1-variant Sug'urtaning paydo bo'lishi va rivojlanishiga tarif bering


-variant 1. Sug"urta haqida tushuncha va uning huquqiy asoslari tariflab bering



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə3/64
tarix14.06.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#117051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
1-variant Sug\'urtaning paydo bo\'lishi va rivojlanishiga tarif be

2-variant
1. Sug"urta haqida tushuncha va uning huquqiy asoslari tariflab bering
Суғурта бу - тabiiy va boshqa stixiyali kuchlar ta’siri natijasida yuzaga keladigan zararlarni qoplash, oldini olish hamda ogohlantirish uchun maqsadli yo’nalishdagi pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisiga sug’urta deyiladi.Sug‘urta sohasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar fuqarolik-huquqiy munosabatlar tarkibiga kiradi. Bunday munosabatlar fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, shartnoma majburiyatlarini, shuningdek mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Sug‘urta sohasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi.
1.fuqarolar va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida shakllanadigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar
2.sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar;
3.fuqarolar va maxsus davlat organlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar;
4.sug‘urta tashkilotlari va maxsus vakolatli davlat organi o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar.
Fuqarolar va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar tegishli shartnoma qoidalariga asoslanadi. Bunda bir tomondan sug‘urta tashkilotining fuqaro oldida, ikkinchi tomondan fuqaroning sug‘urta tashkiloti oldidagi burch va majburiyatlari paydo bo‘ladi. Ya’ni, tuzilgan shartnomaga ko‘ra, fuqaro o‘z vaqtida sug‘urta mukofotini to‘lashi shart. Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda esa, sug‘urta tashkiloti sug‘urta shartnomasida qayd etilgan shart va muddatlarda sug‘urta qoplamasi (summasini) fuqaroga to‘lab berishi lozim. Ko‘rinib turibdiki, shartnoma –fuqarolik-huquqiy hujjat sifatida taraflarning o‘zaro munosabatini huquqiy tartibga solyapti.Sug‘urta tashkilotlarining bir-birlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlari sug‘urta pulini va qayta sug‘urta qilish bilan bog‘liq tuzilgan shartnomalar doirasida Sug‘urtani huquqiy tartibga solish davlat tomonidan sug‘urta munosabati qatnashchilarining hatti-harakatini huquqiy normalar vositasida amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy huquqlarini har xil oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan sug‘urtaviy himoya qilish uchun ko‘pchilik shaxslar tomonidan tashkil etiladigan maxsus fond hisobidan amalga oshiriladigan sug‘urta faoliyati jarayonida paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlar mavjud. Ushbu munosabatlarni tartibga soladigan normalar yig‘indisiga sug‘urta huquqi deyiladi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə