1-variant Ombordagi materiallar hisobi


Banklarda hisob-kitob va valyuta schetlarini ochish tartibi



Yüklə 3,44 Mb.
səhifə11/67
tarix23.05.2022
ölçüsü3,44 Mb.
#87757
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67
2 5213136887618738063

Banklarda hisob-kitob va valyuta schetlarini ochish tartibi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009 yil 16 martdagi 7/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga asosan banklarda schet ochiladi.


Banklarda quyidagi turdagi bank hisobvaraqlari ochish mumkin:
a) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari;
b) jamg‘arma depozit hisobvaraqlari;
c) muddatli depozit hisobvaraqlari;
d) ssuda hisobvaraqlari;
e) boshqa depozit hisobvaraqlari.
bank hisobvarag‘i — bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish orqali bank mijoz (hisobvaraq egasi) hisobvarag‘iga kelib tushgan pul mablag‘larini qabul qilish va kiritib qo‘yish, mijozning hisobvarag‘idagi tegishli mablag‘larni o‘tkazish va berish hamda hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi topshiriqlarni bajarish vazifasini o‘z zimmasiga olishi natijasida bank va mijoz o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni amalga oshirish vositasi.
jamg‘arma depozit hisobvarag‘i — bu mijozlarning davriy badallari asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun jamg‘ariladigan va shu maqsad uchun yo‘naltiriladigan yoxud shartnoma bekor qilinishi natijasida qaytariladigan mablag‘lar hisobi yuritiladigan hisobvaraq;
muddatli depozit hisobvarag‘i — shartnomada qat’iy kelishilgan muddatga qo‘yilgan mijozlarning mablag‘lari hisobi yuritiladigan hisobvaraq;
ssuda hisobvarag‘i — belgilangan tartibda mijozlarga berilgan kreditlarning hisobi yuritiladigan hisobvaraq;
talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i — mijozlarning birinchi talabi bilanoq beriladigan yoki o‘tkazib beriladigan mablag‘larning hisobi yuritiladigan hisobvaraq.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng birinchi marta milliy valyutada ochgan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i uning asosiy hisobvarag‘i hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt asosiy hisobvarag‘ini ochgandan keyin milliy va chet el valyutasida ochadigan barcha talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari uning ikkilamchi hisobvaraqlari hisoblanadi.


Mijozlar tomonidan bank hisobvaraqlari ochilayotganda, bank hisobvarag‘i shartnomasi tuziladi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasida bank mijozning hisobvarag‘iga kelib tushayotgan mablag‘larni hisobvaraqqa kirim qilish va uni kiritib qo‘yish, mijozning hisobvaraqdagi mablag‘larni tasarruf etish borasidagi topshiriqlarini ijro etish shartlari, bu boradagi mijoz hamda bank huquqlari va majburiyatlari, bank xizmatlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan komissiyalar hamda boshqa shartlar belgilab olinadi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasida mijozlarning bank hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘larni kiritib qo‘yganlik uchun (kredit aylanmasi uchun) vositachilik haqi undirish borasida shart belgilanishi taqiqlanadi.
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo‘jaliklari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;
b) tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni xorijdan olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organi tomonidan berilgan Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
c) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
d) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha.
e) tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxalari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa korxonalarning ta’sis hujjatlari va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari;
f) mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat). Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli ko‘rsatilgandan so‘ng, bank tomonidan undan nusxa olinadi.
Mijozlar tomonidan chet el valyutalarida hisobvaraqlar ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun:
a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;
b) tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni xorijdan olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organi tomonidan berilgan Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
c) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
d) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha.
tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar, jumladan budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun:
a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;
v) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha.
g) tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat). Ushbu hujjatlardan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi;
d) davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjat (ma’lumotnoma).


  1. Olinadigan turli materiallar uchun oldindan to‘lov amalga oshirildi 40000000 so‘m; Mol yetkazib beruvchilardan quyidagilar omborga qabul qilindi: xom ashyo va materiallar 92 000 000 so‘m; yoqilg‘i 16 000 000 so‘m; inventar va xo‘jalik jihozlari 5 000 000 so‘m. Mol yetkazib beruvchilarga to‘langan avans surishildi 40000000 so‘m. Umumtsex ehtiyojlari uchun quyidagilar sarflandi: yoqilg‘i 5000000 so‘m; inventar va xo‘jalik jihozlari 3 000 000 so‘m. Ushbu muammolarni buxgalteriya provodkalarida aks ettiring



        1. Olinadigan turli materiallar uchun oldindan to‘lov amalga oshirildi 40 000 000 so‘m:

Debet: 4310 40 000 000 so’m
Kredit 5110 40 000 000 so’m

        1. Mol yetkazib beruvchilardan quyidagilar omborga qabul qilindi:

  1. : xom ashyo va materiallar 92 000 000 so‘m:

Debet: 1010 92 000 000 so’m
Kredit: 6010 92 000 000 so’m

  1. yoqilg‘i 16 000 000 so‘m:

Debet 1030 16 000 000 so’m
Kredit 6010 16 000 000 so’m

  1. inventar va xo‘jalik jihozlari 5 000 000 so‘m:

Debet 1080 5 000 000
Kredit 6010 5 000 000

        1. Mol yetkazib beruvchilarga to‘langan avans surishildi 40 000 000 so‘m:

Debet 6010 40 000 000 so’m
Kredit 4310 40 000 000 so’m
4. Umumtsex ehtiyojlari uchun quyidagilar sarflandi:
a) yoqilg‘i 5 000 000 so‘m
Debet 2010 5 000 000
Kredit 1030 5 000 000
b) inventar va xo‘jalik jihozlari 3 000 000 so‘m:
Debet 2010 3 000 000
Kredit 1080 3 000 000

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə