1. Xromotografik tahlil usuli yordamida murakkab aralashmalar tarkibidagi ayrim moddalarni ajratib olish mumkin



Yüklə 99,88 Kb.
səhifə1/15
tarix31.12.2021
ölçüsü99,88 Kb.
#81558
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
KENJAYEV FOZILBEK REFERAT (1)
KENJAYEV FOZILBEK REFERAT (1), KENJAYEV FOZILBEK REFERAT (1), KENJAYEV FOZILBEK REFERAT (1)

REJA:

1. Xromotografik tahlil usuli yordamida murakkab aralashmalar tarkibidagi ayrim moddalarni ajratib olish mumkin.

2. Gaz xromotografiyasi va uning vazifalariga umumiy xarakteristika

3. Yupqa qatlam xromotografiyasi xususiyatlari va umumiyligi

4. Qog`oz xromotografiyasi. Taqsimlanish xromotografiyasining bu turi murakkab aralash moddalar oqsillar, uglevodlar, gormonlar va boshqa moddalarni tahlil qilishda qo`llaniladi.

5. Xulosa



1. Xromotografik tahlil usuli yordamida murakkab aralashmalar tarkibidagi ayrim moddalarni ajratib olish mumkin

Moddalarni analiz qilishning xromotografik usulini birinchi bo`lib rus olimi M.S.Svet asoslagan. M.S.Svet 1903-1904 o`simlik pigmentlarini ajratishda xromotografiyani qo`lladi. Keyinroq R.Kun, A.Vittershteyn va Ye. Dederer karotin xomashyosidan α- va β- karotinlarini Kristal shaklida ajratib olib, usulning moddalar preparative ( toza holda ) ajratishda ham kata ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatishdi.

Xromotografiya -xromotografiya deb ataladigan asbob yordamida amalga oshiriladi. Analiz vaqtida xromotograf kolonkasiga yuborilgan tekshiriluvchi moddalar elyuyent bilan birga turli vaqt oralig`ida alohida- alohida bo`lib kalonkaning chiqish tomoniga keladi va mxsus sezgir asbob - detektor yordamida uning vaqt birligidagi miqdori qayd etiladi, ya`ni egri chizig` yordamida yozib olinadi.

Bu xromotogramma deb ataladi. Sifat analizi vaqtida moddaning kalonkaga yuborilgandan to chiqqungacha bo`lgan vaqti xar bir komponent uchun doimiy tarzda bir xil elyuyentda belgilab olinadi. Miqdoriy analiz uchun esa xromotogra-

fiyadagi piklar (xar bir modda uchun tegishli egri chiziq shakli) balandligi yoki yuzasi, detektorning moddaga nisbatan sezgirligini nazarga olgan xolda o`lchanadi va maxsus usulda xisoblanadi.

Hozirgi vaqtda xromotografiya usullari moddalarni ajratish, tozalash, sifatiy va miqdoriy aniqlash kabi masalalarni hal etishda ishlatiladi. Moddalarni xromotografik ajratish yoki tozalash aralashmadagi moddalarning adsorbent yuzasida turlicha adsorbilanishi va erituvchilardagi eruvch- anligining xar xilligiga asoslangan.

Xromotografiya usullari ajratish mexanizmi bo`yicha adsorbsion, taqsimlanish, ion-almashinish, cho`ktirish va boshqa usullarga, ajratish texnikasi bo`yicha kalonkali, kapilyar va yuzaviy, fazalarning agregat holati bo`yicha gaz, suyuqlik va gaz-suyuqlik xromotografiyasi usullariga bo`linadi. Xromotografik tahlil - aralashmadagi moddalarni qattiq yoki suyuq adsorbentga (shimuvchi modda) tanlab shimilishiga - adsorbsiyalanishiga asoslangan. Moddani adsorbentga shimilish darajasi shimiluvchi-sorbatni shimib oluvchi bo`lgan adsorbentga bo`lgan moyilligiga bog`liq.

Xromotografiya texnikasi

Xromotografik tahlil xususiyatiga ko`ra 3 xil :

1. Ajralish mexanizmi. 2. Tajriba tamoyili.

3. Harakatchan va qo`zg`almas fazalarning aregat holatiga ko`ra tasniflanadi.

Ajralish mexanizmi (tamoyili)ga ko`ra tasnif

1) Adsorbsion xromotografiya. Ajratiluvchi moddalarni turli adsorbsion (shimilish) xususiyatiga asoslangan.

Misol. Silikagel ( adsorbsent) to`lg`azilgan shisha nay (kalonka) orqali Cu2+ va Co2+ ionlar aralashmasi o`tkazilsa kalonkani ustki havorang qatlami ostida pushti rang qatlam kuzatiladi. Mazkur tajribadan pushti rangli Co2+ kationiga nisbatan Cu2+ kationi kuchliroq shimilishini anglash mumkin. Kalonka suv bilan yuvilganda 2 xil rangli sohalar bir- biridan ajraladi.






Yüklə 99,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə