1-variant Sug'urtaning paydo bo'lishi va rivojlanishiga tarif bering


-variant 1. Sug'urtada tarif stavka va uning tarkibiy qismlari va ularning sug'urta munosabatlarida tutgan o'rni



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə11/64
tarix14.06.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#117051
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64
1-variant Sug\'urtaning paydo bo\'lishi va rivojlanishiga tarif be

5-variant
1. Sug'urtada tarif stavka va uning tarkibiy qismlari va ularning sug'urta munosabatlarida tutgan o'rni.
Sug‘urta turi bo‘yicha tarif stavkasi brutto-stavka sifatida qaraladi va u ikki qismdan iborat bo‘ladi:
1. Netto-stavka (sug‘urta qoplamasi to‘lovlari uchun zaxira summasi)
2. sug‘urtachining faoliyat yuritish xarajatlaridan (odatda u «yuk» deb ataladi) iborat bo‘ladi
Har qanday sug'urta turi bo'yicha tariflar hisob-kitobi (aktuar hisob-kitoblar)da aniq sug'urta obycktining qiymati hisoblab chiqiladi. Umuman aktuar hisob-kitoblar yordamida sug'urta xizmatini hamda sug'urtachi tomonidan sug’urtalanuvchiga ko'rsaliladigan xizmatining qancha turishi aniqlanadi. Sug'urtani amalga oshirish xarajatlarini hisoblash «aktuar kalkulyatsiya»
(aktuariy) deb ataladi. Uning yordamida shartnoma bo'yicha sug'urta mukofotlari hamda sug'urtachining ish yuritish xarajatlari summasi, ya’ni mazkur xizmat tannarxi hisoblab chiqiladi. Sug'urta faoliyatida aktuar hisob-kitoblarning o'ziga xos tomonlari ham mavjud va ular quyidagi holatlarda namoyon bo'ladi: - baholanayotgan risk doimo ehtimollik xarakteriga ega bo'lishi: - ayrim yillarda umumiy qonuniyatga zid turkum tasodifiy hodisalar yuz berishi, ulaming ta'siri o'z navbatida. sug'urta tashkilotidan talab etiladigan sug'urta qoplamasi to'lovi summasining sezilarli o'zgarishini taqozo etishi; - sug'urtachi tomonidan ko'rsatilayotgan xizmat tannarxi sug'urta munosabatlari yig'indisidan keltirilib chiqarilishi; - sug'urtachi ixtiyorida bo'ladigan rnaxsus zaxirani ajratish. uning optimal hajmini aniqlash talab etilishi; - sug'urta shartnomalari ko'rsatkichlarini (inglizcha «stomo») bashorat qilish hamda ular bo'yicha ekspert bahosi talab etilishi; - umumiy sug'urta doirasida risklami aniqlashtirish va ulami guruhlash talab etilishi kabilar
Sug'urta to'lovlari hajmining hisob-kitoblari aynan bir mamlakat. alohida bir hududning o'ziga xos tomonlarini inobatga olgari holda. shuningdek risk yuz bcrishi ehtimolining vaqt va kenglikdagi xilnta-xilligi asosida aniqlanadi. Sug'urta tarifi stavkasi sug'urta summasiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Uning to'g'ri hisoblab chiqilganligi muhimdir. Sug'urtachi sug'urta tarifi asosida undirilgan sug'urta mukofotlari hisobidan o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini to'liq hajmda bajarilishini ta’minlaydi, ya’ni sug'urta faoliyatini amalga oshirish xarajatlarini qoplaydi.Sug'urta mukofotlarining stavkalari tarif davri uchun hisoblab chiqiladi, ya'ni tarif hisoblari asosida belgilangan davr uchun ekvivalentlik ta’minlanadi.. Brutto-stavkada bu ikkala qismning nisbati. ulaming mohiyatidan kelib chiqib, turlicha foizlarda belgilanishi mumkin. U quyidagi qismlami o'z ichiga oladi:
- ma'muriy-xo'jalik xarajatlari (uning asosini tashkilot shtatidagi xodimlarga to'lanadigan maoshlar summasi tashkil etadi);- sug'urta polislarini joylashtirganligi uchun haqlar; - sug'urta agentlari, menejerlar uchun haqlar. To'lov shakllari, odatda brutto-stavka yoki «yuk»ka nisbatan foizlarda
aniqlanadi. Foiz to'lovlaridan tashqari rag'batlantirishlar ham amalga oshirilishi mumkin.Netto-stavka ikki qismdan - sug'urta summasining zararlilik ko'rsatkichi va risk «yuki»dan shakllantiriladi. Sug'urta summasining zararlilik ko'rsatkichi – eng katta ehtimollikka ko'ra. sug'urtalangan obyektlar summasining to'langan sug'urta qoplamasi summasi nisbatidan kclib chiqadi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə