1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari


O ‘quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta’minotini . O'quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta'minotini



Yüklə 160,08 Kb.
səhifə26/50
tarix20.09.2023
ölçüsü160,08 Kb.
#122696
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50
1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari

34. O ‘quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta’minotini . O'quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta'minotini
O‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish malakalarini shakllantirish
O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri, bu ta’lim jarayonlariga zamonaviy axborot va kommu - nikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘lib, respublikamiz Prezidenti
I. A. Karimov bu masalada “...bugun hayotimizga chuqur kirib bora- yotgan internet tizimini keng joriy etish, yoshlarimizni O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixi, ezgu qadriyatlarimiz, yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan milliy axborot resurslarini shakl­lantirish va rivojlantirish, bu borada o‘zbek tilining imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasi doimo e’tiborimiz markazida turishi lo- zim”ligini ta’kidlaydi.
Bunday vazifalarni bajarish «Kadrlar tayyorlash milliy modeli»ni amalga oshirishning bosqichlarida belgilab berilgan, uning kelajakdagi istiq boli Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslab berildi. Modelni ama- liyotga tatbiq etish o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Ilmiy texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda ta’lim sohasiga ham zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda. Shu bois, “Kadrlar tay­yorlash milliy dasturi”da “o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta’minlash“ zaruriyati e’tirof etildi, uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.
35. O ‘quv muassasasi tashkiliy- boshqaruv tizimini avtomatlashtirish. Axborot texnologiyasi, telekomunikatsiyalar, telekomunikatsiyalar tarmog’i, telekomunikatsiya vositalari
O'quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta'minotini va o'quv muassasasi tashkiliyboshqaruv tizimini avtomatlashtirish va uning istiqbollari Bo’lajak pedagoglarni tayyorlaydigan oliy o’quv yurtlarida, talabalarga zamonaviy kompyuter va aloqa vositalaridan foydalanib, murakkab vaziyatlarda tezkorlik bilan bir qarorga kelish, axborotni qidirish, uni olish, kommunikativ bilimlarini va boshqa shu kabi qobiliyatlarini oshirish uchun, eng qulay texnologik imkoniyatlari bo’lgan shart sharoitlar yaratib berilishi kerak. Rasmiy bilim berishdan ozod bo’lgan pedagoglar, butun diqqat e’tiborini o’zlari o’qitayotgan talabalar bilan o’zaro aloqani mustahkamlashga qaratishlari lozim bo’ladi, bu esa ularning ish mohiyatlarini tashkil etadi.
Axborot texnologiyasi- axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar
Axborot texnologiyalarining maqsadi-inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir hatti-harakatni bajarish bo’yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi–obyekt-jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma’lumotlar (boshlang’ich axboroti)ni to’plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir
Telekommunikatsiyalar - signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini o’tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektrmagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlash; telekommunikatsiyalar tarmog’i - uzatishlarning bip yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, ma’lumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyasiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui; telekommunikatsiya vositalari - elektrmagnit yoki optik signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, kommutasiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar; telekommunikatsiyalar xizmatlari - operator va provayderning signallar hamda boshqa axborot turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta ishlashga doir faoliyati mahsuli;

Yüklə 160,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə