1 To‘lov-kontrakt (ikki tomonlama) asosida mutaxassis tayyorlashga kontrakt №4402302132



Yüklə 93,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü93,53 Kb.
#141695
1   2   3   4   5
31.07.2023
3
“Ta’lim muassasasi” “Ta’lim oluvchi”ning darslarga sababsiz qatnashmaganda, intizomni buzganda, GPA
koʻrsatkichini toʻplay olmaganda,“Ta’lim muassasasi”ning ichki tartib qoidalariga amal qilmaganda,
respublikaning normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sabablarga ko‘ra hamda o‘qitish uchun
belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganda “Ta’lim oluvchi”ni tegishli kursda qoldirish yoki
talabalar safidan chetlashtirish huquqiga ega.
“Taʼlim oluvchi” “Taʼlim muassasasi”ning ichki hujjatlarida belgilangan qoidalarni qoʻpol ravishda buzgan,
xususan huquqbuzarlik sodir etgan hollarda shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega. 
4.2. Ta’lim oluvchining huquqlari: 
O‘quv yili uchun kontrakt summasini semestrlarga yoki choraklarga bo‘lmasdan bir yo‘la to‘liqligicha to‘lash
mumkin.
Ta’lim oluvchi mazkur kontrakt bo‘yicha naqd pul, bank plastik kartasi, bankdagi omonat hisob raqami orqali,
ish joyidan arizasiga asosan oylik maoshini o‘tkazishi yoki banklardan ta’lim krediti olish orqali to‘lovni
amalga oshirishi mumkin. 
Taʼlim muassasasidan shartnomaviy majburiyatlari bajarilishini talab qilish;
Taʼlim muassasasida tasdiqlangan oʻquv reja va dasturlarga muvofiq davlat standarti talablari darajasida
taʼlim olish;
Professor-o‘qituvchilarning o‘z funksional vazifalarini bajarishidan yoki ta’lim muassasasidagi shart-
sharoitlardan norozi bo‘lgan taqdirda ta’lim muassasasi rahbariyatiga yozma shaklda murojaat qilish.
V. KONTRAKTNING AMAL QILISH MUDDATI, UNGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH
HAMDA BEKOR QILISH TARTIBI
5.1. Ushbu kontrakt ikki tomonlama imzolangandan so‘ng kuchga kiradi hamda oʻqish muddati tugagunga
qadar amal qiladi shuningdek, ushbu kontraktga qo‘shimcha bitim kiritilgan taqdirda ushbu barcha kiritilgan
qo‘shimcha bitimlar kontraktning ajralmas qismi hisoblanadi. 
5.2. Ushbu kontrakt shartlariga ikkala tomon kelishuviga asosan tuzatish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritilishi mumkin.
5.3. Kontraktga tuzatish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar faqat yozma ravishda “Kontraktga qo‘shimcha bitim”
tarzida kiritiladi va imzolanadi.
5.4. Kontrakt quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
·
Tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan.
·
“Ta’lim oluvchi” talabalar safidan chetlashtirganda “Ta’lim muassasasi” tashabbusi bilan bir tomonlama
bekor qilinishi mumkin.
·
Tomonlardan biri o‘z majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda.
·
Uzrli sabablar bilan, “Ta’lim oluvchi”ning tashabbusiga ko‘ra.
·
Ta’lim muassasasi tugatilganda, ta’lim oluvchi bilan o‘zaro qayta hisob-kitob qilinadi.

Yüklə 93,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə