1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari


Boshlang‘ich sinflarda matematika fanining fanlararo aloqadorligi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə17/163
tarix26.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#131118
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   163
1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari

Boshlang‘ich sinflarda matematika fanining fanlararo aloqadorligi.

Tayanch so’z va iboralar:metodika, matematika, boshqa fanlar, aloqa, pedagogika, psixologiya, o’qitish jarayoni. - 20 ball
Matematika fanining boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlashnazariyasini boyitish, uni amaliyotga qo‘llash yo‘llarini ko‘rsatib berish pedagogikafanining dolzarb muammolaridandir. Pedagogik nazariyadan matematikaning boshqao‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi g‘oyasini ajratib olish va uni mustaqil didaktikmuammoga aylantirish Ya.A.Komenskiy,I.G.Pestalotstsi,A.Disterveg, K.D.Ushinskiykabi olimlarning nazariy va amaliy izlanishlarida o‘z aksini topganligi ma’lim.Matematikaning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zara aloqadorligi muammosiga ular turliqarashlar bilan yondashganlar. O‘tgan asrning 30-yillarida matematikaning boshqao‘quv fanlari balan o‘zaro aloqadorligini ta’minlashga politexnik hamda mehnat ta’limini rivojlantirish nuqtai nazaridan yondashilgan. Shuningdek,matematikaning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi sinfdan tashqari ta’lim, o‘lkashunoslik,ekologik,ma’naviy- axloqiy ta’lim-tarbiya mazmunida ham o‘z ifodasini topganligini ko‘rish mumkin. Bunda turli fan sohalariga oid bilim va tushunchalar o‘zaro aloqadorlik nuqtai nazaridan yondashilgan holda uyg‘unlashtirilgan. Matematikaning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi ta’minlangan pedagogic sharoitda o‘qitish jarayonida tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishda o‘qituvchining tutgan o‘rnini alohida ko‘rsatib o‘tish mimkin. Matematikaning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi ta’minlangan sharoitda o‘quvchlarning egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok etish qobiliyatini, faolliklarini, qiziqishlarini, aqliy intellektual imkoniyatlarini ortishiga erishiladi.Matematikaning boshqa o‘quv fanlari balan o‘zaro aloqadorligini turli o‘quv predmetlari bo‘yicha o‘quv dasturlari, darsliklar mosligini ta’minlovchi didaktik imkoniyat sifatida tushunish lozim. Shuni ta’kidlash kerakki,matematikaning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi mustaqil didaktik tamoyil sifatida ajratilishining o‘ziga xos tendentsiyasi ham mavjud. Umumiy o‘rta kasb-hunar ta’limi o‘quv dasturlarida matematikaning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi kasbga yo‘naltiruvchi tamoyil vazifasini bajarishi mavjud ilmiy manbalarda ta’kidlanadi. Fanlararo aloqadorlik nazariyasining rivojlanishida tabaqalashtirilgan holathukm sursa ham amaliyotda o‘zaro aloqadorlik fanning ijtimoiy ahamiyatini yanada orttiradi. So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan fanlararo aloqadorlik muammolari o‘quvchilarni har bir o‘rganilayotgan fanlar bo‘yicha bilimlarni tez va puxta o‘rganishga, ko‘nikma va malakalarni oshirishga muhim ahamiyat kasb etmoqda.Ta’lim sohasidagi islohotlar tufayli o‘quv fanlarining mazmuni yangilanib bormoqda, maktablarda o‘quv fanlari tizimida yangi fanlar kirib kelmoqda.Ularning o‘zaro aloqadorligi asosida ta’limning samaradorlik darajasi ortib bormoqda. Masalan,boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsga bo‘lgan faolligini oshirishda fanlarni chet tili fani bilan bog‘lab olib borish dars samaradorligini oshiradi.



  1. Yüklə 0,49 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə