1. Ta’limda axbort texnologiyalari faniga kirish. Aktni O'zbekistonda rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari



Yüklə 75,65 Kb.
səhifə15/24
tarix28.11.2023
ölçüsü75,65 Kb.
#134484
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari-hozir.org (1)

Mikroprossesor
- kompyuterning amal bajaradigan qismi bo'lib, u ma’lumotlarni
berilgan dastur asosida qayta ishlaydi.
Mikroprossesor 140 ta atrofida turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. IBM rusumli
kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan) mikroprossesorlar ishlatiladi.
Xotira
- kompyuterda dasturlar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma.
Xotiraning turlari ko'p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar.
Tezkor xotira 
kompyuterning muhim qismi bo'lib, muharrir undan amallarni bajarish
uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida
ta’kidlash lozimki, kompyuter o'chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar
yo'q bo'lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak.
Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma’lumot
birligining eng kichik o'lchovi sifatida bayt qabul qilingan bo'lib, 1 bayt 8 bit (ikkili raqam)ga
teng. O'z navbatida bayt bir simvolni (belgini) tasvirlaydi. Familiyangizni kompyuterga kiritish
uchun familiyangizda nechta harf bo'lsa, u xotirada shuncha bayt joyni egallaydi. Xotira hajmi
birligi sifatida kilobayt qabul qilingan va u Kb bilan belgilanadi. O'z navbatida bir kilobayt 1024
baytga teng. 1024 kilobayt esa 1 Mbayt (Megabayt)ga teng.
1 Megabayt tezkor xotiraga ega kompyuterlarda faqat DOS tizimida ishlash mumkin
bo'lsa, 4 Megabaytli kompyuterlarda imkoniyatlari ko'proq bo'lgan dasturlarni, xususan
Windows 3.1, 3.11 dasturlarini ishlatish mumkin. Windows 95 ni to'laqonli ishlashi uchun 16
Megabayt xotira va kamida 486 prossesorli kompyuter, Windows 98, 2000 operatsion tizimida
ishlash uchun, FotoShop, Corell Draw va boshqa hozirgi zamon dasturlarini ishlatish uchun
kamida 32 Mbayt tezkor xotirali va Pentium-2,3 prossesorli kompyuterlar lozimdir. Bu
ko'rsatkichlar yangi prossesorlar va dastur mahsulotlarini paydo bo'lishi bilan yil sayin oshib
boradi.
Doimiy xotira 
(kompyuterga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS-Basic Input-
Output System - kiritish chiqarishning asosiy tizimi) mavjud. Bunday xotiradan ma’lumotlarni
faqat o'qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory-faqat o'qish uchun) deb
ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish,
operatsion tizimini boshlang'ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko'rsatishning
asosiy funktsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Kesh xotira
. Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor
xotira va mikroprossesor orasida joylashgan bo'lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor
xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi.

Yüklə 75,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə