1-variant Sug'urtaning paydo bo'lishi va rivojlanishiga tarif bering


-variant 1. Sug'urta qonunchiligi va uning tarkibiga kiruvchi qonun hujjatlari va ularga tavsif bering



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə9/64
tarix14.06.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#117051
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
1-variant Sug\'urtaning paydo bo\'lishi va rivojlanishiga tarif be

4-variant
1. Sug'urta qonunchiligi va uning tarkibiga kiruvchi qonun hujjatlari va ularga tavsif bering.
Sug'urta faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini ikki turga bo'lish mumkin:
• sug'urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonunlar;
• sug'urta faoliyatini tartibga soluvchi umumiy qonunlar
Sug'urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonunlarga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002 yilning 5 aprelida qabul qilingan va shu yilning 28 mayida amaliyotga joriy etilgan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni hamda 2008 yil 21 aprelda qabul qilingan ‘‘Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash to‘g‘risida"gi. 2009 yil 17 martda "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida”, 2015 yil 26 mayda “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida”gi qonunlar sug'urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonunlar hisoblanadi.Shuni alohida ta’kidlash zarurki, sug'urta munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlaming qonuniy manfaatlarini himoya etish maqsadida 1993 yili Oliy Majlis ‘‘Sug'urta to'g'risida” Qonun qabul qilgan edi. O'tgan yillar mobaynida mazkur qonunga ikki marta qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi. Tabiiyki, bu qonun o'sha paytda mavjud bo'lgan iqtisodiy jarayonlami hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Boshqacha so'z bilan aytganda. ushbu qonun sug'urta munosabatlari qatnashchilari uchun biroz yumshatilgan holatda amal qildi.O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobi sug'urtaviy huquqiy munosabatlarga bag'ishlangan. Unda jami 47 ta modda mavjud. Kodeks sug'urta tashilotlari bilan sug'urtalanuvchilar o'rtasidagi munosabatlami tartibga solsa, «Sug‘urta faoliyati to‘g'risida»gi qonun sug'urta tashkilotlari va davlat o'rtasidagi munosabatlami tartibga soladi.Sug'urta faoliyatini qonun osti hujjatlari bilan tartibga solish Qonun osti hujjatlariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralaming normativ hujjatlari kiradi.2002 yil 27 novabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug'urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida”gi 413-sonli Qarorining 1-ilovasiga muvofiq, "Sug'urtalovchilar va sug'urta brokerlarining sug'urta faoliyatini litsenziyalash to'g'risida“gi nizomda sug'urta faoliyati klassifikatori tasdiqlangan.Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 maydagi “Sug'urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 872-sonli qarori qabul qilinib, mazkur qarorda sug'urta kompaniyalarining kapitallashuv darajasini oshirish, ulaming respublika mintaqalarida agentlik shaxobchalarini kengaytirish va investitsion jarayonlardagi ishtirokini kengaytirishda katta ahamiyat berildi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə