10-ma’ruza. Raqamli infratuzilma


Bulutli omborlar - bir serverda yoki bir nechta serverlarda emas, balki bulutli xizmat ko'rsatuvchi provayder tomonidan internetda tarqatilgan serverlarda ma'lumotni saqlashning bir usuli hisoblanadi



Yüklə 110,19 Kb.
səhifə5/6
tarix11.01.2023
ölçüsü110,19 Kb.
#98430
1   2   3   4   5   6
10-ma’ruza

Bulutli omborlar - bir serverda yoki bir nechta serverlarda emas, balki bulutli xizmat ko'rsatuvchi provayder tomonidan internetda tarqatilgan serverlarda ma'lumotni saqlashning bir usuli hisoblanadi.

Bulutli omborlar saqlangan ma'lumotlarning turiga (fayllar va papkalar, blok va ob‘yektli saqlash) qarab tasniflanadi.

Bulutli saqlashning asosiy turlari quyidagilar: rezervli nusxalash va tiklash, dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish, ma'lumotlarni ko'chirish, katta ma'lumotlar, ma'lumotlarni almashish va boshqalar.

Ma'lumotlar bilan ishlaydigan platformalar va ekotizimlar

Raqamli platforma” tushunchasiga ko'plab ta’riflar berilgan, biroq ularning barchasi ishlab chiqarish zanjiri ishtirokchilarining yagona raqamli muhitida tranzaktsion xarajatlar va mehnat taqsimotining yangi tizimiga asoslangan yangi biznes modelni yaratishni ta'minlaydigan raqamli texnologiyalar va xizmatlar vositasi ekanligiga asoslanadi.

Ma'lumotlar bilan ishlash uchun ekotizimlar - bu ma'lumotlar omborlari to'plami, ma’lumotlarni olish, qayta ishlash vositalari hisoblanadi.

Boshqacha aytganda, ekotizimlar individual raqamli vositalarni, masalan, ilovalar, xizmatlar, platformalar va boshqalarni yagona boshqariladigan infratuzilmaga birlashtiradi, bu esa spektrni sezilarli darajada kengaytirishga, hal qilinayotgan vazifalarning murakkabligi, sifati va tezligini oshirishga yordam beradi.

8.3. Raqamli infratuzilmaning optimallashtirishdagi roli

AT infratuzilmasini har qanday optimallashtirish muayyan mezonlar bo'yicha ortiqcha xarajatlarni aniqlash imkonini beruvchi tahlildan boshlanadi. Monitoring quyidagi muammolarni aniqlash imkonini beradi:

  • Dasturiy ta'minotni litsenziyalash va foydalanilmagan resurslarni isrof qilish;
  • Kompaniya infratuzilmasi elementlaridan foydalanishda standartlashtirishning yo'qligi;
  • Past darajadagi samaradorlik va yuqori operatsion xarajatlarga ega eskirgan qurilmalarning mavjudligi;
  • Qurilmalar va resurslardan noto'g'ri foydalanish;
  • Tarmoqlar va xizmatlar ishini tashkil etishda rejalashtirishning yo'qligi.

  • Yüklə 110,19 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə