10-ma’ruza. Raqamli infratuzilma



Yüklə 110,19 Kb.
səhifə4/6
tarix11.01.2023
ölçüsü110,19 Kb.
#98430
1   2   3   4   5   6
10-ma’ruza

Tarmoqlar va aloqalar

Bu guruhga mahalliy va mintaqaviy tarmoqlarga bo'linadigan tarmoqlar, foydalanuvchilarga turli xizmatlarga keng polosali kirishni ta'minlaydigan simsiz tarmoqlar va aloqa kanallari (yoki telekommunikatsiyalar) kiradi.

Aynan Internetning tarqalishi jamiyatning raqamli transformatsiyasi va iqtisodiyotning an'anaviy tarmoqlarining raqobatbardoshligi tarkibini tubdan o'zgartiradigan yangi iqtisodiy ekotizimni yaratadi.

Axborot-kommunikatsiya va kompyuter texnologiyalari (AKT).

Raqamli infratuzilmaning eng muhim elementlaridan biri AKT texnologiyalari hisoblanadi, ularning tarkibiga EHM va ShEHM, audio va video qurilmalari, ma'lumotlar formatini o'zgartirish qurilmalari, shuningdek, dasturiy majmualar, dasturiy ta'minot qurilmalari va axborot uzatish vositalari kiradi.

AKTning jismoniy komponenti raqamli infratuzilmaning asosini tashkil qiladi.

Bulutli hisoblashlar (BH)

Bulutli hisoblash - Internet orqali turli xil hisoblash resurslarini taqdim etish xizmati bo'lib, bu yerda resurslar sifatida dasturiy ta'minot, turli xizmatlar, ma'lumotlarni uzatish va saqlash tarmoqlari ko’riladi.

Umuman olganda, bulutli hisoblash - bu iqtisodiyotning raqamli transformatsiyalarining katalizatorlaridan biri bo'lib, ular hujjatlar bilan birgalikda ishlash, hujjatlarni onlayn joylashtirish va katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlashni ta'minlaydi.

Bulutli hisoblashning afzalligi – xususiy IT - infratuzilmani (qurilmalar, xizmatlar, OS va dasturiy ta'minot) sotib olish, saqlash va modernizatsiya qilish, bulutdagi infratuzilma va xizmatlarni tezkor joylashtirish, natijada yangi mahsulotlarni bozorga chiqarish muddatini qisqartirish, IT -mutaxassislar uchun xarajatlarni kamaytirish hisoblanadi.

Ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari (ma'lumotlar markazi yoki data-markazlar) va bulutli ma'lumotlar ombori.

Ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari yoki data-markazlar - bu muhandislik tizimlari (elektr ta'minoti, xavfsizlik, ma'lumotlarni uzatish va dispetcherlik) ga asoslangan samarali hisoblash uskunalari majmuasi bo'lib, mijozlarning hisoblash tizimlarini joylashtirish va ularning uzluksiz ishlashini ta'minlash imkonini beradi.


Yüklə 110,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə