1-топшириқ. Ta'lim tizimidagi innovatsiyalar


AQSH ta’lim tizimi va uning o‘ziga xos xususiyatlari AQSh da ta’lim tizimining tuzilishi



Yüklə 72,71 Kb.
səhifə8/17
tarix22.03.2024
ölçüsü72,71 Kb.
#182685
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
1-топшириқ. Ta\'lim tizimidagi innovatsiyalar-fayllar.org

3.4. AQSH ta’lim tizimi va uning
o‘ziga xos xususiyatlari
AQSh da ta’lim tizimining tuzilishi.
Bolalar 3 yoshdan 5
yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari;
1-8-sinflargacha bo‘lgan boshlang’ich maktablar (bunday
maktablarda bolalar 6-yoshdan 13- yoshgacha o‘qiydilar);
9-12-sinflardan iborat o‘rta maktablar (bu maktablarda 14-17)
yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar).U quyi va yuqori
bosqichdan iborat.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy
ta’lim bo‘lib, u 2 yoki 4 yil o‘qitiladigan kollejlar hamda
dorilfununlarda amaga oshiriladi.
Sunggi bosqich dorilfununlar va boshqa oliy o‘quv yurtlari
tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir.
AQSHda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu
mamlakatdagi o‘quv yurtlarida davlat jamoa, xususiy tasaruflarida va
diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lishi mumkin..
Shunisi diqqatga sazovorki, AQSH maktablarining bitiruvchi sinf
o‘quvchilaridan tashqari barsha o‘quvchilar ta’tillar paytida asosan ish
bilan band bo‘ladilar. AQSh maktablarida o‘quv yili 180 kun. Bir soat
dars 45-50 minut.
Amerika konstitutsiyasiga muvofiq ta’lim tizimi tasarufidagi shtatlar
boshqaruv muassasalari ixtiyoridadir. 1979 yilgasha ta’limni mablag’
bilan ta’milash, ta’limda davlat siyosatini amalga oshirish, o‘quv
yurtlarida faoliyatini muvofiqlashtirib borishini Sog’liqni saqlash,
Ijtimoiy ta’minot va ta’lim ishlari vazirlari olib borar edi. 1979 yilda
Ta’lim vazirligi mustaqil bo‘lib ajralib shiqdi.
Ta’lim tizimlariga mablag’ ajratish bo‘yisha AQSh dune mamlakatlari
o‘rtasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. AQSh ta’lim tizimining
rivojlanish sur’ati ancha yuqori bo‘lib, uning boshlang’ish ta’lim
bosqichida o‘qishi lozim bo‘lgan bolalarning 99,9 foizi, o‘rta bo‘g’ini
94,5 foizi ta’lim oladi. O‘quvchilar umumiy sonining 46 foizi o‘rta
maktabning tamomlangach, kollej va universitetlariga kiradilar. Barsha
toifadagi ta’lim maskanlarida 58 million yosh, shu jumladan ta’limning
oliy bosqichida 12 million yigit qiz tahsil oladi. AQShda har 10 ming
aholiga 307 talaba to‘g’ri keladi. Bu jaxonda yuksak ko‘rsatkishlardan
biridir.
Bulardan tashqari AQShda har yili 33 million kishi uzluksiz ta’lim
malaka oshirish tizimlarida bilim oladilar. Mamlakatda 3 million
o‘qituvshi mehnat qiladi. Har yili o‘rta maktabni 3 million o‘quvshi,
bakalavr darajasidagi esa 300 ming kishi tugallaydi, yiliga 30 ming kishi
doktorlik ilmiy darajasini oladi.

Yüklə 72,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə