1-varyant super kengaytma funktori


Yelimlash, dag‘allashtirish (yiriklashtirish)



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə22/25
tarix04.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#101900
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
1-varyant super kengaytma funktori

Yelimlash, dag‘allashtirish (yiriklashtirish).
Bu amal yuqorida keltirilgan birinchi amalga teskaridir. Q yoyilmaning ikki ko‘pburchagi va bitta ko‘pburchak qilib, va qirralarning bir gomeomorfizmi yordamida yelimlanadi.
Qolgan qirralarining gomeomorfizmlari ( va ko‘pburchaklarning) esa Qi ko‘pburchakning qirralari gomeorfizmlari bilan indutsirlanadi. Natijada, yoyilmaning ikkita ko‘pburchagi bir ko‘pburchak bo‘lib yiriklashadi.
Yumaloqlashtirish. Bu amalda biz yoyilmadagi ba’zi ko‘pburchaklarning uchlari va qirralari sonini yelimlash orqali kamaytirib, yoyilmaning ekvivalentligini saqlab qolamiz. Aytaylik, Q yoyilmadagi Qi ko‘pburchakning ikki yonma-yon o‘zaro teskari oriyentatsiyali qirrasi yelimlansin. Bu qirralarni yelimlab shunday yoyilmaga ega bo‘lamizki, bu yoyilma Qi ko‘pburchakni o‘zida saqlaydi, ammo Qi ko‘pburchakning uchlari soni Qi nikidan ikkitaga kam va nihoyat, yoyilmaning gomeomorfizmlari to‘plami Q ning gomeomorfizmlari to‘plamidan bittaga kamdir
Aytaylik, Q={{Qi},{ i}} yoyilma berilgan bo‘lsin. Yoyilmaning bir ko‘pburchagi uchun ma’lum bir oriyentatsiyani (masalan, aniqlik maqsadida yoyilmaning hamma ko‘pburchaklari uchun uchlaridan o‘tish yo‘nalishi soat mili bo‘yicha deb) tayin qilamiz. Q yoyilmaning ko‘pburchaklari qirralarini harflar bilan shunday belgilaymizki, yelimlanmaydigan qirralar bir xil harflar bilan, yelimlanadigan qirralar esa, har xil xarflar bilan belgilansin. Gomeomorfizmlarni orqali, berilayotgan qirralarni yelimlash tartibini rasmdagi strelka orqali ko‘rsatamiz. Strelkalarning yo‘nalishini shunday ko‘rsatamizki, yelimlanayotgan qirralarning oxiri oxiri bilan, boshi esa, qirraning boshi bilan yelimlansin. Bunda har bir yelimlanayotgan qirralar juftligida, qirrralar bittasining yo‘nalishi ixtiyoriy ravishda boshqasining yo‘nalishini mos ravishda yelimlovchi gomeomorfizmlar orqali bir qiymatli aniqlanadi.
6.4.2-ta’rif. Agar yoyilma aa-1 yoki ko‘rinishda so‘z bilan aniqlangan bitta ko‘pburchakdan iborat bo‘lsa, yoyilmalarning I kanonik tipi deb aytiladi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə