1. Tarbiyasi qiyin bolalarga psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish tartibi Inqirozli oilalarga ijtimoiy-psixologik yordam


Ishni differensial va individual tashkil etish



Yüklə 29,89 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü29,89 Kb.
#166780
1   2   3   4
2-Mavzu maruza

Ishni differensial va individual tashkil etish.
Bunda bolalarning tarbiyaviy-proflaktik jarayonda yosh va jinsiga qarab differensial hamda ularni har birini individual xususiyatlarga qarab ishni rejalashtirish.
Yordam faoliyatida xilma-xillikni ta’minlash, ya’ni vaziyat, shart-sharoitga qarab usullar, vositalardan keng foydalanish.
Insoniylik munosabati bilan yondoshish.
Bolalar bilan ishlayotganda ularni har bir toifasiga qanday millatga xosligi, dunyoqarashi, dinidan qat’iy nazar uning qiziqishlarini hisobga olib, unga ochiq ko‘ngillik va o‘ziga ishonch ortirish yo‘li bilan munosabat o‘rnatish lozim.
Mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish.
Tarbiyasi qiyin bolalar bilan tarbiyaviy-proflaktik tadbirlarni o‘tkazish jarayonida ularni ijtimoiy—madaniy va iqtisodiy vaziyatlarga tayanib, u tashkil etilayotgan mintaqaning xususiyatlarini hisobga olish lozim.
Albatta, yuqorida sanab o‘tilgan talablar umumiydir, ammo tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlayotgan vaqtda ularga psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish uchun bir qator uslub va amallardan foydalanishni bilish lozim.
Tarbiyada ta’sir ko‘rsatish usullariga ya’ni taqdirlash va jazolash yo‘llariga alohida e’tibor beriladi. Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlash jarayonida ham pedagog-tarbiyachilar ulardan samarali foydalanishlariga to‘g‘ri keladi.
Taqdirlash bola xatti-harakatlarida ijobiy sifatlarni tarkib topishi va mustahkamlanishi uchun, jazolash esa ixtiyor etilmaydigan salbiy xususiyatlarni oldini olish va ulardan ogoh etish maqsadida foydalaniladi. Jazolash adolatli va bolaning shaxsini kamsitmagan holda samarali tashkil etilishi zarur.
Tarbiyaviy vositalar orasida tarbiya amallari borki, ularni samarali qo‘llash ijobiy natijalarga olib keladi.
Tarbiya amallari tarbiya uslublarining tarkibiy elementlari bo‘lib, ular bolaga ta’sir samaradorligini ta’minlashga yordam beradi
Yaxshi xatti-harakatlarga yo‘nalish berish amalidan tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarga yordam zarur bo‘lganda ko‘mak beradilar. Bunda ijobiy xatti-harakatlarga alohida urg‘u beriladi.

Yüklə 29,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə