1-topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang. Gazlamalarning o‘rilishi



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə4/10
tarix12.01.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#98482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
126804 var 7.javob

Yirik gulli urilishlar
Yirik gulli o’rilishlar maxsus mashinali to’quv stanoklarida hosil qilinadi. Yirik gulli o’rilishlardagi naqshning o’lchamlari va shakli turli-tuman bo’lishi mumkin (o’simliklarning rasmi, geometrik naqsh va kompozitsiyalar, syujetli hamda tematik rasmlar va hokazo). Turli gazlamalar, shuningdeq portretlar, rasmlar, gilamlar, gobelenlar, choyshab, dasturxon va boshqa buyumlar yirik gulli o’rilishda to’qilishi mumkin.



  1. Tikuv jixozlari haqida umumiy ma’lumot

Javob: Tikuv mashinasining dastlabki ko’rinishlari Leonardo da Vinchining loyishalarida aks etgan. XVI asr oxirlarida angliyalik Uilyam Li bir ipli zanjirsimon baxyali to’qima tikish mashinasini kashf etdi. 1755 yili Karl Veyzental qo’lda bajariladigan qaviqlardan nusxa kuchiruvchi tikuv mashinasini yaratadi. Hozirgi paytda sham bir qator firmalarda qo’lda bajariladigan qaviqlarga o’xshash baxya shosil qilib tikuvchi mashinalar ishlab chiqarilmokda. Bu mashinalar teri mashsulotlari, poyafzal va qo’lkoplarni tikishga mo’ljallangan bo’lib, ularning ishlash printsiplari K. Veyzental va T. Sent ixtirolariga asoslangan. 1790 yili Angliyada poyafzal tikadigan mashina uchun Tomas Sentga patent berilgan. Mashina qo’lda yurgizilar, poyafzal detallari sham igna tagida qo’lda surilib turilardi (1-rasm). Bu mashina konstruktsiyasi uncha murakkab bo’lmasa-da, unda ilgarilanma-qaytma sharakatlanuvchan igna yuritgichi, gorizontal igna plastinasi, baxya uzunligini o’zgartirish va gazlamani surish qurilmalari mavjud bo’lgan. 1-rasm. 1790 yili Tomas Sent tomonidan yaratilgan dastlabki tikuv mashinasi 1829 yili frantsuz Bartolo-meya Timone yuqoridagi mashina-lardan mukammalrok bir ipli zanjirsimon baxyali tikuv mashinasi asosida sharbiy kiyim tikishga mo’ljallangan 80 dan ortik tikuv mashinasini yaratgan. 1834 yili Amerikalik Uolter Xant ustki va ostki iplar qo’llanilgan birinchi moki baxyali tikuv mashinasini yaratgan. Bu mashinada ostki ipning tarangligini sozlash qurilmasi bo’lmaganligi sababli sifatli baxyaqator olish imkoni yo’q edi. 1843 yili Amerikada Bendjamin Bin tomonidan yoysimon shakldagi ignali tikuv mashinasi yaratilgan. 1845 yili AKSH da Ellios Xou moki baxyali tikuv mashinasi uchun patent oldi. Bu mashinada gazlama vertikal tarzda suruvchi richag ildirgichlariga sanchib qo’yilar va fakat to’g’ri yunalishda surilar edi. Uning bukik ignasi gorizontal tekislikda sharakatlanar, tukuv stanogi mokisiga o’xshash mokisi esa ilgarilanmaqaytma sharakatlanar edi. Bulardan keyingi kashfiyotchilar tikuv mashinalarini yanada takomillashtirdilar. A.Vilson (1850 yil), I.Gibbs va I.Zingerning (1851 yil) dastlabki mashinalarida igna vertikal sharakatlanar, tepki bilan bostirib qo’yilgan gazlama esa gorizontal platformada sharakatlanar edi. Oldin bu mashinalarda gazlamani to’xtab-to’xtab surib turadigan tishli gildirakcha bo’lgan, keyinchalik esa uning urniga tishli reyka o’rnatilgan. Xuddi shu davrda amerikalik Grober va Bekerlar ikki ipli zanjirsimon baxyali tikuv mashinasini yaratdilar. Bu mashinada ustki ip vertikal ilgarilanma-qaytma sharakatlanuvchan to’g’ri ignadan, ostki ip esa gorizontal sharakatli bukik ignadan uzatilar edi. 1858 yili "Vilkokk - Jibss" firmasi aylanma sharakatlanuvchan ikki ipli zanjirsimon baxyali tikuv mashinasini ishlab chiqara boshladi. SHu davrdan boshlab ingliz Tomas Eyt, germaniyalik Villi Pfaff va Deton Nauman, shved Xuskvarno va boshqalarning tikuv mashinalarini ishlab chiqaruvchi, loyishalash va takomillashtirish ishlari bilan shugullanuvchi firmalari tashqil etiladi. 1870 yildan boshlab YAponiya, Rossiya va boshqa davlatlarda "Zinger" firmasi yig’uv ustaxonalarini tashqil etadi. Bu ustaxonalarda chetdan keltirilgan detallardan tikuv mashinasi yig’ilar edi. Utgan asrning 30–50-yillarida AKSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va Frantsiya davlatlaridan tikuv mashinalariga 30 dan ortik patent olingan va katta xajmda ishlab chiqarila boshlangan. Mashina sifati uning belgilangan vazifani bajarishdagi ishlash darajasini bildiradi. Mashina sifati shaqida fikr yuritilganda, uning puxtaligi, inkorsiz ishlashligi, umrbokiyligi va ta`sirga loyikligi tushuniladi. Puxtalik – bu mashinani belgilab berilgan funktsiyasi bo’yicha o’rnatilgan muddat davomida tuxtovsiz ishlashidir. Inkorsiz ishlatish deganda mashinaning o’rnatilgan vaqt mobaynida o’zining ishlash kobiliyatini saklab kolishligi tushuniladi. Umrbokiylik – mashinaning ta`mirlash muddatlari oraligida o’zining ishlash va ish kobiliyatini saklab kolishligidir. Ishga kobiliyatli mashina deganda, belgilangan funktsiyani bajarish davomida texnik talablarga javob berishligi tushuniladi. Masalan, tikuv mashinalarida ularning sifatli baxya shosil qilishligi, texnologik jarayonning to’g’ri bajarilishi, moki iplari uzilmasligi va xokazo. Inkorlar sodir bo’lishi esa mashinaning konstruktiv, ishlab chiqarish va ekspluatatsion kamchiliklarga olib keladi


Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə