“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#153526
  1   2   3   4
Zamonaviy darsliklar va elektron resurslardan o‘quv jarayonida



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
moduli bo‘yicha 
 
 

Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi

 
 
o‘quv kursining
 
 
“Zamonaviy darsliklar va elektron resurslardan o‘quv jarayonida 
foydalanish usullari” mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Abdullajonov Arabboy Ibroxim o‘g‘li 
Toshkent 2021 
 


2-Mavzu: Zamonaviy darsliklar va elektron resurslardan o‘quv 
jarayonida foydalanish usullari 
 
Reja: 
1.
 
Zamonaviy darsliklar va elektron resurslardan foydalanish usullari 
va yondashuvlari. 
2.
 
 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan yaratilgan 
darsliklar va ularning strukturasi. 
3.
 
Ta’limga oid elektron xizmat ko‘rsatish manzillari. 
 
Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari so‘nggi yillarda jamiyatni 
o‘zgartirdi. Shu bilan birga katta mehnat migratsiyasi, rivojlanmagan 
ijtimoiyinfratuzilma qashshoqlik va ishsizlikning yuqori darajasi, infratuzilmaning 
eskirganligi, 
kadrlar 
kompetensiyalarining 
kasbiy 
rivojlanish 
strategik 
maqsadlariga nomuvofiqligi, intellektual mulkni himoya qilish muammolari, oliy 
ma’lumot olish imkoniyatlarining, yuqori texnologiya va ilm-fanga asoslangan 
ishlab chiqarishning rivojlanmaganligi, malakali xodimlarning yetishmasligi, o‘rta 
bo‘g‘in rahbar va xodimlarning past darajadagi axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari (AKT)dan foydalanish malakasi, ishchilarda mehnatga nisbatan 
rag‘batning kamligi, ishchi va muhandis-texnik kasblar obro‘sining tushgani, 
eskirgan ish usullaridan foydalanish kabi muammolar o‘z yechimini kutmoqda. 
Jamiyatda raqamli texnologiyalarning yangi to‘lqini kutilmoqda, bu esa 
barcha sohalarni rivojlantirishda innovatsiyalarning rolini kuchaytiradi. Raqamli 
texnologiyalarni 
rivojlantirishda 
kechikish 
milliy 
iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligini pasaytirishi, shuningdek, o‘sib borayotgan geosiyosiy raqobat 
sharoitida uning zaifligini oshirishi mumkin. 
Xususan, jamiyatda kutilayotgan raqamli texnologiyalar sharoitida 
umumta’lim maktablarida “Informatika va AT” fanini o‘qitish o‘quvchilarda 
kreativ axborot-kommunikatsion kompetensiyasi, innovatsion ko‘nikmalarni 
shakllantirish, ularda maktabdan keyingi ta’lim bosqichi yoki mustaqil hayotga 
qadam qo‘yishda zarur bo‘ladigan tayanch kompetensiyasiyasi va dunyoqarashini 
shakllantirishda asosiy yechim bo‘lib xizmat qiladi. 
Shu o‘rinda umumta’lim maktablarining informatika va AT fani o‘quvchilari 
hamda o‘qituvchilariga darsliklardan tashqari qo‘shimcha foydalanish uchun 
o‘qituvchi kitoblari, metodik qo‘llanmalar, mediaresurslar kerak bo‘ladi. Shu bilan 
bir qatorda ularning dunyo qarashini kengaytirish, Internetdan oqilona foydalanish 
ko‘nikmalarini shakllantirish, bu borada o‘qituvchilarning muhim o‘rinlari 
ahamiyatlidir. 


Informika va AT fanini rivojlantirish uchun fanga alohida veb-sayt 
www.dr.rtm.uz
ishga tushirilgan bo‘lib, fanga qo‘shimcha foydalanish uchun 
kontentlar joylashtirib boriladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə