1. Zararkunanda dasturlarning turlari. «Kompyuter virusi»



Yüklə 30,24 Kb.
səhifə1/9
tarix24.12.2023
ölçüsü30,24 Kb.
#158745
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1. Zararkunanda dasturlarning turlari. «Kompyuter virusi»-fayllar.org


1. Zararkunanda dasturlarning turlari. «Kompyuter virusi»

1. Zararkunanda dasturlarning turlari.

«Kompyuter virusi» atamasi 80-yillarning urtalarida kiritilgan. Biologik viruslarga tegishli ulchamlarining kichikligi, uz-uzidan kupayib va obektlarga singib(ularni zaxarlab) tez tarqalish qobiliyati, tizimga salbiy tasiri kabi alomatlar zararkunanda programmalarga xam taalluqlidir. Kompyuter viruslari bilan ish kurilganda «virus» atamasi bilan bir qatorda «zaxarlanish», «yashash muxiti», «profilaktika», kabi tibbiyot atamalaridan xam foydalaniladi. «Kompyuter viruslari» -kompyuter tizimlarida tarqalish va uz-uzidan qaytadan tiklanish (replikaqiya) xususiyatlariga ega bulgan bajariluvchi yoki sharxlanuvchi kichik programmalardir. Viruslar kompyuter tizimlarida saqlanuvchi programma taminotini uzgartirishi yoki yuqotishi mumkin.

Xozirda dunyoda faqat ruyxatga olingan 65 mingdan ortiq kompyuter viruslari mavjud. Zamonaviy zarakunanda programmalarining aksariyati uz-uzidan kupayish qobiliyatiga ega bulganliklari sababli ularni xam kompyuter viruslariga taalluqli deb xisoblaydilar. Barcha kompyuter viruslari quyidagi alomatlari buyicha klassifikastiyalanishi mumkin:


yashash muxiti buyicha;
yashash muxitining zaxarlanishi buyicha;
zararkunandalik tasirning xavfi darajasi buyicha;
ishlash algoritmi buyicha.

Yashash muxiti buyicha kompyuter viruslari quyidagilarga bulinadi: tarmoq viruslari; fayl viruslari; yuklama viruslar; kombinastiyalangan viruslar.

Tarmoq viruslarning yashash muxiti kompyuter tarmoqlarining elementlaridir. Fayl viruslar bajariluvchi fayllarda joylashadi. Fayl viruslar ichida makroviruslar aloxida urin tutadi. Makroviruslar-makrotillarda yozilgan zararkunanda prgrammalar, elektron jadvallar va x. Yuklama viruslar tashqi xotira qurilmalarining yuklama sektorlarida (boot-sektorlarda) buladi. Kombinastiyalangan viruslar bir necha yashash muxitida joylashgan buladi. Misol tariqasida yuklama fayl viruslarni kursatish mumkin.
Yashash muxitining zaxarlanishi usuli buyicha kompyuter viruslari quyidagilarga bulinadi:
rezident;
rezident bulmagan;

Rezident viruslar faollashganlaridan sung tulaligicha yoki qisman yashash muxitidan (tarmoq, yuklama sektori, fayl) xisoblash mashinasining asosiy xotirasiga kuchadi. Bu viruslar, odatda, faqat operastion tizimga ruxsat etilgan imtiyozli rejimlardan foydalanib yashash muxitini zaxarlaydi va malum sharoitlarda zararkunandalik vazifasini bajaradi.


Yüklə 30,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə