1-variant Sug'urtaning paydo bo'lishi va rivojlanishiga tarif bering


Sug`urta faoliyatini nazorat qilish shaklllari va ularga izoh bering



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə46/64
tarix14.06.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#117051
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64
1-variant Sug\'urtaning paydo bo\'lishi va rivojlanishiga tarif be

2. Sug`urta faoliyatini nazorat qilish shaklllari va ularga izoh bering.
Sug’urta faoliyatini nazorat qilish shakllari:
1. Majburiy sug’urtani joriy qilish
2. Soliq organlari
3. Maxsus vakolatli davlat organi
Masalan, Buyuk britaniyada sug’urta ishini Savdo va sanoat departamenti, Yaponiyada Moliya vazirligining sug’urta bulimi, AQShda esa maxsus sug’urta komissariatlari nazorat qilib boradi. Davlat, bunday nazorat ishini olib borar ekan, avvalo, mamlakatning sug’urta sohasiga taalluqli qonunlariga hamda boshqa me’yoriy hujjatlariga asoslanadi. Sug’urta va qayta sug’urtalash kompaniyalari, sug’urtaga ixtisoslashgan vositachilar davlat sug’urta nazoratining ob’ektlari hisoblanadi.Sug’urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish turli shakllarda, xususan, maxsus qonunlar qabul qilish, soliq solish, alohida hukumat qarorlari bilan majburiy sug’urtalashni joriy qilish va vakolatli sug’urta nazorati xizmatini tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi.Sug’urta bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarga litsenziyalar (ruxsatnomalar) berish sug’urta nazorati xizmatining eng asosiy vazifalaridan biridir. Litsenziya (ruxsatnoma) berish jarayonida sug’urta nazorati sug’urtachining bo’lajak faoliyatini dastlabki tekshiruvdan o’tkazadi. Ya’ni, nizom jamg’armasi va o’z mablag’larining holati hamda bu mablag’larning tashkilot zimmasidagi majburiyatlariga o’zaro munosabati ko’rib chiqiladi. Sug’urta faoliyatiga litsenziya (ruxsatnoma) berishning zaruriyati sug’urtaning o’z mohiyatidan kelib chiqishini unutmaslik kerak. Chunki, sug’urta tashkiloti sug’urta hodisasi yuz bergan vaqtda sug’urtalanuvchiga shartnomada ko’rsatilgan mablag’ni o’z vaqtida to’lashi lozim. Sug’urta faoliyatini nazorat qiluvchi organning bu boradagi ishlari nafaqat sug’urtalanuvcilar manfaatiga mos tushadi, balki butun davlatning manfaatlari yo’lida ham xizmat qiladi.E’tirof etish lozimki, bugungi kunda mamlakatda sug’urta faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya (ruxsatnoma) berish tartibi ishlab chiqilgan. Sug’urta tashkilotiga beriladigan litsenziya (ruxsatnoma) sug’urtalashning har bir turi yoki bir-biriga yaqin bo’lgan sug’urta turlari guruhlari uchun beriladi. Chunki, ba’zi sug’urta turlari bo’yicha operatsiyani amalga oshirish sug’urtalovchida etarli darajada moliyaviy mablag’lar bo’lishini talab etadi. Bundan tashqari, sug’urta kompaniyasi ishlab chiqqan biznes-rejada sug’urta tarifi stavkalarini to’g’ri hisoblanishiga alohida e’tiborni qaratish zarur.
Sug’urta tashkilotlari litsenziya olishlari uchun quyidagi talab va shartlarga javob berishlari zarur:
-O’zbekiston Respublikasining sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
-sug’urta faoliyatini amalga oshirishda olingan axborotlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiq maxfiyligini ta’minlash;
-litsenziyalovchi organ talabiga ko’ra sug’urta faoliyatini amalga oshirishga doir qonun hujjatlarida belgilangan axborotlarni taqdim etish;
-litsenziya talabgori rahbari oliy ma’lumotga hamda sug’urta sohasida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo’lishi kerak;
-litsenziya talabgori (litsenziat) rahbari boshqa sug’urta tashkilotlarida rahbar lavozimini egallashga haqli emas.
a) sug’urtalovchilar uchun:
ustav fondining qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining mavjud bo’lishi;
b) sug’urta brokerlari uchun:
sug’urta brokerining sug’urta faoliyatini amalga oshirishda shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlash; sug’urta shartnomasining litsenziat mijozi uchun qulay shartlarda tuzilishi va bajarilishi; sug’urtalashga doir vositachilik faoliyatini asosiy faoliyat turi sifatida amalga oshirish.
Litsenziya olish uchun sug’urta kompaniyasi litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) sug’urtalovchilar uchun:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni mo’ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi hamda ko’rsatib o’tilgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat ko’rsatilgan litsenziya berish to’g’risida ariza; yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi; rahbar to’g’risidagi ma’lumotlar (oliy ma’lumot to’g’risidagi diplom nusxasi va mehnat daftarchasidan ko’chirma
b) sug’urta brokerlari uchun:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni mo’ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning bir qismi) hamda ko’rsatib o’tilgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat ko’rsatilgan litsenziya berish to’g’risida ariza; yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi; litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan ko’rib chiqilganligi uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi hujjat; ustav kapitali to’langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ma’lumotnomasi, mol-mulkni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va boshqa hujjatlar). Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə