1-variant Umum ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va uni taqsimlash hisobi


Qisqa muddatli majburiyatlar bo’yicha hisoblashishlar hisobi



Yüklə 23,32 Kb.
səhifə5/6
tarix30.04.2023
ölçüsü23,32 Kb.
#107756
1   2   3   4   5   6
1-variant Umum ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va uni t

2.Qisqa muddatli majburiyatlar bo’yicha hisoblashishlar hisobi
Joriy majburiyatlar shunday majburiyatki, ular bir yil yoki undan kamroq vaqt ichida biznesda to‘lanishi kerakligini asoslaydi. Joriy majburiyatlarga misol tariqasida to‘lanadigan schyotlar (kreditorlar) ,jamlangan xarajatlar(hali to‘lanmagan), olinmagan daromad, bank foizlari va qisqa muddatli qarzlarni keltirish mumkin.(6-bo’lim)
Joriy majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
6000 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»;
6100 «Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga
to‘lanadigan schyotlar»;
6200 «Muddati kechiktirilgan majburiyatlar hisobga oluvchi schyotlar»;
6300 «Olingan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar»;
6400 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar»;
6500 «Sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha
qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar»;
6600 «Ta’sischilarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar»;
6700 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga
oluvchi schyotlar»;
6800 «Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar»;
6900 «Turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar».
Joriy (yoki qisqa muddatli) majburiyatlar tugatilishi uchun joriy aktivlar sifatida tasniflanadigan rеsurslardan foydalaniladigan yoki boshqa joriy majburiyatlar qabul qilinadigan majburiyatlar tarzida bеlgilanadi. Ularning ko’p uchraydigan o'ziga xos turlari krеditorlik qarzi olingan bo’naklar va muddati kеchiktirilgan daromadlar, davr xarajatlariga taalluqli hisoblab yozilgan majburiyatlar, dividеndlar va to’lovga oid foizlar, hisoblab yozilgan soliqlar, shartli majburiyatlar hamda boshqalar hisoblanadi. Joriy majburiyatlarni so’ndirish ushbu majburiyatlar mavjud bo’lmaganda sub'еktlarning kundalik faoliyatida foydalanishi mumkin bo’lgan rеsurslarni qo’llashni taqazo etadi. Aynan shu jihati bilan ular uzoq muddatli majburiyatlardan farq qiladi. Joriy majburiyatlarni so’ndirish uchun joriy aktivlardan foydalanilgani sababli ularning mavjud bo’lish davri ko’pincha bir xilda — bir yildan ortiq bo’lmaydi
3. Nomoddiy aktivlarning kirimi va chiqimining hisobi
((((nomoddiy aktivlar – moddiy-ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan, xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk obyektlari)))))
Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida korxona balansiga kiritiladi:
a) ishlab chiqish tugaganidan so‘ng yaratilgan obyektni qabul qilish-topshirish;
b) oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha obyektni sotib olish;
c) ustav kapitaliga muassislar (ishtirokchilar)ning ulushi ko‘rinishida kelib tushish;
d) tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha);
e) davlat subsidiyalari hisobiga olish;
f) ayirboshlash;
g) ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar obyektlarini aniqlash va boshqa asoslarga ko‘ra.

Yüklə 23,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə