1. Ta’limda axbort texnologiyalari faniga kirish. Aktni O'zbekistonda rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari


Ta’limda axbort texnologiyalari fanining mazmuni va asosiy vazifalari



Yüklə 75,65 Kb.
səhifə2/24
tarix28.11.2023
ölçüsü75,65 Kb.
#134484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari-hozir.org (1)

Ta’limda axbort texnologiyalari fanining mazmuni va asosiy vazifalari. 
Fanning
vazifalari, imkoniyatlari, vosita va uslublari ko'p qirrali bo'lib, uning ko'plab tushunchalari
mavjud. Ularni umumlashtirib informatikaga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Informatika - kompyuter yordami va ularni qo 'Hash muhiti vositasida axborotni 
yangilash jarayonlari bilan bog'liq inson faoliyati sohasidir.
Informatika yangi axborotni ancha keng o'zgartirish va barpo etish jarayonlarini
o'rganadi. Informatika kompyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi
va usiz mavjud bo'la olmaydi.
Informatika - axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalari
xususiyatlariga asoslanadi.
Informatika amaliy fan sohasi sifatida quyidagilar bilan shug'ullanadi:
1.
Axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o'rganish (axborotlarni yig'ish, qayta ishlash
va tarqatish);
2.
Inson faoliyatining turli sohalarida kommunikasion-axborot modellarini yaratish;
3.
Aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning
hayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqarish, ishlashni loyihalash, ishlab chiqish bosqichlari
uchun tavsiya tayyorlash.
Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.
Istalgan xususiyatdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish.
2.
Axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar negizida axborotni qayta
ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi texnologiyani yaratish.
3.
Jamiyat hayotining barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texiologiyasidan
samarali foydalanishning ilmiy va muxandislik muammolarini yaratish, tatbiq etish va
ta’minlashni hal etish.


Informatika o'z-o'zidan mavjud bo'lmay, balki boshqa sohalardagi muammolarni hal


etish uchun yangi axborot texnikasini va texnologiyalarini yaratishga qaratilgan kompleks
ilmiy-texnik sohadir.
Shartli ravishda informatikani uchta o'zaro bog'liq qismga bo'lish mumkin:
1.
Apparatli texnika vositasi.
2.
Dastur muhiti.
3.
Algoritmlar muhiti.
Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan
kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan
bog'liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini o'zida namoyon etadi.
Tor ma’noda informatika 3 qismdan iborat: texnik vositalar, dasturlar va algoritmlar.
Shuningdek, informatikani xalq xo'jaligining, fundamental fanning va tatbiqiy fanning bir
tarmog'i deb ko'rish mumkin.
O'z navbatida insonning ixtiyoriy faoliyati doirasi, shu bilan birga fanning har bir
tarmog'i, xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo'lsin, undagi axborot o'zining maxsus tomonlari bilan
tavsiflanadi.
Masalan, iqtisodiyot, yuridik, filologiya va jurnalistika axborotlari haqida aytadigan
bo'lsak, bu shu soha mutaxassislarining xizmat burchlari muvaffaqiyatli bajarishlari uchun
zarur bo'lgan, doimo yangilanib turuvchi bilim va ma’lumotlar to'plami bo'lib hisoblanadi.
Mehnat samaradorligining bundan keyingi o'sishi va farovonlik darajasini ko'tarish, katta
hajmdagi multimedia axborotini (matn, grafika, videotasvir, tovush, animatsiya) qabul qilishi va
ishlashga yangi intellektual vositalar va «inson mashina» interfeyslaridan foydalanish
asosidagina erishish mumkin.

Yüklə 75,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə