Toshkent tibbiyot akademiyasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,5 Mb.
tarix11.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#144258
Bahodir soliq1

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Soliq fanidan mustaqil ishi

Bajardi: Menejment fakulteti 105 a guruh Ergashev Bahodi

Qabul qildi:X.T. Sultonova

Mavzu :

Mikrofirmalar va kichik firmalarni soliqqa tortish mexanizmi

Reja:

1.Kichik firmalar haqida

2.2020- yildagi iqtisodiy faoliyat

3.Konstitutsiyada shular haqida

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to'g'risidagi” O'zbekiston Respublikasi qonuniga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalarga muvofiq, endilikda mikrofirma va kichik korxonalar o'rtacha ishchilar sonini kasb hunar kollejlari, akademik litsey va oliy ta'lim musassalalari bitiruvchilari hisobiga oshirishi mumkin. Unga ko'ra, bitiruvchilar umumiy xodimlarning 50 foizini tashkil qilishi belgilandi. Shu paytga qadar bu ko'rsatkich 20 foizga teng bo'lgan.

Jumladan, ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan mikrofirmada xodimlarning o'rtacha soni 20 kishidan iborat bo'lsa, ushbu firma yana 10 nafar bitiruvchini ishga qabul qilishi mumkin.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, yengil va oziq- ovqat sanoati, metalni qayta ishlash, yog'och va mebel sanoati, qurilish materiallarini ishlab chiqaradigan korxonalarda o'rtacha ishchilar shtati 100 dan oshmasligi belgilab qo'yilgan. Endilikda ushbu korxonalar 50 nafargacha bitiruvchilarni ishga olishi mumkin.

Korxonalar ishchi hodimlar sonini bitiruvchilar hisobiga faqat bitiruvchi ta'lim muassasasini tamomlaganidan boshlab 3 yilgacha oshirishi mumkin. 3 yildan so'ng yosh yigit yoki qiz bilan mehnat shartnomasini imzolagan korxona ushbu imtiyozdan foydalana olmaydi.

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 1-apreldagi 20-sonli, Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 31-martdagi 2021-17-sonli va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 30-martdagi 31-sonli ““Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1502-4, 04.05.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-iyundagi “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3620-son Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 25-26-son, 177-modda) muvofiq qaror qilamiz:

Ushbu Tartib Ozbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar (keyingi orinlarda - korxonalar deyiladi) uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qollash tartibini belgilaydi, yagona soliq tolovi to`laydigan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno.

Mazkur Tartibning amal qilishi shuningdek dasturiy vositalarni ishlab chiqarishga, kompyuter texnikasi va dasturiy vositalarga servis xizmati korsatishga, kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalari bilan ishlashga oqitish boyicha aholiga xizmatlar korsatishga ixtisoslashayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga tegishli bo`lmagan tashkilotlarga ham tatbiq еtiladi.

Yangi tashkil etilayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini bir yilga kechiktirish, kechiktirilgan summani imtiyozli davr tugagandan keyin teng ulushlarda 12 oy davomida to‘lash huquqi berilsin.

ADABIYOTLAR:

  • ADABIYOTLAR:
  • Mustaqil ish Kenjaboyev.B.M ning kitobidan olindi

    O’zbekiston soliq kodeksi

    www.lex.uz

    www.ziyo.net

    www.economyofworld.uz


Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə