1 ta'lim organlari va ilmiy hamjamiyatning pozitsiyasi



Yüklə 8,31 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü8,31 Kb.
#157467
Mongiyeva Norgul


Termiz davlat pedagogika instituti maktabgacha taʼlim fakulteti maktabgacha taʼlim psixologiya va pedagogika yoʻnalishi 2 kurs 202- guruh talabasi Mongiyeva Norgulning inkuliziv taʼlim va gospital pedagogika fanidan tayyorlgan taqdimoti.
Dunyo mamlakalarida nogironligi bo'lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, ularning jamiyatda o'ziga munosib o'rinni egallashlariga ko'maklashish masalasiga alohida e'tibor qaratiladi. Birlashgan Millatlar tashkilotining "Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasi
Inklyuziv ta'lim konsepsiyasi "inklyuziv jamiyat" g'oyasiga asoslanadi, bu yerda hamma narsa boshqasini (boshqa irq, din, madaniyat, nogironligi bo'lgan odamni) ijtimoiy hayotda faol va teng ishtirok etishga qo'shishni afzal ko'radi, har kimning manfaatlariga mos keladi, mustaqil yashash qobiliyatini oshiradi, ularning huquqlari tengligini ta'minlaydi.
Inklyuziv jarayonni resurs bilan ta'minlash umumiy ta'limdagi tashkiliy va mazmunli o'zgarishlarning muhim tizimli elementidir.
Inklyuziv ta'limni rivojlantirishning mintaqaviy modellari bir-biridan 5 ta asosiy omil bo'yicha farq qiladi:
1) ta'lim organlari va ilmiy hamjamiyatning pozitsiyasi
2) psixologik va pedagogik qo'llab-quvvatlash xizmatlarini rivojlantirish;
3) jamoat tashkilotlari faoliyati;
4) tayyorlangan pedagog kadrlarning mavjudligi;
5) ta'lim xizmatlarini moliyalashtirish imkoniyatlari.
inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari;
alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun maktablarda inklyuziv ta’lim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflar faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi;
oʻquvchilarni inklyuziv ta’lim sinflariga va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarga qabul qilish tartibi;
2- Mavzu: Imkoniyati cheklangan bolalarni inkuliziv taʼlim va tarbiyalash konsepsiyasi.
Hozirgi kunda ko'plab davlatlar qatori O'zbekistonda ham imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim va tarbiya olishlari, tibbiy muolajalar olib borishlari uchun imkoniyatlar yaratib kelinmoqda va bunday insonlar va bolalarning haq-huquqlari qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qo'yilgan va himoya qilinmoqda.
Imkoniyati cheklangan (aqli zaif) bolalar maktablarida logopedik ishning asosiy vazifasi aqli zaif o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish bilan bir qatorda bu toifadagi bolalarni ijtimoiy tomondan orqada qolishlikka olib keluvchi ruhiy va jismoniy rivojlanishdagi turli xil nuqsonlami tuzatish, yengillashtirish, kompensatsiya qilishga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Imkoniyati cheklangan bolalar musiqa, rassomchilik, tasviriy san'at, kulolchilik, jismoniy tarbiya va sport, kompyuter, tikuvchilik hamda boshqa maktabdan tashqari to'garaklar bilan qamrab olinadi. Shu bilan birga, inklyuziv ta'limda o'qitish usullari takomillashtiriladi hamda ta'lim jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
O‘zbekistonda umumta'lim maktablarida inklyuziv ta'lim joriy etish reja qilinmoqda. Keyingi o‘quv yilida alohida ta'lim ehtiyoji bor bolalarning 24 foizi, 2025 yilgacha esa 40 foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi kutilmoqda. Inklyuziv ta'lim bilan bog‘liq qator muammolar va xavotirlar ham mavjud.
3 mavzu: Inkuliziv taʼlimning huquqiy asoslarini xalqaro hujjatlarda tahlil qilish.
Eshitishi zaif bolalarni yetarli savod olishlari uchun o'qituvchilar oldida quyidagi vazifalar turadi:
- Qulog'i yaxshi eshitmaydigan bolalarni nutqida, ruhiyatidagi o'zgarishlarni o'z vaqtida bilish lozim.
- Bolaning eshitish qobiliyati darajasini bilish maqsadida zarur bo'lsa davolash uchun mutaxassis ottolorengolog oldiga yuborish lozim.
O'qituvchi bolaning ota-onasiga bolaning o'qishda uchraydigan qiyinchiliklarining xususiyatlarini tushuntirish, o'quvchiga uy topshiriqlarini tayyorlashda qay tariqa to'g'ri yordam ko'rsatishi kerakligini o'qitish.
II. Nutqida kamchiligi bor o'quvchilar bilan ishlash
o'qituvchi quyidagilarga e 'tibor berishi zarur:
Aqli zaif bolalar bilan ishlashda o'qituvchining vazifasi
- Umumta'lim maktablarida o'qiyotgan aqli zaif bolalarni bilish faoliyati bilan sog'lom bolalar bilish faoliyatlarini farqlay bilish lozim.
- Sog'lom bolaga qo'yilgan o'quv-dastur talabini aqli zaif bolaga qo'llamaslik.
- Dars jarayonlarida aqli zaif bolalarni o'zlashtirish qobiliyatiga mos keladigan vazifalar berib boorish lozim.
Olib borilgan ishlar natijasida imkoniyati cheklangan bolalar ta'limiga jamoatchilik tashkilotlarning munosabati o'zgardi, ota-onalarning bolalarga e'tibori ortdi, ta'lim olishlari uchun qiziqa boshladilar. Eng ahamiyatlisi bola tenqurlari kabi ta'lim olishga erishildi.
4 mavzu: Oʻzbekistonda inkuliziv taʼlimning meyoriy- huquqiy bazasini tashkil etish.
Hech o'ylab ko'rganmisiz, biz har kuni yurgan yo'llardan ayrim bolalar yura olmaydi, biz har kuni ko'rgan go'zallikni, atrof olamdagi voqea-hodisalarni eshita olmaydi, ko'ra olmaydi, chunki uning harakatlanishi falajlik oqibatida chegaralanib qolgan, uning ko'zlari ojiz, quloqlari eshitmaydi.
Turli xildagi sabablarga ko'ra ruhan yoki jismonan nuqsonli bo'lib qolgan bolalarni jamiyatdan alohida etiborsiz holda tashlab qo'yib bo'lmaydi. Bunday bolalar nuqsonliligi sababli imkoniyatlari cheklanib qolgan. Imkoniyatlarining chegaralanib qolganligi oqibatida korrksion yordamga muhtoj.
Nogiron bolalar bilan korreksion ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiriuvchi ish olib borish, ijtimoiy jamiyatga adaptatsiyalash, imkoniyatlaridan foydalanib, o'z-o'ziga xizmat qila oladigan va jamiyatga ma'lum darajada nafi tegadigan qilib voyaga yetkazish har bir davlatning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi
Natijada inklyuziv ta'limga doir xalqaro huquqiy meyoriy hujjatlar, rivojlangan chet el davlatlarning inklyuziv ta'lim tajribalari o'rganib chiqildi va ularga asoslangan holda yangi tahrirdagi "Ta'lim to'risida"gi Qonunning 20-moddasi, "Inklyuzi ta'lim" deb nomlanib, "Inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan"ligi qonuniy asos bilan mustahkamlandi.
Yüklə 8,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə