1-variant Sug'urtaning paydo bo'lishi va rivojlanishiga tarif bering


-varyant 1. Sug`urta tashkilotining xarajatlari va ularning turlarini izohlab bering



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə45/64
tarix14.06.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#117051
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64
1-variant Sug\'urtaning paydo bo\'lishi va rivojlanishiga tarif be

26-varyant
1. Sug`urta tashkilotining xarajatlari va ularning turlarini izohlab bering.
Sug'urtachining jami mablagiar sarfi sug'urta «mahsulot»i tannarxini tashkil etadi. U amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi hamda sug'urtachi xarajatlaming tarkibini belgilashi uchun asos hisoblanadi. Soliqqa tortish bazasini aniqlashda sug'urtachining jami xarajatlari va ularning tarkibini aniqlashtirish ham talab etiladi.
Sug'urta tashkiloti xarajatlarining tarkibi ham xilma-xildir (22.1-jadval).
Sug'urta tashkilotining xarajatlari sakkiz turdan iborat bo'lib. har bir tur o'z navbatida, asosiy va maqsadli faoliyat hamda xarajatlaming amalga oshirilishi vaqtiga qarab guruhlanadi. Sug'urta tashkiloti xarajatlarining turlariga to'xtaladigan bo'lsak, ular o'z ahamiyatiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:
A) sug'urtani amalga oshirish xarajatlari. Bu xarajatlar sug'urtachi faoliyatini moliyalashtirish uchun amalga oshiriladi. Sug'urta tashkiloti faoliyatini tahlil etishda mazkur xarajatlar tarkibini ma'lum belgilariga ko'ra guruhlash maqsadga muvofiqdir. Sug'urtachining faoliyati jarayonida mablag'lar sarf etilishi yuzasidan belgilangan vazifalarga ko'ra, sug'urta tashkiloti daromadi va zararlari haqidagi hisobotiga mos ravishda sug'urta ishini vuritish xarajatlari tarkibini quyidagicha guruhlash mumkin:
- shartnomalami tuzish va bajarish xarajatlari;
- investitsiya faoliyati bo'yicha xarajatlar;
- boshqaruv xarajatlari.
B) sug'urta ishini yuritish xarajatlari sarflanishiga ko'ra quyidagicha boiish mumkin:
- ish haqi to'lovlari;
- davlat fondlariga ajratmalar, xodimlami tayvorlash xarajatlari, reklama hamda marketing xarajatlari, xo'jalik xarajatlari va boshqaiar; Sug'urta ishini yuritish xarajatlarining yuzaga kelishi davriga ko'ra, ulami quyidagi guruhlarga boiish mumkin:
- sug'urta shartnomasini tuzish uchun oldindan qilingan (ish qog'ozlarini tayyorlash, statistik maiumotlami yig'ish, tarif hisob-kitoblari va shu kabi) xarajatlar;
- sug‘urta shartnomasi tuzish davrida qilingan (xalqaro terminda «acquisition») xarajatlar;
- sug'urta shartnomasi amal qilish davrida qilingan (masalan, riskni qayta sug‘urtalashga o‘tkazish bo‘yicha) xarajatlar;
- sug'urta hodisasi vuz berganda (sabablarini o'rganish va uning oqibatlarini tugatish uchun) qilinadigan xarajatlar.
Sug'urta ishini yuritish xarajatlarini, shuningdek, ayrim sug‘urta turi yoki shartnomasiga daxldor bo'lgan o‘zgaruvchan va barcha tuzilgan sug‘urta shartnomalari portfeliga aloqador bo‘Igan doimiy guruhlarga ham bo'lish mumkin.
Xalqaro amaliyotda sug'urta tashkilotining xarajatlari akvizitsiya (ommaviytashkiliy kompleks tadbirlar), inkassatsiya (sug'urtaning ayrim turlari bo'yicha mukofotlaming naqd pullarda qabul qilinishi), likvidatsiya (sug‘urta hodisasi yuz berganligi yuzasidan sug‘urtalanuvchi arizasida bayon qilingan talablaming qondirilishi) va boshqaruvga oid kabi turlardan iboratdir. Sug`urta tashkiloti daromad va xarajatlarini sug‘urta faoliyatini amalga oshirish jarayonidagi o'mi va roliga qarab tasniflash ko'proq maqsadga muvofiqdir. Ular quyidagichadir:
- sug'urta himoyasini ta’minlash bilan bog‘liq bo'lgan (sug'urta operatsiyalari hamda investitsiya joylashtiriluvi bo'yicha) daromad va xarajatlar;
- sug'urta himoyasi bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lmagan boshqa daromad va xarajatlar.
Sug'urta tashkilotining daromad va xarajatlari tarkibi hamda ulami hisoblash ko'p jihatdan milliy sug'urta qonunchiligi me'vorlariga ham bog'liqdir. Shuningdek. sug'urta tashkilotining daromad va xarajatlariga amaldagi soliq qonunchiligiga binoan to'lanadigan daromad (foyda) solig'ining soliq bazasini aniqlash uslubiyati hamda stavkalari darajasi ham ta’sir etadi

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə