1-топшириқ. Ta'lim tizimidagi innovatsiyalar


Chet ellik talabalar ta’limi



Yüklə 72,71 Kb.
səhifə12/17
tarix22.03.2024
ölçüsü72,71 Kb.
#182685
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1-топшириқ. Ta\'lim tizimidagi innovatsiyalar-fayllar.org

Chet ellik talabalar ta’limi. Chet ellik talabalarga ta’lim berish
bo‘yicha AQSh dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Eng so‘nggi
ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda chet ellik talabalarning umumiy soni 350
ming kishini tashkil qilib, ular mamlakatning 2500 dan ortik o‘quv
yurtlarida tahsil oladilar. Talabalar asosan Janubiy Sharqiy Osiyo, Yaqin
Sharq, Lotin Amerikasi, Afrika, G’arbiy Yevropa mamlakalaridan
kelgan yoshlardir. Chet ellik talabalarning qabul qilnishiga asosan
diplomatik tashkilotlar, madaniy missiya va boshqa tashkilotlar xomiylik
qiladilar. 67,8 % chet ellik talabalar ota onalari hisobidan, 12,8 foizini
hukumati hisobidan o‘qiydi. Ko‘pchillik chet ellik talabalar doimiy
yashash uchun AQShda qolib ketadilar.
Oliy o‘quv yurtlarida ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha
AQSh jahon mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
Bu mamlakatda ilmiy izlanishlar uchun ajratilgan mablag’ning 48%
davlat tomonidan, 50 % firma, konsern, sindikatlardan undiriladi,
qolganlarini oliy o‘quv yurtlarining mablag’lari tashkil qiladi. AQShdagi
fundamental izlanishlarning bevosita ijrochisi oliy o‘quv yurtlari, ularni
mablag’ bilan ta’minlab, ishlab chiqarishga tadbiq etuvchilar esa turli
sanoat, qurilish va boshqa tashkilotlardir. Ishlab chiqarish korxonalari
dorilfununlar bilan shartnoma asosida hamkorlik qiladi. Ma’lumotlarga
qaraganda dorilfununlarning qariyb 70% ilmiy xodimlari turli firmalarda
tadqiqotchi maslahatchi bo‘lib ishlaydilar. Dorilfununning muayyan
sohada tadqiqot olib borish uchun mo‘ljallangan ilmiy xodimlari, ishlab
chiqarish korxonalarning ilmiy labaratoriyalariga boradilar.
Amerikada bir yillik o‘qish bahosi o‘rtacha 20 ming dollar. Gap
ilmgohning kim tamonidan moliyalashishida. Bir xildagi ilm dargohlari
odatda arzonroq. Albatta, bu imtiyoz faqat AQSH ning muayyan
shtatida yashovchi fuqarolarga taalluqli. Oddiy misol: shtat fuqorasi
yiliga taxminan 5 ming dollar to‘lasa, boshqa shtatdan yoki davlatdan
kelgan fuqora yiliga 15 ming dollar to‘laydi
O‘qituvchilar malakasini oshirish tizimi
AQSh ta’lim boshqaruv organlarida o‘qituvchi kadrlarning sifat
tarkibiga, uning insoniy kamoloti, malakasi, saviyasini takomillashtirib
borishiga juda qat’iy talablar qo‘yiladi.
Barcha shtatlar, Kolumbiya va Puerto-Riko okruglari boshlang’ich
maktablariga ishlash uchun bakalavr malakasini talab qiladilar. O‘rta
maktablardagi o‘qituvchi kadrlarga esa 47 shtatda va Puerto Rikoda eng
kamida bakalavr va Kolumbiya okrugida 5 yil o‘qituvchilik ta’limi yoki
magistr darajasi kerak bo‘ladi. Ko‘pgina mahalliy maktablar
o‘qituvchiga shtatlar qo‘ygan talablardan ham yuqori talablar qo‘ydilar.
Pedagogik praktika 4 oydan 6 oygacha cho‘ziladi. Ular maktab
labaratoriyalarida yoki jamoa maktablaridan birida o‘tkaziladi.
Bitiruvchilar kollejning beshinchi kursini bitirish paytida magistr
darajasini beruvchi kurs dasturini o‘taydilar. Lekin shunga qaramay
AQSh ta’lim tizimi o‘zining bir qator nuqsonlariga ham ega.
Ta’limni «liberallashtirish», «demokratlashtirish» amalda
pedagoglar uchun bilim puxtaligini nazorat qilish talabchanlikni oshirish
imkoniyatini bermaydi. Shu tufayli boy tajriba va moddiy bazaga ega
bo‘lgan AQShda butunlay savodsiz bolalar talaygina topiladi.

Yüklə 72,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə