1-топшириқ. Ta'lim tizimidagi innovatsiyalar


Amerikada o‘qish uchun imkoniyatlar va talablar



Yüklə 72,71 Kb.
səhifə9/17
tarix22.03.2024
ölçüsü72,71 Kb.
#182685
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
1-топшириқ. Ta\'lim tizimidagi innovatsiyalar-fayllar.org

Amerikada o‘qish uchun imkoniyatlar va talablar. Bilim va
ma’rifat inson hayotidagi eng ulug’ ne’matlardan va insoniyatni
taraqqiyotga yetaklovchi kuch hisoblanadi. Dunyoning yetakchi bilim
maskanlari bu ne’matni katta pul evaziga ulashadi. Qo‘shma
Shtatlardagi yuzlab oliygohlar shu kunlarda kelasi yil uchun hujjat qabul
qila boshlagan.
Shu kunlarda Edmund Maski nomli dastur (Edmund S. Muskie
Graduate Fellowship Program) orqali AQShda magistrlik darajasini
o‘qish uchun hujjatlar qabul qilinmoqda. Uch bosqich, ya’ni anketa
to‘ldirish, TOEFL va GRE imtihonlari, hamda suhbatdan muvaffaqiyatli
o‘tgan talabalar AQShda 2 yil bepul ta’lim oladi. Hujjatlar 16-noyabrga
qadar qabul qilinadi. Dastur shartlari AQSh elchixonasining vebsahifasida (www.usembassy.uz.) joylashgan.
TOEFL va GRE imtihonlarini mustaqil tarzda ham topshirish
mumkin. Buning uchun maxsus sayt – www.ets.org sahifasidan
ro‘yxatdan o‘tib, test haqqini to‘lash zarur. Afsuski, test uchun pul
to‘lash oson emas. Ko‘p hollarda, ayniqsa Internet orqali ro‘yxatdan
o‘tsangiz faqat Visa, Master Card va American Express kartalari bilan
to‘lashingiz mumkin. Bu kartalar haqida O‘zbekistondagi banklardan
ma’lumot olishga harakat qiling. Ro‘yxatdan o‘tgach, Toshkentdagi
Global Study markazi bilan bo‘glanasiz.
Maktabgacha tarbiya. Amerika boy mamlakat. Lekin bu
mamlakatda bollalar uch yoshga to‘lgunlaricha onalarga turli moddiy
imtiyozlar berish ko‘zda tutilmagan. Farzandlarga qarab uyda o‘tiradimi
yoki enaga yollab ishga tushadilarmi, bu onalarning ishi.
O‘zbekistondagi kabi keng va shinam, ikki qavatli, o‘ynaydigan,
uxlaydigan ovqatlanadigan alohida xonalari bo‘lgan bog’cha va yaslilar
Amerikada odob tusigakirmagan. Enaga yollash oila uchun haftasiga
200 dollardan kam tushmaydi. Bu mamlakatda 30-40 bolaga
mo‘ljallangan xususiy va davlat tassarufidagi bog’chalar mavjud. Ular
enaga yolashdan bir oz arzonroqqa tushadi. Lekin xar ikki holda ham,
uydan olib borgan ovqatlarni yedirishadi, krovatchalar, ko‘rpa, to‘shak,
yostiqni ota-onalar olib borishadi. Amerikada bizdagidek taomnomalar
o‘quv dasturlari yo‘q. Bolalar yozda atrofdagi ko‘klamzorlarda o‘ynab
dam oladilar. Bu bog’chalarda ham bolalar yoshlariga qarab turli
guruhlarda tarbiyalanadilar. Ularga tarbiyachi mutaxassis qaraydi,
ovqatni tayyorlab beradi, turli qo‘shiqlar, she’rlar o‘rgatadi, quvnoq
o‘yinlar uyushtiradi. Ammo har kim o‘z uslubiga muvofiq ishlaydi.
Umumiy qoidalar, o‘quv dasturlari joriy qilinmagan. Lekin bolalar
uchun haqiqiy ta’lim-tarbiya jarayoni ular 5 yoshga to‘lganlaridan keyin
boshlanadi. Ana shu yoshda ular «Kinder garden» deb ataluvchi
tayyorlov bog’chalariga jalb etadilar. Ular hukumat tassarufida bo‘lib
bog’chalar yoki maktablar tarkibida tashkil etiladi. Bolalarni maxsus
«Maktab avtobusida» uyga olib keladilar va maktabga olib boradilar.
Bunday avtobuslar yo‘l-transport xodisalardan to‘la muhofaza etilgan,
sariq ranga bo‘yalgan. Uning signallariga barcha transport vositalari
itoat etishga majburdirlar. Maktab avtobuslarini boshqa transport
vositalari quvib o‘tishi mumkin emas, tartibni buzganlar qattiq
jazolanadilar.
AQSH televideniyasining alohida kanalida «Sezam ko‘chasi» deb
nomlanuvchi ko‘rsatuvlar dasturi mavjud. u o‘quvchilarga ingliz tili,
alifbo, arifmetik amallarni bajarish, sanash, koinot, tabiat, jug’rofiya,
tarix bo‘yicha bilimlarni o‘ta qiziqarli tarzda singdirishga harakat qiladi.
Besh yoshli bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarning
asosini ularni maktabga tayyorlash tashkil etadi. Olti yoshli bog’cha
guruhlarida bo‘lsalarda, lekin bu guruhlardagi ta’lim boshlang’ish
sinfdagi ta’limga yaqin turib, amalda uning dastlabki bosqichi
hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya muassasalarning ta’lim dasturi ko‘p
jihatdan ota onlar bilan hamkorlikda ish olib borishga mo‘ljalangan, u
pirovard natijada bolalarni boshlang’ich maktablarga puxta tayyorlab
berishga xizmat qilishi kerak.
Amerika ko‘p millatli mamlakat. Lekin har bir millat o‘z
farzandiga milliy urf-odatlarini tilini o‘rgatishga jiddiy ahamiyat beradi.
Ko‘pincha bu vazifalarni katta avlod amalga oshiradi. O‘zbeklar ham
o‘z ona-tilini, urf-odatlarini dinini o‘z farzanlariga singdirishga astoydil
intiladilar.
O‘zbek bolalari Markaziy Osiyoda o‘z mamlakatlari borligini
biladilar, g’oyibona intiladilar, u haqda ko‘p narsalarni ko‘rish, eshitish,
o‘qishni istaydilar. O‘zbekistonga kelish har bir amerikalik
o‘zbeklarning muqaddas orzusidir.
Boshlang’ich maktablarning asosiy vazifasi 6 yoshdan 15
yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘laqonli bilim, ta’lim berish ularning
umuminsoniy, axloqiy xislatlariga ega bo‘lib shaklanishini
ta’minlashdan iboratdir. Boshlang’ich sinflarda o‘qitiladigan o‘quv
predmetlari va dasturlari bolalarning yoshi, muhitiga moslashgan bo‘lib,
ular o‘quvchilarning umumiy savodxonligini ta’minlab berishdan
tashqari ma’lum darajada kasb yo‘nalishiga ham ega qiladi.
Sinfdan-sinfga ko‘chirish o‘quvchining o‘qish tezligi, yozuvi,
xusnixati, arifmetika, tarix, geografiya, musiqa va san’at kabi
predmetlarni boshlang’ich sinf dasturi hamda darsliklari doirasida
qanday o‘zlashtirib olganligiga qarab belgilanadi. Amerika maktablarida
o‘quv-tarbiya ishlari bilan bog’liq masalalarni to‘laligicha xar bir shtat
o‘ziga mustaqil belgilab olish xuquqiga ega. Shu boisdan boshlang’ich
maktablarda o‘quv davomiyligi turli shtatlarda turlicha belgilangan.
Ya’ni boshlang’ich ta’lim 4,5,6,8 yillik bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar
shu davr ichida ingliz tili, ijtimoiy fan, tabiat va gigiena, matematika,
xunarmandchilik va san’at, badantarbiya va sport predmetlaridan saboq
oladilar. AQSh maktablarida o‘qish har bir o‘quvchi uchun faxr-iftixor
bo‘lishiga o‘quvchi bilimi imkoniyati, nuqtai nazariga ishonch hissini
tarbiyalashga katta e’tibor beriladi. O‘quvchilarni maktabdan bezdirish,
ularni darslarga ishtiyoqsiz va loqayd bo‘lib qolishlari favqulodda salbiy
holat hisoblanadi.

Yüklə 72,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə