1. Tarbiyasi qiyin bolalarga psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish tartibi Inqirozli oilalarga ijtimoiy-psixologik yordam


Hayot istiqbolini belgilashga ko‘maklashish



Yüklə 29,89 Kb.
səhifə3/4
tarix30.12.2023
ölçüsü29,89 Kb.
#166780
1   2   3   4
2-Mavzu maruza

Hayot istiqbolini belgilashga ko‘maklashish amali. Pedagog suhbat jarayonida tarbiyalanuvchining hayot rejalariga aniqlik kiritadi. Shundan so‘ngra tarbiyalanuvchining rejalarini amalga oshirishiga ko‘mak beriladi.
O‘zi va boshqalar haqida so‘zlab berish amali. Tarbiyalanuvchiga o‘tgan kunlari haqida hikoya yozish tavsiya etiladi. Shundan so‘ngra ularga boshqacha yashash mumkinligi haqida suhbatlashiladi.
Mening idealim. Suhbat jarayonida tarbiyalanuvchilarning ideali aniqlanadi va uning ijobiy axloqiy sifatlari ajratilib baholanadi.
Tarbiyalanuvchilar uchun ertak. Bu ertakterapiya g‘oyalarini bajarish uchun foydalaniladi. Tarbiyachilar qahramonlar tarbiyalanuvchilarga va ularning atrofdagilariga o‘xshagan kishilar ishtiroki to‘g‘risida ertak tuzadilar. Ertak oxirida pedagog va o‘quvchilar o‘zaro mulohaza yuritadilar.
Umuman bola tarbiyasida har bir kichkintoyga shaxs sifatida qarab, fazilatlaridan kelib chiqib amallarni bajarishga yo‘naltirish, har biriga e’tiborni kuchaytirish va amallar doirasini kengaytirish lozim.
Inqirozli oilalarga ijtimoiy-psixologik yordam Inqirozli oila yoki mushkul ahvolga tushib qolgan onalar, ularning farzandlari bilan psixologik-pedagogik yordam ishlarini tashkil etish asosan quyidagi yo’nalishlarda tashkil etiladi:
diagnostik;
korrektsion;
profilaktik;
Inqirozli oila bilan ishlash avvalo shunday holatga tushib qolgan oilalarning talab-takliflari asosida, yoki u yoki bu xududdagi oilalarning ahvolini o’rganish natijalariga ko’ra amalga oshiriladi. Masalan, O’zbekiston sharoitida jami oilalarning salmoqli qismi yosh oilalar toifasiga kirishi, ularda muayyan muammolarning, ijtimoiy hamda psixologik muhofazaga ehtiyojni sezitshi tabiiy bo’lgani uchun ham bunday xizmat shahobchalari bir tomondan, talab va taklif asosida tashkil etiladi, ikkinchi tomondan, davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan oilani muhofaza qilish, ularning muammolarini o’rganish va yordam berish o’z-o’zini boshqarish organlari, “Oila” markazlari, yoshlarning “Kamolot” ijtimoiy harakatiga yuklanganligi uchun tavsiya va ko’rsatmalar asosida ham tashkil etiladi. Qanday shaklda bo’lmasin, bunday markazlar yoki xizmat turlariga turli inqirozli sharoitni boshdan kechirgan oilaga yordam ko’rsatish ularning asosiy vazifasi hisoblanadi. Jamoatchilik tashabbusi bilan tashkil etilgan shunday xizmat turlaridan biri mamlakatimizning turli tuman va shaharlari markazlarida tashkil etilgan yoshlar ijtimoiy ko’mak markazlari bo’lib, uning qoshida tashkil etilgan “yosh oilaga ijtimoiy va psixologik xizmat ko’rsatish” bo’limlari, undagi “Ishonch telefonlari” oila a’zolariga ma’rifiy, ma’naviy, axborot, psixologik xizmatlarni amalga oshiradi.
Oilaga ijtimoiy-psixologik xizmat markazlari kimning buyurtmasi bilan faoliyat boshlagani, uning faoliyati samarasini kim monitoring qilishidan qat’iy nazar, u quyidagi toifa insonlarga xizmat ko’rasatadi:


  • bolalar;


  • ota-onalar;


  • yaxlit oila.

Oilada tarbiyalanayotgan bolalar muammolari bilan shug’ullanadigan ijtimoiy-psixologik xizmat markazlari asosan ular bilan diagnostik va psixokorrektsion yo’nalishlarda ish olib boradi.

Yüklə 29,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə