1. Ta’limda axbort texnologiyalari faniga kirish. Aktni O'zbekistonda rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari


axborot-kutubxona xizmati ko'rsatish



Yüklə 75,65 Kb.
səhifə8/24
tarix28.11.2023
ölçüsü75,65 Kb.
#134484
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari-hozir.org (1)

axborot-kutubxona xizmati ko'rsatish 
- foydalanuvchilarning axborot-kutubxona
resurslaridan foydalanishini ta’minlash;

yig'ma elektron katalog 
- axborot-kutubxona muassasalarining elektron kataloglari
majmui;

foydalanuvchi 
- axborot-kutubxona xizmati ko'rsatilishi uchun axborot-kutubxona
muassasasida ro'yxatga olingan shaxs;

elektron katalog 
- tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslari ro'yxatining elektron
shakli;

elektron kutubxona 
- axborot-kutubxona fondining elektron
shakli.
Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida 
Qonun
Ushbu qonunning asosiy vazifasi axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlariga rioya
etilishini, har kimning axborotni erkin izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foydalanish va saqlash
huquqlari ro'yobga chiqarilishini, shuningdek axborotning muhofaza qilinishini ta’minlashdan
iborat.

axborot 
- manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar,
faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to'g'risidagi ma’lumotlar;

axborot mulkdori 
- o'z mablag'iga yoki boshqa qonuniy yo'l bilan olingan axborotga
egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

axborot resurslari 
- alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to'plamlari, axborot
tizimlaridagi hujjatlarning to'plamlari;

axborot sohasi 
- subyektlarning axborotni yaratish, qayta ishlash va undan foydalanish
bilan bog'liq faoliyati sohasi;

axborot egasi 
- qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar
doirasida axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki
jismoniy shaxs;

maxfiy axborot 
- foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo'yiladigan
hujjatlashtirilgan axborot;





Yüklə 75,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə