1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo kontseptsiyasi


O’zbekiston tashqi savdo aloqalarining tarkibi va rivojlanish dinamikasi



Yüklə 144 Kb.
səhifə3/9
tarix30.04.2023
ölçüsü144 Kb.
#107785
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo kontsep

2. O’zbekiston tashqi savdo aloqalarining tarkibi va rivojlanish dinamikasi
Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining o‘sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo va investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo‘jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bankmoliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo‘lga kiritildi.
O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqeyi muntazam
oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlarning maqsadi va vazifalari, ularni amalga oshirish yo‘llarining aniq hamda to‘g‘ri ko‘rsatib berilganligi bosh maqsad yo‘lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo‘lishiga imkon yaratdi.
Mustaqil davlatimiz iqtisodiyotini isloh qilish hamda yangilashdan asosiy maqsad respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini shakllantirishdan iborat, deb belgilandi.
O ‘zbekistonda ushbu vazifalardan ko‘zlangan maqsad mamlakat aholisi uchun
yashash va faoliyat ko‘rsatishga zarur sharoitlar yaratish, ularning ma’naviy, axloqiy
yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
0 ‘zbekiston mustaqillikning dastlabki yillarida MDH dagi boshqa ko‘plab mamlakatlardan farqli ravishda, ishlab chiqarish va aholi turmush darajasining keskin pasayib, davlatning ichki va tashqi qarzlari haddan ziyod oshib ketishiga y o i qo‘yilmaslikka erishdi. 1991-1995-yillarda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning
pasayishi, MDH davlatlari o‘rtasida eng past ko‘rsatkich — 18,8 %ni tashkil etdi.
Holbuki, ushbu ko‘rsatkich Rossiyada — 53 %, Ukrainada — 52 %, Belarusda —
54,6 %, Qozogistonda esa 75,4 %ga teng boidi.
O ‘zbekiston iqtisodiyoti 1997-2003-yillarda yiliga o‘rtacha 3,8-5,2 % iqtisodiy
o‘sish sur’atlari bilan rivojlandi. Qulay investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlarining natijasi sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti 2005-yildan e’tiboran yiliga 7-9 %darajasidagi yuqori va barqaror o‘sish
sur’atlarini namoyish qila boshladi
Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarini erkinlashtirish borasida chuqur islohotlar amalga oshirilishi natijasida tashqi savdoning geografik va tovar tarkibida jiddiy ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbekiston bugungi kunda 45 dan ortiq mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdo aloqalariga ega. Mamlakat tashqi savdo aylanmasi 1990-yildagi 0,8 mlrd. dollardan
2013-yilda 28,9 mlrd. dollar hajmiga yetdi, ya’ni 36,1 martaga oshdi. Ayni vaqtda
tovarlar va xizmatlar eksporti 24,3 martaga, import 38,3 martaga ortib, tashqi
savdo balansida 0,07 mlrd. dollarlik saldodan 1,3 mlrd. dollarlik ijobiy saldoga
erishildi.
Mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlarning amalga oshirilgani eksport faoliyatiga 450 dan ziyod yangi korxonani
jalb etish imkonini berdi. Bu borada Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida
barcha hududlarda o‘z filiallariga ega bo‘lgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlari eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tashkil etilgani
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu jamg‘armaning asosiy vazifasi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatishdan iborat. Jamg‘armaning o‘tgan qisqa davrdagi faoliyati davomida 153 ta tadbirkorlik subyektiga umumiy qiymati 56 million dollardan ziyod boigan eksport shartnomalarini tuzishda yordam ko'rsatildi».1
Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan,
keyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulotlar salmog‘
ining barqaror o‘sish tendensiyasi va xomashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol kuzatilmoqda.
Eksportning tovar tarkibini diversifikatsiya qilish natijasida mamlakatimiz paxta
yakkahokimligi oqibati boigan paxta tolasi eksportiga qaramlikdan xalos boidi.
Uning eksport tarkibidagi ulushi keskin kamayib, 1990-yildagi 59,7 %dan 2013-yilda
7,7 % ga tushdi. 1990-yilda eksportning umumiy hajmida xomashyo hisoblanmaydigan tovarlar ulushi 28 % dan kamroq boigan boisa, hozirgi kunda ushbu ko‘rsatkich 72 %dan ziyoddir. Mamlakatimiz iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning jadal sur’atlarda rivojlanishi natijasida import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ulushi 4,5 barobar qisqardi.
Masalan, oxirgi 15-yilda bug‘doy importi nafaqat to‘xtatildi, balki 0 ‘zbekiston
o‘z bug‘doyi va g‘allasidan tayyorlangan unni eksport qila boshladi. Natijada import
tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 1990-2013-yillarda 48,9 %dan 9,7 %ga
qadar qisqardi. Mashina va uskunalarning import tarkibidagi ulushi 1990-yildagi
12,1 %dan 2013-yilda 44,1 %ga yetdi. Tashqi savdo geografiyasi tarkibida ham diversifikatsiya jarayonlari sodir boidi. Tashqi savdoda sobiq Ittifoq respublikalariga nisbatan uzoq xorij mamlakatlarining ulushi orta boshladi. Jumladan, 1990-2013-yillarda 0 ‘zbekiston eksportining tarkibida uzoq xorij mamlakatlarining ulushi 37,7 %dan 52,6 % gacha, import tarkibida esa 42,6 %dan 62,6 %gacha ortdi.2
Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosining tarkibini takomillashtirish va erkinlashtirish borasida izchil islohotlar olib borildi. Ushbu islohotlarni bir necha bosqichlarga bo‘lishimiz mumkin. Tahlillar ko‘rsatishicha, islohotlarning dastlabki bosqichida tashqi savdoni tartibga solishning insititutsional va huquqiy bazasi yaratilgan bo‘lsa, keyingi bosqichlarda tashqi savdoni tartibga solishning xalqaro amaliyotiga mos keladigan dastaklari joriy qilindi, eksportga yo‘naltirilgan tashqi savdo siyosati olib borildi, tashqi savdoni bosqichma-bosqich erkinlashtirish natijasida milliy valyutaning joriy operatsiyalar bo‘yicha konvertatsiyalashuviga erishildi. Bu o‘z navbatida eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun kuchli rag‘batlantirish omili bo‘ldi.
Respublikamiz eksporti va importining tovar hamda geografik tarkibini takomillashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirish qator vazifalarning amalga oshirilishini taqozo etadi Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yoki ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan mahsulotlarga talabni o‘rganish, bunday tovarlar bozorlariga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqish eksport qilinayotgan tovarlar sonini va mamlakatlar geografiyasini kengaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Jahon bozorlarida korxonalarimiz mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlashda quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi:
• eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xarajatlarini
kamaytirishda ko‘maklashish;
• ularni tashqi bozor konyunkturasidagi o‘zgarishlar, istiqbolli bozorlar, raqobatchilar
to‘g‘risida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish;
• transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish;
• yangi transport yo‘laklarini ochish orqali transport xarajatlarini kamaytirish
va h.k.
Xulosa qilib aytish mumkinki, eksport hajmini oshirish, uning tarkibini takomillashtirish, umuman, tashqi savdo aylanmasini diversifikatsiya qilish iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilishida sifat o‘zgarishlariga erishish, uning raqobatbardoshligini oshirish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va aholi turmush farovonligini yanada ko‘tarish maqsadlariga xizmat qiladi.
Tashqi savdo siyosati davlat tashqi iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo‘lib, milliy iqtisodiyotning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish va tashqi raqobatdan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishga ko‘maklashuvchi choratadbirlar yig‘indisidir.
Tashqi savdo siyosati quyidagi ikki yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:
• eksport siyosati;
• import siyosati.
Eksport siyosati eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish modeli doirasida rivojlanadi.
Import siyosatining turlaridan biri import o‘rnini qoplash siyosati hisoblanib,
bu siyosat ko‘pchilik mamlakatlar iqtisodiyotining sanoatlashishida katta rol
o‘ynagan.
Tashqi savdo siyosatining asosida mumkin qadar qulaylik yaratish rejimi yotadi.
Tashqi savdo siyosati milliy, ikki tomonlama, hududiy, xalqaro darajalarda amalga
oshiriladi. Qayd etib o‘tilgan har bir daraja o‘z xususiyatlariga ega.
Davlatning tashqi savdoga aralashish miqyosiga va tartibga solish darajasiga
qarab tashqi savdo siyosati proteksionistik va erkin savdo xarakteriga ega boladi.


Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə