1-variant Sug'urtaning paydo bo'lishi va rivojlanishiga tarif bering


- Variant 1.Sug’urta iqtisodiy kategoriyasini izohlab bering



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə27/64
tarix14.06.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#117051
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64
1-variant Sug\'urtaning paydo bo\'lishi va rivojlanishiga tarif be

15- Variant
1.Sug’urta iqtisodiy kategoriyasini izohlab bering
2.Bozor munosabatlari takomillashuvi iqtisodiy infratuzilmaning qaror topishi bilan birgalikda kechadigan jarayondir. Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‘urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot sub’ektlari manfaatlarining himoyasini ham o‘z zimmasiga oladi.Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish, ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararlarini qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi hamda rivojlandi. Shunday anglanilgan zarurat - aniq sug‘urta manfaatlari negizida sug‘urta munosabatlari yuzaga keldi. Sug‘urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’i nazar, sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta’kidlash lozimki, sug‘urta munosabatlari - murakkab va keng qamrovli moliyaviy-pullik iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, ular yuzaga kelishi uchun o‘zaro bog‘liq shart-sharoit majmuasi mavjudligi ham muhimdir.O‘zbekistonda tadbirkorlikning rivoj topishi jarayonida turli risklarning yuz berishi ehtimoli mavjudligi, shuningdek, ijtimoiy hayotning o‘zida namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar sub’ektlarning sug‘urta faoliyatiga, xususan, risklar transferiga bo‘lgan munosabatlarini ijobiy tomonga o‘zgartirdi..Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini to‘liqroq ochib berish uchun ilmiy adabiyotlarda bu masalaga bo‘lgan yondashuvlarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Ularda «sug‘urta-xizmat ko‘rsatish industriyasi»4 ekanligi qayd etilgan, shunga asoslanib, keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy atamashunoslikda «xizmatlar iqtisodiyoti nazariyasi» qaror topayotganligini ta’kidlash mumkin.Sug‘urta faoliyatida o‘z mohiyati nuqtai nazaridan, aynan «xizmat» tushunchasi fundamental hisoblanadi. Sug‘urtachi tomonidan taklif etilayotgan «xizmat» o‘zida dastlab moddiylikni aks ettirmaydi, ya’ni u o‘z mijoziga faqat «va’dani sotadi». Shartnomaning bajarilishi unda qayd etilgan ma’lum davr oralig‘ida amalga oshiriladi. Mamlakatimizda bosqichma - bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va rivojlanishi, iqtisodiyot sub’ektlarining yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi, erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo‘lishi kuzatiladi. Ular manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va doimiy takrorlanib turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya’ni o‘ziga xos bo‘lgan maxsus xizmat bilan sug‘urta shug‘ullanadi.«Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda, ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi»3.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə