1-variant Sug'urtaning paydo bo'lishi va rivojlanishiga tarif bering



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə37/64
tarix14.06.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#117051
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64
1-variant Sug\'urtaning paydo bo\'lishi va rivojlanishiga tarif be

2. Umumiy sug‘urta tarmog‘i


Klass №


Klassning nomi


Mazmuni va sug‘urta qilish shartlari bo‘yicha talablar

1-klass

Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish


Quyidagi hollarda:
a) baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida sog‘liqning qattiq shikastlanishi, yoxud;
b) baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida vafot etgan taqdirda, yoxud;
v) kasallik yoki muayyan turdagi kasallik natijasida mehnat qobiliyatini yo‘qotish, shu jumladan ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari, biroq 2-klass va IV klass bo‘yicha sug‘urta shartnomalarini istisno qilgan holda, sug‘urta qilingan shaxsga sug‘urta ta’minotining belgilab qo‘yilgan pul summasi yoki pul kompensatsiyasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami

2-klass

Kasallikdan ehtiyot shart sug‘urta qilish


Sug‘urta ta’minotining belgilab qo‘yilgan pul summasi to‘lanishini yoki kasallik yoki sog‘liqning izdan chiqishi munosabati bilan sug‘urta qildiruvchining pul kompensatsiyasi (yoki uning ham, buning ham kombinatsiyasi)ni ta’minlovchi sug‘urta turlari jami, biroq hayotni sug‘urta qilish tarmoqlarining IV klassi bo‘yicha shartnomalarni istisno qilgan holda

3-klass


Yer usti transport vositalarini sug‘urta qilish

Transport vositalari, o‘zi yurar mashina va mexanizmlar, harakatlanadigan temir yo‘l tarkibi bundan mustasno, yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami

4-klass


Harakatlanadigan temir yo‘l tarkibini sug‘urta qilish

Harakatlanadigan temir yo‘l tarkibi yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami

5-klass

Aviatsiya sug‘urtasi


Havo kemasi, havo kemasining mashina asbob-uskunalari, jihozlari, inventari, ehtiyot qismlari yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami

6-klass

Dengiz sug‘urtasi


Dengiz va ichki daryo kemalari, kemalarning mashina asbob-uskunalari, asbob-uskunalari, inventari, ehtiyot qismlari yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami

7-klass


Yo‘ldagi mol-mulkni sug‘urta qilish

Transportning har xil turlari bilan tashishda yuklar, bagaj va boshqa mol-mulk yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami

8-klass


Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish

Yong‘in, portlash, bo‘ron, dovul, jala, ko‘chki, tuproqning cho‘kishi, yemirilish, yer osti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk (3 va 7- klasslarda ko‘rsatilganlar bundan mustasno) yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami

9-klass


Mol-mulkni zarardan sug‘urta qilish

8-klassda ko‘rsatilmagan do‘l, qalin qor yog‘ishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o‘g‘irlik qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk (3 va 7-klasslarda ko‘rsatilgandan boshqa) yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami

10-klass


Avtofuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish

Yer usti transport vositalari va boshqa o‘ziyurar mashinalar va mexanizmlardan foydalanish oqibatida, tashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami

11-klass


Aviatsiya sug‘urtasi doirasidagi javobgarlikni sug‘urta qilish

Havo kemasidan foydalanish oqibatida, aviatashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami


Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə