1-variant Sug'urtaning paydo bo'lishi va rivojlanishiga tarif bering


Bozor munosabatlari sharoitida yuridik va jismoniy shaxslarning uchinchi shaxslar manfaatiga Zarar yetkazish xavfi kuchayadi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə40/64
tarix14.06.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#117051
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64
1-variant Sug\'urtaning paydo bo\'lishi va rivojlanishiga tarif be

2 Bozor munosabatlari sharoitida yuridik va jismoniy shaxslarning uchinchi shaxslar manfaatiga Zarar yetkazish xavfi kuchayadi. Bu xavfning ro‘y berishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan zarar yetkazgan shaxslarning javobgarligini sug‘urta qilish mamlakatimizda o‘z rivojini topmoqda. Ana shunday javobgarlikni sug‘urta qilishning keng tarqalgan turlaridan biri – transport vositalari egalarining uchinchi shaxslarga zarar yetkazish fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashdir.
Ma'lumki transport yuqori xavfni keltirib chiqaruvchi manbalardan biri hisoblanadi.
Trasport haydovchisi transport vositasini boshqarish jarayonida uchinchi shaxslarning muayyan manfaatlariga, sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin. Yo‘l transport hodisasi natijasida zarar ko‘rgan shaxslar, ko‘p holatlarda aybdorlardan zararni undirib ololmaydilar. G‘ayri qonuniy harakat tufayli yuridik yoki jismoniy shaxslarning sog‘lig‘i, hayoti yoki mol-mulkiga yetkazilgan aybdor shaxs tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim. Qonun hujjatlarida zararni to‘lash majburiyati zarar yetkazuvchi bo‘lmagan shaxsga yuklatilishi mumkin. Zarar yetkazgan shaxs agar zarar o‘z aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlasa zararni to‘lashdan ozod etilishi mumkin.Afsuski transport vositalari sonining ko‘payishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Ya'ni, yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar ko‘payishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi yo‘l xarakat xavfsizligi boshqarmasining ma'lumotlariga qaraganda birgina 2000 yillarning 9 oyi mobaynida 1981 ta yo‘l transport hodisasi ro‘y bergan bo‘lib unda 150 kishi halok bo‘lgan1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida transport vositalari va boshqa o‘ziyurar mashina hamda mexanizmlar egalari fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida” 1994 yil 30 dekabrda qabul qilgan 632-sonli qaroriga (bu qarorga Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002 yil 27 noyabrdagi 413-son qarori bilan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan) muvofiq, 1995 yil 1 yanvardan boshlab transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi joriy etilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilikning barcha shakllaridagi transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtasiga jalb qilinadilar.
Ushbu fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasini joriy etilganligi yo‘l-transport ishtirokchilari manfaatlarini himoya etishga va ulrani ijtimoiy muhofaza etishga qaratilgandir. Quyidagi jadvalda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha transport vositasi birligidan bir yilda bir marta undiriladigan sug‘urta summasi hajmidan sug‘urta mukofotlari tariflari miqdorlari keltirilgan (1-jadval).
Yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararni undirish uchun sug‘urta summalarining cheklangan miqdorlari:
mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun (har bir zarar yetkazilishi holati bo‘yicha) - O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida;
o‘limga olib kelgan zararni qoplash uchun (har bir jabrlangan bo‘yicha) - eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə