1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari


Internet tarmog‘i axborot-qidiruv tizimlari



Yüklə 160,08 Kb.
səhifə33/50
tarix20.09.2023
ölçüsü160,08 Kb.
#122696
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50
1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari

86. Internet tarmog’I axborot qidiruv tizimlari

Internet tarmog‘i axborot-qidiruv tizimlari


Internet tarmog’i orqali qidiruv tushunchasi shuni anglatadiki, bunda har bir foydalanuvchi o’ziga kerakli bo’lgan biror ma’lumot yoki materialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega bo’ladi. Internet tarmog’i foydalanuvchilari qidiruvni Internet muhitida joylashgan web-saytlar, ularning manzili va ichki ma’lumotlari bo’yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo’lgan axborotni samarali qidirish va tez topish imkoniyatini beradi.
Internet tarmog’i shunday bir muhitki u o’zida turli ko’rinishdagi va turli tillardagi ko’plab axborotlarni jamlagan. Bunda ushbu axborotlar ichidan kerakli bo’lgan ma’lumotlarni qidirib topish muammosi paydo bo’ladi. Internet tarmog’ida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun o’zbek, rus, ingliz yoki boshqa tillardagi bir yoki bir necha so’zdan tashkil topgan so’rovlardan foydalanadi. Ya’ni ma’lumotlarni uning sarlavhasi yoki uning tarkibida ishtirok etgan so’zlar va jumlalar bo’yicha qidirib topish mumkin. Bunda foydalauvchi tomonidan Internet qidiruv tizimi qidiruv maydoniga kerakli ma’lumotga doir so’z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Qidiruv tizimi foydalanuvchi tomonidan kiritilgan so’z yoki jumlaga mos keluvchi ma’lumotlarni qidirib topadi va ekranda ularning ro’yxatini hosil qiladi.
Internet tarmog’ida ma’lumotlar shunchalik ko’pki, ta’kidlab o’tilgan usul samara bermasligi mumkin. Bunday hollarda Internet qidiruv tizimlari qidiruvning bir qancha qo’shimcha usullari bo’yicha qidiruvni taqdim etadi, bular:
tili bo’yicha qidiruv;
turi (matn, rasm, musiqa, video) bo’yicha qidiruv; joylashgan mintaqasi bo’yicha qidiruv; joylashtirilgan sanasi bo’yicha qidiruv; joylashgan Internet zonasi bo’yicha qidiruv; ma’lumotlarni xavfsiz qidiruv.
87. Audiokonferensiyalar

Audiokonferensiyalar


Audiokonferensiyalarda masofaviy uzoqlashgan xodimlar va korxona bo’limlari o’rtasida aloqani ta’minlash uchun audioaloqadan foydalaniladi. Audiokonferensiyani amalga oshirishning eng sodda vositasi suhbatlarda ikkidan ortiq ishtirokchining qatnashishi imkonini beruvchi qo’shimcha qurilmalar bilan jihozlangan telefon aloqasi hisoblanadi.
Audiokonferensiyani tashkil qilish kompyuterning mavjud bo’lishini talab qilmaydi va ishtirokchilar o’rtasida ikki tomonlama aloqadan foydalanishni nazarda tutadi. Audiokonferensiyalardan foydalanish qaror qabul qilishni yengillashtiradi, arzon va qulay. Audiokonferensiyaning samaradorligi quyidagi shartlar bajarilganda ortadi:
audiokonferensiyani tashkillashtirayotgan xodim qo’shimcha ravishda barcha qiziqqan shaxslarning ishtirok etishini ta’minlasa; konferensiya ishtirokchilari soni muhokama qilinayotgan muammo doirasini ushlab turish uchun juda katta bo’lmasligi lozim (odatta oltitadan ortmaydi);
konferensiya dasturi uning ishtirokchilariga, faksimil aloqasini qo’llagan holda, avvaldan xabar qilinishi lozim;
har bir ishtirokchi so’zlashdan avval o’zini tanishtirishi lozim; konferensiyani yozish va saqlash tashkillashtirilgan bo’lishi lozim; konferensiya yozuvi chop qilinishi va barcha ishtirokchilarga jo’natilishi lozim.

Yüklə 160,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə