1-variant Sug'urtaning paydo bo'lishi va rivojlanishiga tarif bering


Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug’urtaslash tartibi qaysi qonunchilik hujjatlarida belgilangan?



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə29/64
tarix14.06.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#117051
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   64
1-variant Sug\'urtaning paydo bo\'lishi va rivojlanishiga tarif be

3.Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug’urtaslash tartibi qaysi qonunchilik hujjatlarida belgilangan?
Yuridik shaxslarning mol-mulkini sug‘urtalash sug‘urta tashkilotlari tomonidan “Sug‘urta faoliyati klassifikatori”ga muvofiq, umumiy sug‘urta tarmog‘ining 8-klassi - “Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish”da qayd etilgan shartlarda, ya’ni yong‘in, portlash, bo‘ron, dovul, jala, ko‘chki, tuproqning cho‘kishi, yemirilish, yer osti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, mazkur klassifikatorning 9-klassi ham mol-mulklarni sug‘urta qilishga oid bo‘lib, u “Mol-mulkni zarardan sug‘urta qilish” deb ataladi. 9-klassning mazmuni 8-klassda ko‘rsatilmagan do‘l, qalin qor yog‘ishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o‘g‘irlik qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jamidan iborat. uturtalovchining majburiyatlari sug‘urta mukofoti suturtalovchining hisob-kitob raqamiga kelib tushgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. So‘ng sug‘urta polisi sug‘urtalanuvchiga shartnomada ko‘rsatilgan muddat ichida beriladi.

16-variant

  1. O’zbekistonda sug’urta bozorini nazorat qiluvchi organ qachon tashkil etilgan va u qanday vazifa va funksiyalarni bajaradi?.

Sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-son qaroriga ko’ra sug’urta faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi tashkil etilishi ko’zda tutilgan. Maxsus vakolatli davlat organi:

  • bajarilishi majburiy bo‘lgan to‘lov layoqati normalarini va ularni aniqlash tartibini, alohida tavakkalchiliklar bo‘yicha sug‘urtalovchilarning majburiyatlari cheklangan yo‘l qo‘yiladigan miqdorini hisoblab chiqish metodikasini hamda majburiyatlarning jami miqdorini, sug‘urtalovchilarning to‘lovga layoqatliligi bo‘yicha axborot berish tartibi va muddatlarini belgilash

  • qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozori professional qatnashchilarining faoliyatini tekshirish va aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;

  • sug‘urtalovchilar tomonidan moliyaviy hisobot berilishi shakllari, tartibi va muddatlarini belgilash

  • har bir moliyaviy yil tamom bo‘lgandan keyin olti oy o‘tgach sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni, shuningdek moliyaviy yil mobaynida sug‘urta bozorining faoliyati to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini e’lon qilish

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

aktuar xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi; aktuariy malaka sertifikatini olish uchun o‘quv dasturlarini hamda malaka imtihonlari topshirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, mazkur sertifikatni olish huquqi uchun malaka imtihoni o‘tkazadi; belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikati beradi, uning amal qilishini tugatadi va uni bekor qiladi, malaka sertifikatiga ega bo‘lgan aktuariylar reyestrini yuritadi;
Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishini va ularning hisobotlari ishonchliligini, shuningdek ular uchun belgilangan to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari ta’minlanishini tekshirish;

  • sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash;

  • o‘z vakolatlari doirasida sug‘urtalovchilar ishini metodik ta’minlash;

  • sug‘urtaning majburiy turlari bo‘yicha sug‘urta qilish qoidalari (shartlari) va sug‘urta tariflari belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlash;

  • Sug’urta agentligi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab sug‘urta munosabatlarining barcha qatnashchilari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha normativ hujjatlar va metodik materiallarni ishlab chiqish;

  • sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun vazirlik rahbariyatiga kiritish;

  • sug‘urtalovchilar tugatilgan va qayta tashkil etilgan taqdirda sug‘urta qildiruvchilarning manfaatlarini himoya qilish;

  • respublikada sug‘urta faoliyati rivojlanishining holati va tendensiyalarini tahlil qilish;

  • sug‘urta faoliyati bo‘yicha mutaxassislarni kasbga tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga doir tadbirlarni amalga oshirish, sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha seminarlar va konferensiyalar tashkil etish;

  • ommaviy axborot vositalari orqali sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlari olib borish.




Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə