1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo kontseptsiyasi


O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi



Yüklə 144 Kb.
səhifə5/9
tarix30.04.2023
ölçüsü144 Kb.
#107785
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo kontsep

3.O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi
Tashqi savdo respublikamiz iqtisodiy faoliyatining asosiy qismi bo`lib
xizmat qilmoqda. Ushbu sohada davom ettirilayotgan islohotlar mahalliy va
xalqaro bozorlarni mahsulot va xizmatlar bilan ta`minlash imkonini bermoqda.
Bugungi kunda O`zbekiston xalqaro hamjamiyatda o`z ovoziga ega bo`lib, nufuzli
xalqaro tashkilotlar a`zosi hisoblanadi. Dunyoning yetakchi sanoati rivojlangan
davlatlar bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar
o`rnatilmoqda.
Boshqa davlatlar bilan erishilgan savdo munosabatlari respublikamizda
ishlab chiqarilayotgan mahsulot eksportini oshishiga, o`z navbatida uni
dunyoning rivojlangan davlatlar qatoriga qo`shilish imkoniyatini bermoqda.

Ushbu yo`nalishda amalga oshirilgan islohotlar natijasida 2019 yilning


yanvar-avgust oylarida respulikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 28 433,3
mln. AQSh dollarini tashkil etib, 7 911,3 mln. AQSh dollariga yoki o`tgan yilning
mos davriga nisbatan 38,6 % ga oshgan. Ushbu ko`rsatkichdan eksport hajmi
12 463,0 mln. AQSh dollariga (o`sish sur`ati – 46,7 %) va import hajmi esa
15 970,3 mln. AQSh dollariga (o`sish sur`ati – 32,8 %) yetdi. Hisobot davrida
3 507,3 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo aylanmasi qayd etildi.



O`zbekiston jahonning 181 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini
amalga oshirib kelmoqda. Respublika tashqi savdo aylanmasining dunyo
davlatlari qatoriga nisbatan salmoqli hissasi Xitoyda (18,4%), Rossiya
Federatsiyasida (14,5 %), Qozog`istonda (8,1 %), Koreya Respublikasida
(6,5 %), Turkiyada (5,7 %), Germaniyada (2,3 %) va Qirg`izistonda (2,0 %) qayd
etilgan.

Tashqi savdo aylanmasining tarkibiy dinamikasida ijobiy siljishlar
kuzatilmoqda. O`tgan yilning mos davri bilan solishtirganda tashqi savdo
aylanmasida eksportning ulushi 2,4 foizga ortgan.
MDH davlatlari bilan ananaviy savdo munosabatlari tufayli va tashqi
savdoni har tomonlama qo`llab quvvatlanishi natijasida MDHga a`zo davlatlar
bilan o`zaro savdoning O`zbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2019
yilning yanvar-avgust oylarida 33,2 %ni (9 433,7 mln. AQSh dollari) tashkil etib,
o`tgan yilning tegishli davriga nisbatan 118,9 % o`sishni qayd etdi.
Shu bilan birga, boshqa xorijiy hamkor-davlatlar bilan ham joriy savdo
munosabatlari rivojlanishda davom etmoqda. Boshqa xorijiy davlatlarning tashqi
savdo aylanmasidagi ulushi 66,8 % ga yetib (18 999,6 mln. AQSh dollari) o`tgan
yilning mos davridagi tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 150,9 % ga oshgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo`yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan besh davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Qirg`iziston (388,1 mln.
AQSh dollari), Afg`oniston (359,9 mln. AQSh dollari), Tojikiston (88,6 mln. AQSh
dollari), Fransiya (35,4 mln. AQSh dollari) va Eron (8,6 mln. AQSh dollari).
Qolgan 15 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə