1-variant Sug'urtaning paydo bo'lishi va rivojlanishiga tarif bering



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə1/64
tarix14.06.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#117051
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
1-variant Sug\'urtaning paydo bo\'lishi va rivojlanishiga tarif be


1-variant
1.Sug'urtaning paydo bo'lishi va rivojlanishiga tarif bering.
Sug'urta kishilik jamiyatining turli bosqichlarida mavjud bo’lgan va uzoq tarixga ega. Sug'urta insoniyat va uning mol-mulkini ishonchli himoyalashning muhim vositasi sifatida rivojlanish tarixida ikki bosqichni boshidan kechirgan.1. Tijoratga asoslanmagan sug'urta.2. Tijoratga asoslangan sug'urta.Tijoratga asoslanmagan sug’urta ibtidoiy jamoa, quldoriikga xos bo'Iib. unda sug’urtalovchilar ittifoqi o‘z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo'yishmagan.Eramizdan 2000 yil oldin Vavilon podshohi Xammurapi qonunlarida, shuningdek. Forsko’rfazi, Qadimgi Gretsiya va Misr, Qadimgi Rimdagi savdogarlarning o’zaro tuzgan bitimlarida o'z aksini topgan. Bu bitim shartlariga muvofiq, umumiy karvon safida savdo qiluvchi savdogarlardan birortasi stixiyali hodisalar yoki qaroqchilar hujumi oqibatida zarar ko'rsa, bu zararlar boshqa savdogarlar tomonidan qoplanishi belgilangan. Bu davrlarda maxsus sug'urta tashkilotlari boTmagan va sug’urta badallari to'lanmagan.Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijasida sug’urtaning mazmuni takomillashib, uning yangi turlari paydo bo'lgan. Tijorat sug'urtasi paydo bo'lishining birinchi bosqichida sug'urta xizmati oldisotdi obvektiga aylandi; ikkinchidan, sug'urta faoliyati shakllanavotgan bozor xo'jaligining muhim tannog'iga aylandi; uchinchidan. sug'urta bitimlari shartnoma asosida tuziladigan bo'ldi.12 asrda sug'urta operatsiyalarini amalga oshirish orqali fovda olish. Italiyada, dengiz orqali yuk tashish amalivotida joriy etilgan. O'sha davrda O'rta yer dengizi orqali yuklami tashishda Italiya ustun mavqega ega bo'lgan. Dengiz sug'urtasi rivojlanganligini, 1393 yilda birgina notarius orqali bir haflada 80 ta sug'urta shartnomasi tuzilganligi bilan izohlash mumkin. Bu davrlarda dengiz sug'urtasi Ispaniya va Portugaliyada ham taraqqiy eta boshlaganXVI asrda sanoat ishlab chiqarishining manufaktura shakli o'z o'mini fabrika shakliga berdi. Bu o'z navbatida, sug'urta yanada rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Tijorat sug'urtasi shakllanishining ikkinchi bosqichida mulk sug'urtasining bir shakli sifatida dengiz sug'urtasi asosiy sug‘urta turi sifatida o‘z mavqeini saqlab qoidi. Dengiz sug'urtasi bo'yicha dastlabki jamivat 1668 yilda Fransiyada tashkil etilgan. XVI asr oxirlarida Londonda xususiy sug‘urtalovchilaming uvushmasi tashkil etilgan. 1871 yilgacha ushbu uyushma “London lloydi" nomi bilan faolivat ko'rsatib kelgan. Germanivadagi dastlabki sug'urta jamiyatlari 1765 yilda Gamburg va Berlinda tuzilgan. Dengiz sug'urtasini paydo bo'lishi va rivojlanishiga stixiyali hodisalar. qurg'oqchilik ta’sir ko‘rsatgan bo'Isa, vevropa mamlakatlaridagi urbanizatsiya mulk sug‘urtasining boshqa turlarini vujudga kelishiga olib kelgan. Hayotni sug'urtasi bo‘yicha birinchi sug'urta jamiyati “Ekvitebl” nomi bilan 1762 yilda tashkil etilgan. 1830 yilga kelib, Angliyada 35 ta yirik hayot sug'urtasi bo;yicha jamiyatlar faoliyat ko'rsatgan. Hayotni sug'urtalash bo'yicha dastlabki aksiyadorlik sug'urta jamiyatlari 1787 yilda Fransiyada tashkil etilgan.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə