida amalga oshirilishi mumkin.
Geologik materiallarning davlat ekspertizasi ushbu Qonun 29-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va (yoki) ulardan foydalanish uchun hamda chiqindilarni saqlash, ko‘mib tashlash uchun foydalanishga beriladigan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Foydali qazilmalarning qidiruv konditsiyalarini, zaxiralarini tasdiqlash va geologik materiallarning davlat ekspertizasini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(16-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
17-modda. Foydali qazilmalar zaxiralarini hisobdan chiqarish
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Er osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring]

Kavlab olingan foydali qazilmalar, shuningdek sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan foydali qazilmalar zaxiralari, kavlab olish jarayonida yo‘qotilgan, keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoki konni ishga solishda mavjudligi tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansiga tegishli o‘zgartishlar kiritgan holda yer qa’ridan foydalanuvchining balansidan chiqarish kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda mavjudligi tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining balansidan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kavlab olingan va kavlab olish jarayonida yo‘qotilgan foydali qazilmalarni yer qa’ridan foydalanuvchining balansidan chiqarish yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining roziligi bilan amalga oshiriladi.
(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
18-modda. Yer qa’ri monitoringi
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Er osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring]

Yer qa’ri monitoringi yer qa’ri holatini undagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni baholash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish uchun o‘tkaziladigan kuzatuvlar tizimidan iborat.
Yer qa’ri monitoringini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
III. Yer qa’ridan foydalanish
19-modda. Yer qa’ridan foydalanish turlari
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.02 Foydali qazilmalarni kavlab olish;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.03 Texnogen hosilalardan foydalanish;

3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.04 Rangli tosh namunalarini, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kolleksion materiallarni yig‘ish;

4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Er qa’rini geologik jihatdan o‘rganish]

Yer qa’ridan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish;
foydali qazilmalarni kavlab olish;
oltin izlovchilar usulida kavlab olish;
texnogen mineral hosilalardan foydalanish;
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini, shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati (bundan buyon matnda uglevodorodlar deb yuritiladi), boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash uchun yer osti inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish;
muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo qilish;
nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
20-modda. Yer qa’ridan foydalanuvchilar
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.06.00 Er osti boyliklaridan foydalanish huquqini litsenziyalash. Litsenziyani berish va qayta rasmiylashtirish. Tanlov va auksionlar]

Yuridik va jismoniy shaxslar yer qa’ridan foydalanuvchi bo‘lishi mumkin.
21-modda. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun haq to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.03 Texnogen hosilalardan foydalanish;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.08.00 Er ostidan foydalanganlik uchun to‘lovlar (shuningdek, 07.10.05.00ga qarang)]

Yer qa’ridan foydalanish pullikdir, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVIII bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Foydali qazilmalarni qidirish, razvedka qilish va qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma olgan yer qa’ridan foydalanuvchilar imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusini to‘laydi. Bonus yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan bir martalik to‘lovdir.
(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Davlat boshqaruvi organlari bonuslar to‘lamaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Imzoli bonus yer qa’ridan foydalanuvchining tegishli ruxsatnoma asosida foydali qazilmalarni aniqlash va razvedka qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun bir martalik qat’iy belgilangan to‘lovidir.
(21-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Imzoli bonusning eng kam miqdori foydali qazilmaning turiga qarab quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
uglevodorodlar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi — bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravari;
oltin qidirish va razvedka qilish huquqi — bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravari;
qimmatbaho (oltindan tashqari), noyob va asl metallar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi — bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari;
rudali foydali qazilmalar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi (bundan oltin, qimmatbaho, noyob va asl metallar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi mustasno) — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravari;
noruda foydali qazilmalar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari.
Oldingi tahrirga qarang.
Imzoli bonus ruxsatnoma olingan kundan e’tiboran yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan o‘ttiz kundan kechiktirmay soliqni hisobga olish joyidagi soliq organlariga to‘lanadi.
(21-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijoratbop topilma bonusi tegishli ruxsatnomada ko‘rsatilgan yer qa’ri uchastkasida foydali qazilma konlarining har bir tijoratbop topilmasi uchun, shu jumladan dastlabki belgilangan ajratib olinayotgan zaxiralarni ko‘paytirishga olib keluvchi konlarda qo‘shimcha qidirish o‘tkazish chog‘ida foydali qazilmalar topilmasi uchun to‘lanadigan to‘lovdir. Tijoratbop topilma bonusi, agar avval mazkur kon bo‘yicha tijoratbop topilma bonusi to‘lanmagan bo‘lsa, foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini olishda yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan ham to‘lanadi.
(21-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Foydali qazilma konlarini keyinchalik ularni kavlab olishni nazarda tutmaydigan qidirish o‘tkazishda tijoratbop topilma bonusi to‘lanmaydi.
Vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan konda foydali qazilmalarning qazib olinadigan zaxiralari hajmi tijoratbop topilma bonusini hisoblab chiqarish obyektidir.
Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati tijoratbop topilma bonusini hisoblab chiqarish bazasidir. Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati quyidagicha hisoblab chiqiladi:
Tovar bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun — foydali qazilmaning mazkur turi uchun tasdiqlangan deklaratsiya qilingan narxi bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
boshqa yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun – qonunchilikda belgilangan tartibda xalqaro birjada belgilangan birja narxi bo‘yicha, jahon bozorida narx mavjud bo‘lmagan taqdirda esa foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati — belgilangan tartibda kelishilgan tegishli konni sanoat yo‘sinida o‘zlashtirish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarda nazarda tutilgan kavlab olishning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqib, uni 20 foiz oshirgan holda.
(21-modda o‘ninchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijoratbop topilma bonusi uglevodorodlar, qimmatbaho va noyob metallar, rudali va noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun ruxsatnomani berishda qazib olinayotgan foydali qazilmalar hajmining bahosiga nisbatan 0,1 foiz miqdorida belgilanadi.
(21-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymatini aniqlash va tijoratbop topilma bonusini to‘lash tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(21-moddaning o‘n ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijoratbop topilma bonusining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organlariga foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan ruxsatnoma olingan kundan e’tiboran yigirma besh kundan kechiktirmay yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan taqdim etiladi.
(21-moddaning o‘n uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijoratbop topilma bonusini to‘lash foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan ruxsatnoma olingan kundan e’tiboran to‘qson kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(21-moddaning o‘n to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Agar tijoratbop topilma bonusining summasi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning yillik summasidan oshsa, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tijoratbop topilma bonusini uch yilgacha muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma berilgan yer qa’ridan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etib boradi.
(21-moddaning o‘n oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi summasi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
22-modda. Yer qa’ridan foydalanish muddatlari
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.02 Foydali qazilmalarni kavlab olish;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.03 Texnogen hosilalardan foydalanish]

Yer qa’ri muddatli (muvaqqat) va muddatsiz foydalanishga berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer qa’ridan foydalanish muddatlari yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi berilgan kundan e’tiboran hisoblanadi.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
23-modda. Yer qa’ri uchastkalaridan muddatli foydalanish
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.03 Texnogen hosilalardan foydalanish;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.05.00 Er osti boyliklaridan foydalanish huquqining vujudga kelishi]

Yer qa’ri uchastkalari muddatli foydalanishga:
geologik jihatdan o‘rganish uchun — besh yilgacha muddatga;
foydali qazilmalarni kavlab olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun — foydali qazilma konini yoki texnogen mineral hosilalarni ishga solishning texnik-iqtisodiy asoslarda belgilangan muddatiga;
Oldingi tahrirga qarang.
oltin izlovchilar usulida kavlab olish uchun — uch yil muddatga;
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun — ikki yilgacha muddatga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer qa’ridan foydalanuvchi ruxsatnomada belgilangan shartlarni bajargan taqdirda hamda yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, shuningdek foydali qazilma konini ishlatish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish yoxud foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini tugatish yoki konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish zarurati bo‘lgan taqdirda, yer qa’ridan foydalanish muddati yer qa’ridan foydalanuvchining yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomani (bundan buyon matnda ruxsatnoma deb yuritiladi) bergan organga yer qa’ridan foydalanish muddati tugashidan kamida olti oy oldin yuborgan arizasiga binoan uzaytirilishi mumkin.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer qa’ridan foydalanish muddatini uzaytirish yoki uning muddatini uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ruxsatnoma bergan organ tomonidan yer qa’ridan foydalanuvchining arizasi kelib tushgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida qabul qilinadi.
(23-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
24-modda. Yer qa’ridan muddatsiz foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Yer qa’ri uchastkalari muddatsiz foydalanishga foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun, shuningdek muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo qilish uchun berilishi mumkin.
(24-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.05.00 Er osti boyliklaridan foydalanish huquqining vujudga kelishi]

Oldingi tahrirga qarang.
25-modda. Davlat budjeti mablag‘lari hamda mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish davlat dasturlari doirasida tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan geologik jihatdan o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining yuzaga kelishi asoslari
(25-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.05.00 Er osti boyliklaridan foydalanish huquqining vujudga kelishi]

Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishning belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari Davlat budjeti mablag‘lari hamda mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish davlat dasturlari doirasida tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan geologik jihatdan o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzaga kelishining asosidir.
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish davlat dasturlarida nazarda tutilgan geologiya qidiruv ishlarini olib borish uchun loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti mablag‘lari hamda mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish davlat dasturlari doirasida tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini boshlash uchun:
(25-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarining davlat hisobi yuritilishi;
(25-moddaning uchinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qarori yoki yer uchastkasidan muddatli foydalanish shartnomasi asos bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishga doir, davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishini talab qilmaydigan ishlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(25-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26-modda. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma
(26-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.06.00 Er osti boyliklaridan foydalanish huquqini litsenziyalash. Litsenziyani berish va qayta rasmiylashtirish. Tanlov va auksionlar]

Tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlari asosida geologik jihatdan o‘rganish uchun, foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlar uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzaga kelishining asosi ruxsatnoma hisoblanadi.
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ruxsatnoma o‘z egasining muayyan chegaradagi yer qa’ri uchastkasidan belgilangan muddat mobaynida foydalanish huquqini tasdiqlaydi hamda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini belgilaydi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer qa’ridan foydalanishning bir yo‘la bir necha turiga ruxsatnomalar berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
(26-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ruxsatnoma:
(26-modda to‘rtinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ruxsatnoma egasi haqidagi ma’lumotlarni;
(26-modda to‘rtinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
yer qa’ri uchastkasining nomini;
yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlardan mo‘ljallangan maqsadni;
foydalanishga berilayotgan yer qa’ri uchastkasining dastlabki ko‘rsatkichlarini;
yer qa’ridan foydalanish muddatlarini;
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini o‘z ichiga olishi kerak.
(26-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini moliyalashtirgan yuridik va jismoniy shaxslar o‘zi qidirib topgan kondan foydali qazilmalarni kavlab olishga ruxsatnoma olish uchun foydali qazilmalarning aniqlangan kon bo‘yicha zaxiralari belgilangan tartibda tasdiqlangan sanadan boshlab bir yil davomida mutlaq huquqqa ega bo‘ladi. Mutlaq huquq berish muddati o‘tganidan so‘ng ularda o‘zlari qidirib topgan kondan foydali qazilmalarni kavlab olish uchun ruxsatnomani ochiq kim oshdi savdolarida olishga bo‘lgan ustun huquq saqlanib qoladi.
(26-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning 31-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda daryolarning o‘zanlarini, kanallar va kollektorlarni tozalashda ruxsatnoma olish talab qilinmaydi.
(26-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. Ruxsatnomalarni berish
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.06.00 Er osti boyliklaridan foydalanish huquqini litsenziyalash. Litsenziyani berish va qayta rasmiylashtirish. Tanlov va auksionlar]

Ruxsatnoma yuridik yoki jismoniy shaxsga ruxsatnoma berishga vakolatli organ tomonidan beriladi.
ruxsatnomalarni berish ochiq kim oshdi savdolari yoki yuridik va jismoniy shaxslarning ruxsatnoma berishga vakolatli organlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralari natijalari asosida o‘ttiz kun ichida amalga oshiriladi.
Agar yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi yuridik shaxslarning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan birlashmasiga beriladigan bo‘lsa, ruxsatnoma bunday birlashmaning ishtirokchilaridan biriga berilib, unda mazkur ishtirokchi shu birlashma nomidan ish yuritayotganligi, shuningdek birlashmaning boshqa barcha ishtirokchilari ko‘rsatiladi.
Geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish, oltin izlovchilar usulida kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish hamda nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan beriladi, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida ko‘rsatilgan ruxsatnomalar mustasno.
Chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijalari asosida beriladi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
28-modda. Kon ajratmasi
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.05.00 Er osti boyliklaridan foydalanish huquqining vujudga kelishi]

Ruxsatnomaga muvofiq yer qa’ri foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish, muhofaza etiladigan geologik obyektlar barpo etish uchun maydoni va chuqurligi cheklangan uchastkalar ko‘rinishida (bundan buyon matnda kon ajratmasi deb yuritiladi) foydalanishga beriladi.
(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Kon ajratmasi chegaralarida xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat yer qa’ri kimga berilgan bo‘lsa, faqat o‘sha foydalanuvchining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Foydali qazilmalar konlarini ishlatish uchun kon ajratmalari sanoat xavfsizligini ta’minlashga doir qismida O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bilan kelishiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan beriladi.
(28-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Foydali qazilmalarni tajriba-sanoat yo‘sinida kavlab olish uchun ruxsatnomaga muvofiq beriladigan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishda kon ajratmasi talab qilinmaydi, uglevodorodlarni tajriba-sanoat yo‘sinida kavlab olish bundan mustasno.
(28-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Foydali qazilmalar konlari joylashgan joylarda yer uchastkalarining ajratmasi kon ajratmasiga muvofiq ajratiladi.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Kon ajratmalarini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son qarori bilan tasdiqlangan Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratish tartibi to‘g‘risida nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
29-modda. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini o‘zgartirish
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.09.00 Er osti boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha talablar]

Ishlatilayotgan konda foydali qazilmalarning yoki qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlarning yangi turlari mavjudligi to‘g‘risida, shuningdek foydali qazilmalarning yangi xossalari yoki xususiyatlari haqidagi, ruxsatnomani berish paytda noma’lum bo‘lgan ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, yer qa’ridan foydalanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga foydali qazilmalarning zaxiralarini qaytadan tasdiqlash uchun geologik materiallar yuborishi shart.
Ruxsatnomani bergan organ yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining qarori asosida o‘zgartishlar kiritishi mumkin”;
(29-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
30-modda. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqidan o‘zga shaxsning foydasiga voz kechish
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.09.00 Er osti boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha talablar]

Foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun ruxsatnomaning egasi ruxsatnomani bergan organ bilan kelishuvga binoan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqidan (to‘la yoki qisman) qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa shaxs foydasiga, agar bu shaxs ruxsatnomada belgilangan shartlarni bajarish majburiyatini o‘z zimmasiga oladigan bo‘lsa, voz kechishi mumkin.
(30-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
31-modda. Yer qa’ridan xo‘jalik va ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.03 Texnogen hosilalardan foydalanish;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.09.00 Er osti boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha talablar]

Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar o‘zlariga berilgan yer uchastkalari doirasida o‘z xo‘jalik va ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun portlatish ishlarini qo‘llamagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda zaxiralari foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi hisobiga olinmagan keng tarqalgan foydali qazilmalarni kavlab olishni hamda yer osti inshootlarini qurishni ruxsatnoma olmasdan amalga oshirish huquqiga ega.
(31-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan qonunchilik buzilgan taqdirda keng tarqalgan foydali qazilmalarni kavlab olish va yer osti inshootlarini qurish belgilangan tartibda taqiqlanishi mumkin.
(31-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
32-modda. Yer qa’ridan foydalanuvchilarning huquqlari
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.04 Rangli tosh namunalarini, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kolleksion materiallarni yig‘ish]

Yer qa’ridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z faoliyati natijalaridan, shu jumladan yer qa’ri to‘g‘risida olingan geologik va boshqa axborotdan, shuningdek kavlab olingan foydali qazilmalar yoki ularning ruxsatnoma shartlariga ko‘ra tasarruflarida bo‘ladigan ulushidan foydalanish;
agar ruxsatnomada boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, foydali qazilmalarni kavlab olish hamda mineral xomashyoni qayta ishlash jarayonida olingan texnogen mineral hosilalardan foydalanish;
(32-modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni olib borish texnologiyasi yuzasidan qaror qabul qilish;
texnik loyihalar va konchilik ishlarini rivojlantirish rejalariga, shuningdek uglevodorod konlarini ishlatish va obodonlashtirish loyihalariga belgilangan tartibda o‘zgartish kiritish;
foydali qazilma konlarini ishlatish jarayonida foydalanuv konditsiyalarini qo‘llash;
Oldingi tahrirga qarang.
ruxsatnomaga muvofiq berilgan kon ajratmasi doirasida qo‘shimcha ruxsatnomasiz yer qa’ri geologik jihatdan o‘rganilishini amalga oshirish;
(32-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
kon ajratmasi va belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkalari doirasida ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish, shuningdek umum foydalanishdagi obyektlar va kommunikatsiyalardan shartnoma asosida foydalanish;
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bilan bog‘liq ishlarning ayrim turlarini yoki majmuini bajaruvchilarni shartnoma asosida jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
mineral xomashyoga va uni qayta ishlash mahsulotlariga bo‘lgan konyunktura o‘zgarganligi munosabati bilan foydali qazilmalarni kavlab olish iqtisodiy jihatdan maqsadga nomuvofiq bo‘lganda, shuningdek ruxsatnoma berilgandan ancha farq qiluvchi holatlar yuzaga kelganda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat etish.
(32-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer qa’ridan foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
(32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
33-modda. Yer qa’ridan foydalanuvchilarning majburiyatlari
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.04 Rangli tosh namunalarini, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kolleksion materiallarni yig‘ish]

Yer qa’ridan foydalanuvchilar:
yer qa’ri uchastkasi qaysi maqsadda berilgan bo‘lsa, undan shu maqsadda foydalanishi;
yer qa’ridan foydalanish va mineral xomashyoni qayta ishlash bilan bog‘liq ishlarni olib borish texnologiyasi normalari va qoidalariga rioya etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
konchilik ishlarini rivojlantirishning texnik loyihalari va rejalaridagi, shuningdek foydali qazilma konlarini ishlatish va obodonlashtirish loyihalaridagi talablarga rioya etishi;
(33-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
foydali qazilma konlarini ishlatish, yer qa’ridan foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish jarayonida geologik, marksheyderlik va boshqa hujjatlarni yuritishi hamda ularning saqlanishini ta’minlashi;
chiqarib olinadigan va yer qa’rida qoldiriladigan asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qo‘shilib chiqadigan komponentlar zaxiralari, shuningdek mineral xomashyoni va texnogen mineral hosilalarni qayta ishlash mahsulotlari miqdori va sifati hisobini yuritishi;
kavlab olinayotganda qo‘shilib chiqadigan, lekin vaqtincha foydalanilmayotgan foydali qazilmalar va foydali komponentlarni saqlashi;
foydali qazilmalarni kavlab olish va mineral xomashyoni qayta ishlash chog‘ida nobudgarchilik normativlariga rioya etilishini ta’minlashi;
konlarning foydali qazilmalarga boy uchastkalari tanlab ishlatilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlar zaxiralarining holati va o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek foydali qazilma konlari, foydali qazilmalar belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastrini yuritish uchun ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga taqdim etishi;
(33-moddaning birinchi qismi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kavlab olingan foydali qazilmalar hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etishi;
(33-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq ishlar ta’siri doirasidagi ishlovchilar (xodimlar) va aholining xavfsizligini ta’minlashi;
yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlar bexatar olib borilishini, favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari ko‘rilishini, falokatlarni bartaraf etish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlashi;
foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilishning belgilangan tartibiga rioya etishi;
to‘kindi uyumlarining yonbag‘irlarini va ochiq konlarning yon chekkalarini rejalash yoki pog‘onalash ishlari, shuningdek eroziyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlashi;
atrof muhitni muhofaza qilishga, shuningdek yer qa’ridan foydalanishda ishdan chiqqan yer uchastkalarini va boshqa tabiiy obyektlarni keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq yer qa’ridan foydalanuvchilar zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(33-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
34-modda. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish va tugatish asoslari
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.04 Rangli tosh namunalarini, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kolleksion materiallarni yig‘ish]

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda cheklanishi, to‘xtatib turilishi yoki muddatidan ilgari tugatilishi mumkin:
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq ishlar ta’siri doirasidagi aholi hayotiga yoki sog‘lig‘iga, atrof muhitga tahdid yuzaga kelganda;
agar yer qa’ridan foydalanuvchi bir yil mobaynida yer qa’ri uchastkasidan foydalanishga kirishmagan bo‘lsa;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun to‘lovlar muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
yer qa’ridan foydalanuvchi ruxsatnomaning asosiy shartlarini buzgan taqdirda;
(34-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Qonunning 36, 37, 39, 40 va 401-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bajarilmagan taqdirda.
(34-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:
yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning belgilangan muddati tugaganda;
yer qa’ridan foydalanuvchi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqidan voz kechganda;
foydalanishiga yer qa’ri uchastkasi berilgan yuridik shaxs tugatilgan yoki yakka tadbirkorning faoliyati tugatilgan taqdirda.
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish va tugatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son qarori bilan tasdiqlangan Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
IV. Yer qa’ridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish
35-modda. Yer qa’ridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishning asosiy talablari
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.09.00 Er osti boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha talablar]

Yer qa’ridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishning asosiy talablari quyidagilardan iborat:
yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish to‘la-to‘kis bo‘lishini va undan kompleks foydalanilishini ta’minlash;
foydali qazilmalarning o‘zboshimchalik bilan kavlab olinishiga va ular joylashgan maydonlarda imorat qurilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
foydali qazilmalar zaxiralarining davlat hisobi yuritilishini amalga oshirish;
foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash va geologik materiallarning davlat ekspertizasini o‘tkazish;
yer qa’ridan asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlarning iqtisodiy jihatdan rentabelli zaxiralari mumkin qadar to‘liq chiqarib olinishini ta’minlash;
foydali qazilma konlarini suv bosishdan, suv chiqib ketib to‘lib qolishdan, yong‘indan hamda foydali qazilmalar sifatini va konlarning sanoat ko‘lamidagi ahamiyatini pasaytiruvchi yoki ularni ishga solishni murakkablashtiruvchi boshqa omillardan muhofaza qilish;
yer qa’rida konservatsiya qilib qo‘yiladigan foydali qazilmalar zaxiralarining, yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni olib borishda kon qazishmalari, quduqlar va yer osti inshootlarining saqlanishini ta’minlash;
uglevodorodlar va ularni qayta ishlash asosida hosil qilingan mahsulotlarni, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlashda, chiqindilarni saqlash va ko‘mishda, oqova suvlarni chiqarib tashlashda yer qa’ri ifloslanishining oldini olish;
foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilishni belgilangan tartibda o‘tkazish.
36-modda. Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishga doir asosiy talablar
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Er qa’rini geologik jihatdan o‘rganish]

Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishga doir asosiy talablar quyidagilardan iborat:
yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishning, qidirib topilayotgan foydali qazilma konlarini, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun, shu jumladan chiqindilarni saqlash va ko‘mish uchun foydalanishga beriladigan yer qa’ri uchastkalarini ishga solishdagi konchilik-texnik, gidrogeologik, geologik-iqtisodiy va boshqa sharoitlarning to‘la-to‘kis bo‘lishi;
asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qo‘shilib chiqadigan komponentlar zaxiralarining miqdori va sifatini aniqlash;
kon ustida yotgan hamda sig‘diruvchi jinslardan ishlab chiqarishda va yerlarni qayta tiklashda foydalanish uchun ana shu jinslarning xossalarini tadqiq etish, shuningdek foydali qazilmalarni radiatsiya-gigiyena jihatidan baholash;
yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini foydali qazilmalar asossiz nobud bo‘lishini va sifati pasayishini istisno etuvchi usul va uslublarda olib borish;
yer qa’ridan chiqarib olinayotgan tog‘ jinslari va foydali qazilmalarni ularning atrof muhitga zararli ta’sirini istisno etadigan tarzda joylashtirish uchun uchastkalarni tanlash;
foydali qazilma konlarini ishga solishida va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lgan, qidiruv ishlari olib borilgan kon qazishmalarining va burg‘ilangan quduqlarning saqlanishini ta’minlash, shuningdek foydalanilmaydigan kon qazishmalarini va quduqlarni belgilangan tartibda yo‘q qilish;
yer qa’rini kelgusida o‘rganishda, foydali qazilma konlarini ishga solishda, shuningdek yer qa’ridan foydali qazilmalar kavlab olishi bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan geologik, marksheyderlik va boshqa hujjatlar, tog‘ jinslari va rudalarning namunalari, kern, foydali qazilma namuna nusxalari saqlanishini ta’minlash.
37-modda. Foydali qazilma konlarini ishlatishga va mineral xomashyoni qayta ishlashga doir asosiy talablar
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Er osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring]

Foydali qazilma konlarini ishlatish va mineral xomashyoni qayta ishlash belgilangan tartibda tasdiqlangan konchilik ishlarini rivojlantirish texnik loyihalari va rejalariga, uglevodorod konlarini ishga solish va obodonlashtirish loyihalariga, yer qa’ridan texnikaviy foydalanish va uni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Foydali qazilma konlarini ishlatish jarayonida qidiruv konditsiyalari qo‘llaniladi. Konlarni ishlatishning konchilik-geologik va boshqa sharoitlari, mineral xomashyo va uni qayta ishlash mahsulotlarining bozor konyunkturasi hamda energiya resurslarining narxlari o‘zgarganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda tasdiqlanadigan foydalanuv konditsiyalari qo‘llaniladi.
Foydali qazilma konlarini ishlatishda quyidagilar ta’minlanishi kerak:
foydali qazilmalarni kavlab olishning oqilona, ekologik xavfsiz texnologiyalari qo‘llanilishi;
ishga solinayotgan foydali qazilma konlari va ularga tutashgan foydali qazilma konlari hamda yer qa’ri boshqa uchastkalarining konchilik ishlari olib borish natijasida buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, yer qa’rida konservatsiya qilib qo‘yiladigan foydali qazilma zaxiralarining saqlanishi;
konlarning pog‘onalari va yon chekkalari mustahkamligi, tog‘ jinslarining siljish jarayonlari, yer yuzasi, binolar, inshootlarning cho‘kishi (og‘ishi) maxsus asboblar bilan kuzatib turilishi.
Mineral xomashyoni qayta ishlashda quyidagilar ta’minlanishi kerak:
foydali komponentlar oqilona, kompleks chiqarib olinishini ta’minlaydigan qayta ishlash texnologik sxemalariga rioya etilishi;
qayta ishlashning turli bosqichlarida foydali komponentlar taqsimoti va ularni mineral xomashyodan ajratib olish darajasi hisobga olinishi va nazorat qilib borilishi;
mineral xomashyoning texnologik xossalari va tarkibi o‘rganilishi, uni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish maqsadida tajriba-texnologiya sinovlari o‘tkazilishi;
qayta ishlash asosida hosil qilingan mahsulotlar va chiqindilardan, shuningdek oqova suvlardan mumkin qadar to‘liq foydalanilishi;
vaqtincha foydalanilmayotgan mahsulotlar va tarkibida foydali komponentlari bo‘lgan ishlab chiqarish chiqindilari joylashtirilishi, hisobga olinishi va saqlanishi.
38-modda. Qimmatbaho metallar mayda tub konlarini ishlatishning alohida shartlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]

Qimmatbaho metallarning mayda tub konlarini qidirishni ularni yer osti usulida ishlatish bilan qo‘shib olib borishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
381-modda. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olishni amalga oshirish
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]

Tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olishni amalga oshirish maqsadida yer qa’ri uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkalari, shu jumladan o‘lchamlari 5 gektardan ortiq bo‘lmagan sochma oltin konlari yer osti kon qazishmalari yo‘laklarisiz va portlovchi moddalardan foydalanmagan holda xavfsiz (yo‘l qo‘yiladigan) chuqurlikkacha beriladi.
(381-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
Yer qa’ridan foydalanuvchilar ishlarni olib borayotganda qimmatbaho metallarni ajratib olishning rudani faqat maydalashni va gravitatsiya usulini qo‘llash huquqiga ega.
Kimyoviy reagentlar qo‘llanilgan holda qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyasidan foydalanish taqiqlanadi.
(381-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
39-modda. Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarni qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ridan foydalanishdagi asosiy talablar
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.02 Foydali qazilmalarni kavlab olish]

Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ridan foydalanish belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik loyihalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlaridan foydalanishda chiqindilar va oqova suvlar zararsizlantirilishi yoki belgilangan chegara doirasidan chetga chiqmasligi ta’minlanishi, shuningdek ularning kon qazishmalariga, yer yuzasiga, atmosfera havosiga va suv obyektlariga kirib borishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rilishi kerak.
40-modda. Yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlar bexatar olib borilishini ta’minlashning asosiy talablari
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Er qa’rini geologik jihatdan o‘rganish]

Yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlar bexatar olib borilishini ta’minlashning asosiy talablari quyidagilardan iborat:
ishlarni bajarishni maxsus tayyorgarligi va malakasi bo‘lgan shaxslarga, konchilik ishlariga rahbarlik qilishni esa — tegishli maxsus ma’lumoti bo‘lgan shaxslarga ijozat etish;
konchilik, burg‘ilash ishlarida va boshqa ishlarda band bo‘lgan shaxslarni maxsus kiyim-bosh, shaxsiy va umumiy himoya vositalari bilan ta’minlash;
xavfsizlik qoidalari talablariga, sanitariya normalari va qoidalariga hamda ekologik normativlarga mos keladigan mashinalar, asbob-uskuna va materiallarni qo‘llash;
portlovchi moddalar va portlatish vositalaridan foydalanish, shuningdek ularning hisobini yuritish, ularni saqlash va sarflash qoidalariga rioya etish;
ishlarning bir maromdagi texnologik tizimini ta’minlash va xavfli vaziyatlarni prognoz qilish uchun zarur bo‘lgan geologik, marksheyderlik ishlari, boshqa ishlar hamda kuzatishlar majmuini o‘tkazish, avariyalarni bartaraf etishning texnikaviy hujjatlari va rejalarini ishlarni bexatar olib borish zonalari chegaralarini aniqlashtiruvchi ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida to‘ldirib borish;
kon havosining holatini, uning tarkibidagi kislorod, zararli va portlash xavfi bo‘lgan gazlar hamda changlar miqdorini muntazam nazorat qilib borish.
Agar yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarning holati odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf soladigan bo‘lsa, bunday ishlarni olib borish taqiqlanadi.
Yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni bexatar olib borish uchun sharoitlarni ta’minlash mas’uliyati shu ishlarni bevosita amalga oshiruvchi tashkilotlarning rahbarlari zimmasida bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
401-modda. Keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishdagi asosiy talablar
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.01 Umumiy qoidalar]

Keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan yer osti boyliklaridan foydalanish shartlari ta’minlanishi, shuningdek davlatga, atrof-muhitga zarar keltirilishining hamda odamlarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf yuzaga kelishining oldini olish chora-tadbirlari ko‘rilishi kerak.
Keng tarqalgan foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(401-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
41-modda. Konchilikdagi qutqaruv qismlari hamda ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish xizmatlari
Yer osti konchilik ishlarini olib borayotgan yer qa’ridan foydalanuvchilarga konchilikdagi qutqaruv qismlari, uglevodorod konlarini aniqlash, qidirish va ishlatishda burg‘ilash ishlarini olib borayotgan yer qa’ridan foydalanuvchilarga esa — ochiq, neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish xizmatlari tomonidan xizmat ko‘rsatilishi kerak.
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]

Konchilikdagi qutqaruv qismlari to‘g‘risidagi, shuningdek ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish xizmatlari to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-dekabrdagi 332-sonli “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi to‘g‘risida”gi va “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining Ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi to‘g‘risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
42-modda. Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda imorat qurish shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.02 Foydali qazilmalarni kavlab olish]

Aholi punktlari, sanoat obyektlari va boshqa obyektlarni joylashtirish uchun uchastkalar tanlashda bo‘lg‘usi imorat quriladigan uchastkaning yer qa’rida foydali qazilmalar yo‘qligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining xulosasi kerak.
(42-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Alohida hollarda sanoat ko‘lamida o‘zlashtirishga topshirilmagan foydali qazilma konlari (keng tarqalgan foydali qazilmalarning konlari bundan mustasno) joylashgan maydonlarda imorat qurishga, shuningdek bunday konlar joylashgan yerlarda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini joylashtirishga, konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari bilan kelishuvga muvofiq, yer qa’ridan foydali qazilmalarni chiqarib olish imkoniyatlari ta’minlanishi hisobga olingan holda, yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
43-modda. Tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lgan yer qa’ri uchastkalarini muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Er qa’rini geologik jihatdan o‘rganish]

Tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lgan noyob tabiiy yoki sun’iy geologik jinslar, mineralogik hosilalar, paleontologik obyektlar hamda yer qa’ri uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda muhofaza etiladigan geologik obyektlar deb e’lon qilinishi mumkin.
(43-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar]

Yer qa’ridan foydalanilayotganda ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan obyektlar topilib qolsa, yer qa’ridan foydalanuvchilar yer qa’rining tegishli uchastkasidagi ishlarni to‘xtatib turishi hamda bu haqda ruxsatnoma bergan organni va mahalliy davlat hokimiyati organlarini xabardor qilishi shart.
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni.
44-modda. Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilish
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.02.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat va boshqaruv. Foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Er osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring;

3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.06.00 Er osti boyliklaridan foydalanish huquqini litsenziyalash. Litsenziyani berish va qayta rasmiylashtirish. Tanlov va auksionlar;

4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.12.00 Er osti boyliklarini muhofaza qilish]

Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalar hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari quyidagi hollarda tugatilishi yoki konservatsiya qilinishi lozim:
yer qa’ridan foydalanish muddati tugaganda;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi tugatilganda;
foydali qazilmalarning iqtisodiy jihatdan rentabelli zaxiralari to‘liq ishlatib bo‘linganda;
kon qazishmalarini, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini suv bosishi yoki ularning vayron bo‘lishi xavfi paydo bo‘lib, buning oldini olishning texnikaviy jihatdan iloji bo‘lmaganda yoki bunday qilish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaganda;
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlaridan foydalanishga ehtiyoj qolmaganda.
Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini tugatish yoki konservatsiya qilish belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik (texnologik) loyihaga muvofiq amalga oshiriladi.
Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonani yoki uning bir qismini, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini tugatishda va konservatsiya qilishda kon qazishmalari va quduqlar aholining hayoti va sog‘lig‘i, atrof muhit xavfsizligini ta’minlovchi holatga keltirilishi kerak. Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxona yoki uning bir qismi konservatsiya qilingan taqdirda esa, butun konservatsiya vaqtida konning, kon qazishmalarining va quduqlarning saqlanishi ham ta’minlanmog‘i lozim.
Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalar hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari tugatilgan yoki konservatsiya qilingan taqdirda, yer qa’ridan foydalanuvchilar geologik, marksheyderlik hujjatlari va boshqa hujjatlarni ishlar yakunlangan paytdagi holatga ko‘ra to‘ldirishlari hamda ularni saqlash uchun belgilangan tartibda topshirishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(44-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini tugatish yoki konservatsiya qilish jarayoni oxiriga yetkazilguniga qadar yer qa’ridan foydalanish bo‘yicha majburiyat va javobgarlik qonunchilikka muvofiq yer qa’ridan foydalanuvchining zimmasida bo‘ladi.
(44-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son qarori bilan tasdiqlangan Yer osti boyliklarini qazib olish jarayonida qazib olingan va yo‘qotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
45-modda. Yer qa’ri to‘g‘risidagi geologik va boshqa axborot
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Er qa’rini geologik jihatdan o‘rganish]

Yer qa’ridan foydalanuvchilarning o‘z mablag‘lari hisobiga olingan yer qa’ri to‘g‘risidagi geologik va boshqa axborot yer qa’ridan foydalanuvchilarning mulki hisoblanadi. Yer qa’ri to‘g‘risidagi geologik va boshqa axborot mulkdori undan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi. Yer qa’ri to‘g‘risidagi geologik va boshqa axborotga bo‘lgan mulk huquqi yangi aniqlangan konda foydali qazilmalar zaxiralari tasdiqlangan sanadan e’tiboran bir yil davomida muhofaza qilinadi.
(45-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek yer qa’ridan foydalanuvchilarning o‘z mablag‘lari hisobiga olingan yer qa’ri to‘g‘risidagi geologik va boshqa axborot O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga hisobga olish, saqlash hamda bir tizimga solish uchun belgilangan shaklda majburiy tartibda va bepul topshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tushayotgan axborotning maxfiyligini ta’minlashi shart.
(45-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]

Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga olingan yer qa’ri to‘g‘risidagi geologik va boshqa axborotni realizatsiya qilish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
46-modda. Foydali qazilma konlarini aniqlaganlik uchun taqdirlash
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Er osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Er qa’rini geologik jihatdan o‘rganish]

Ilgari ma’lum bo‘lmagan, sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilma konini topgan, qidirib aniqlagan, shuningdek ilgari ma’lum bo‘lgan konda uning sanoat ahamiyatini ancha oshiradigan foydali qazilmalarning qo‘shimcha zaxiralari yoki yangi foydali qazilmalar va qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlar borligini aniqlagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda pul mukofoti bilan taqdirlanish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari to‘g‘risidagi nizom.
47-modda. Yer qa’ridan foydalanuvchilar huquqlarining kafolati
Yer qa’ridan foydalanuvchilarning faoliyatiga davlat organlari aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar]

Yer qa’ridan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tiklanishi kerak. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi asossiz cheklanishi, to‘xtatib turilishi yoki tugatilishi oqibatida yer qa’ridan foydalanuvchilar ko‘rgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
(47-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985-moddasi.
48-modda. Etkazilgan zararning qoplanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Yer qa’ridan foydalanuvchiga boshqa shaxslar tomonidan yetkazilgan zarar qonunchilikka muvofiq qoplanishi kerak.
(48-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Konlarning foydali qazilmalarga boy uchastkalari tanlab ishlatilganligida, shuningdek kon ishdan chiqishiga yoki yer qa’ri uchastkasidan kelgusida foydalanish imkoniyatini qisman yoki to‘la istisno etadigan sharoit yaratilishiga olib kelgan boshqa harakatlarda (harakatsizlikda) aybdor yer qa’ridan foydalanuvchining faoliyati natijasida davlatga yetkazilgan zarar qonunchilikka muvofiq yer qa’ridan foydalanuvchining mablag‘lari hisobidan qoplanishi kerak.
(48-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 15-moddalariga va 57-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini buzgan holda yer qa’ridan foydalanganlik natijasida davlatga, shuningdek atrof-muhitga, odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikka muvofiq qoplanadi.
(48-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
V. Yakunlovchi qoidalar
49-modda. Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.02.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat va boshqaruv. Foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Er osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring;

3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.06.00 Er osti boyliklaridan foydalanish huquqini litsenziyalash. Litsenziyani berish va qayta rasmiylashtirish. Tanlov va auksionlar;

4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.12.00 Er osti boyliklarini muhofaza qilish]

Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(49-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom”.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son qarori bilan tasdiqlangan Yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom.
50-modda. Yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan ishlab chiqarish nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan ishlab chiqarish nazorati yer qa’ridan foydalanuvchilarning geologik, marksheyderlik yoki texnik xizmatlari tomonidan, bu kabi xizmatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa tegishli mutaxassislar jalb etilgan holda amalga oshiriladi.
(50-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]

Geologik va marksheyderlik xizmatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
51-modda. Nizolarni hal qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Konchilik munosabatlari sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(51-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52-modda. Yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Er osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.14.00 Er osti boyliklaridan foydalanish qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]

Yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(52-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 185, 197-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 60, 70, 71-moddalari.


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 50-51-son, 512-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda, 36-son, 365-modda; 51-son, 541-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son , 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)

Yüklə 212,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə