1. Tayyor mahsulot ( ishlar, xizmatlar ) va uni hisobga olish vazifalar


Tayyor mahsulotni baholash va uning nomenklaturasi



Yüklə 398,73 Kb.
səhifə2/12
tarix16.05.2023
ölçüsü398,73 Kb.
#110702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1. Tayyor mahsulot ( ishlar, xizmatlar ) va uni hisobga olish va (1)

2. Tayyor mahsulotni baholash va uning nomenklaturasi
Mahsulot ( ish , xizmat ) odatda ma'lum bir qiymatda baholanadi va sotiladi . Baho qiymatning puldagi ifodasidir . Uning u yoki bu mahsulotni tayyorlash bilan bog'liq ijtimoiy zaruriy mehnat tashkil qiladi . Tayyor mahsulot ( ish , xizmat ) ning sotish qiymatini belgilashda « Tovar - moddiy zaxiralar » nomli 4 - son BHMSdan foydalaniladi . 4 - sonli BHMSning 7 - bandiga binoan tayyor mahsulotlar eng kam bahoda baholanishi kerak : tannarxda yoki sof sotilish qiymatida . hisobot davri oxirida mahsulotning haqikiy ishlab chiqarish tannarxini aniqlash mumkin . Lekin mahsulotlarning ishlab chiqarilishi har kuni sodir bo'ladi , shu sababdan javo joriy hisobda mahsulotni shartli bahoda baholash kerak Tayyor mahsulotlaming operativ hisobi ishlab chiqarish reja tannarxida yoki shartnoma bahosida yoxud chakana bahoda I yuritiladi . Ushbu standartda mahsulot ( ish , xizmatlar ) ning sotilishi ( 21-22 bandlar ) tartibi quyidagicha bayon qilingan Materiallar va mahsulot ( ish , xizmat ) larni ishlab chiqarishda foydalanadigan boshqa xom - ashyo , agar ulardan tayyorlangan mahsulot bozor ( kundalik ) narxida sotilsa , tannarx qiymatidan past narxda arzonlashtirilmaydi . Biroq agar omborda mavjud bo'lgan narxdagi materialdan tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarxi sotish sof qiymatidan oshib ketsa , materiallar sotish sof qiymatigacha arzonlashtiriladi . Bunday vaziyatlarda materiallar qiymatini o'lchashning mavjud shakllaridagi eng yaxshisi bo'l mumkin . Sotishning sof qiymati ishlab chiqarishni tugallash va mahsulotni sotish bilan bog'liq bo'lgan butlash harajatlarini chiqarib tashlagan holda TMZni sotishning hisob - kitob narxidir .
Demak mazkur BHMSdagi baholashga muvofiq agar korxona ishlab chiqargan mahsulotining tannarxi mahsulotni sotish rejasidan yoki bozordagi joriy narxlaridan oshib ketsa , korxona o'zining mahsulotini sotish sof qiymatigacha arzonlashtirishi irishi mumkin . Lekin quyidagi hollarda tayyor mahsulot sotishning sof qiymatidan arzon bahoda baholanishi mumkin :
6. Zaxiralari sotish narxi arzonlashganda
7. Zaxiralarga zarar etganda ;
8. Zaxiralar to'la va qisman eskirganda
Korxonalarda mahsulotning reja va haqiqiy tannarxini hisobot davri yakunids tartibga solish kerak haqiqiy tannarx hisobot davri oxirida aniqlanadi . Reja tannarx esa oldindan belgilanadi . hisobot davri oxirida haqikiy tannarx reja tannarxdan kam yoki ko'p bo'lishi mumkin . Tayyor mahsulotlar kaysi hisobvaraqlarda hisobga olingan bo'lsa , og'ishishlar ham shu hisobvaraqlarda tejalgan bo'lsa - qizil storno usulida , ortiqcha harajat bo'lsa oddiy siyohda aks ettiriladi . Tayyor mahsulot harakati hisobini to'g'ri tashkil qilish korxona tomonidan ishlab chiqiladigan buyum turlari nomining ruyxati nomenklaturasidan foydalanish fanish katta ahamiyatga ega . Uni tuzish asosida tayyor mahsulotni turkumlash , ya'ni ushbu korxonada ishlab chiqariladigan bir mahsulot turini boshqa mahsulotdan ajratib turuvchi ma'lum belgilari yotadi . Nomenklatura ruyxatini tuzishda asos kilib quyidagi belgilar olinadi : model , fason , artikul , marka va xokazo.Har bir mahsulot turiga nomenklatura raqami biriktiriladi va u har xil sonlardan iborat bo'ladi . Mahsulot nomenklaturasidan ( ro'yxatdan ) korxonaning quyidagi xizmatlarida foydalaniladi : .
-dispetcherlik xizmat turi mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat qiladi
- sexlar ishlab chiqarilgan mahsulot assortimentami qilishda , omborga tayyor mahsulotni topshirishda yuk xati yozish uchun foydalanadi ;
- marketing bo'limi jo'natish bo'limi shartnomalarini bajarish imkoniyatlarini nazorat qilish uchun ;
buxgalteriya tayyor mahsulotning analitik hisobini yuritishda umumiy ma'lumotlar va hisobotlar tuzish uchun foydalaniladi .

Yüklə 398,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə