1-topshiriq. Iqtisodiy siyosatning tipologiyasi va konsepsiyasi



Yüklə 27,02 Kb.
səhifə6/6
tarix01.06.2023
ölçüsü27,02 Kb.
#114974
1   2   3   4   5   6
3-topshiriq

Turmush darajasi-bu jismoniy, manaviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqiyosi va ularing qondirish uchun yaratilgan
imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
Turmush darajasi to’g’risida to’liqroq malumot olish uchun aholi daromadlari va
ehtiyojlari, istemol darajasi va tarkibi, uy-joy, mol-mulk, madaniy-maishiy
buyumlar va boshqalar bilan tabminlanganlik darajasini chuqurroq o’rganish lozim
bo’ladi. Turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar turli-tuman bo’lib, ular
quyidagi turkumlarga ajratiladi:
-umumiy va xususiy;
-iqtisodiy va ijtimoiy-demografik;
-obyektiv va subyektiv;
-qiymat va natural;
-miqdor va sifat;
-istemol proportsiyasi va tarkibi ko’rsatgichlari;
-statistik va boshqa ko’rsatkichlar.
Umumiy ko’rsatgichlarga:
1.Milliy dvromad
2.Istemol fondi
3.Milliy boyliklar iste’mol fondi kabilarning aholi jon boshiga to’g’ri
keladigan ulushi kiritiladi. Bu ko’rsatkichlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotining umumiy darajasini ifodalaydi.
Xususiy ko’rsatkichlardan:
1.Iste’mol darajasi va usullari.
2.Mehnat sharoitlari.
3.Turar-joy taminoti va maishiy qulayliklar.
4.Ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish darajasi
5.Bolalarni tarbiyalash sharoitlari.
6.Ijtimoiy taminot va boshqalarni keltirib o’tish mumkin.
Iqtisodiy ko’rsatkichlar inson va jamiyat hayotining iqtisodiy imkoniyatlarini
ifodalaydi. Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti va har bir insonning farovonligi (va ha-iqiy
daromadlar, ish bilan bandlik va boshqalar) darajasini aks ettiruvchi ko’rsatkichlarni
iqtisodiy ko’rsotkichlar sirasiga kiritiladi.
Ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar aholining yoshi, jinsi, kasbiy-malakaviy
tarkibini, ishchi kuchini jismoniy takror ishlab chiqarishni ifodalaydi.
Obyektiv ko’rsatkichlar obektiv (iqtisodiy, texnik va hokazo) bazaga,ega
bo’lsa, subyektiv ko’rsatkichlar aholi guruhlari yoki alohida shaxslarning
mehnat,oilaviy munosabatlar, daromadlar,ish, turmush tarzi vash u kabilardan
qoniqish bo’yicha hisobga olinadi.
Qiymat ko’rsatkichlari barcha daromad ko’rsatkichlari va pul ko’rinishidagi
boshqa ko’rsatkichlarni (tovar aylanishi, xizmatlar, tashishlar, pul jamg’armalari va
qo’yilmalari va hokazolarni hajmi) o’z ichiga oladi. Natural ko’rsatkichlar natural
birliklarda (dona,kvm, kubm va hokazolar) o’lchanadigan muayyan moddiy
nematlar va xizmatlar-oziq-ovqat mahsulotlari, energiya istemoli, mol-mulk, turarjoylar, madaniy–maishiy tovarlar taminotining hajmini ifodalaydi.
Miqdor ko’rsatkichlari muayyan moddiy nematlar va xizmatlar istemol
hajmini aniqlaydi.
Sifat ko’rsatkichlari esa aholi farovonligini sifat ko’rsatkichlari esa aholi
farovonligini sifat jihatdan baholash imkonini beradi.
Hozirgi paytda yuzaga kelgan sharoitlarni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti
sharoitlariga muvofiqlashtirilgan quyidagi yangi ko’rsatkichlar tizimi taklif etiladi:
1)umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar;
2)aholi daromadlari;
3)aholi iste’moli va harajatlari;
4)aholining pul jamg’armalari;
5)jamg’arilgan mol-mulklar va turar-joylar;
6)aholining ijtimoiy tabaqalanishi;
7)aholining kam ta’minlangan tabaqalari.
Turmush darajasini ifodalash uchun mutlaq va nisbiy qashshoqlik ko’rsatkichlaridan ham foydalaniladi.
Mutlaq qashshoqlik-daromadning umuman yo’qligi yoki shaxs (oila)ning
minimal turmush ehtiyojlarini qondirish uchun zarur daromadining yo’qligi. Mutlaq
qashshoqlik ko’proq daydilar, boshpanasizlar va shu kabilar orasida uchraydi.
O’zbekistonda nisbiy qashshoqlik yashash minimummidan kam bo’lgan
daromad miqdori bilan aniqlanadi. Jahon amaliyotida esa bu ko’rsatkich mamlakat
bo’yicha o’rtacha daromadning 40-60 foizidan kam bo’lgan daromadlarga nisbatan qo’llaniladi.
Yüklə 27,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə