10-mavzu. Agrar bozorning shakllanishida tabiiy omillarining xususiyatlari


Yer rentasi va uning bozor iqtisodiyoti sharoitida namoyon bo‘lish xususiyatlari



Yüklə 147,81 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü147,81 Kb.
#158990
1   2   3   4
10-мавзу, маъруза

3. Yer rentasi va uning bozor iqtisodiyoti sharoitida namoyon bo‘lish xususiyatlari.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, qishloq xo‘jalik korxonalarida hozirgi kunda a’zolarga yer qiymati baholanib taqsimlanganiga qaramasdan ularning hech qanday rag‘batlantirish yoki manfaatdorlik xususiyatlari namoyon bo‘lmayapti. Shuning uchun ham, yil yakunidan olingan foydadan yer qiymati bo‘yicha xam divident ajratishni ko‘zda tutish maqsadga muvofiq. Bunday xolatda, yer qiymati hisobidan ulushga ega lekin bevosita yerda ishlamayotgan a’zolar ham ushbu mulkiy paylardan moddiy manfaatdorlik sezishadi.
Yerga mulkchilik ob’ekti sifatidagi egalik masalasida, shuni qayd etish lozimki, ijaraga beriladigan har qanday yer uchun renta masalasini xal etish zarur.
Ma’lumki, renta quyidagi turlari bilan tavsiflanadi. Masalan, yomon yerlarni ijaraga berishdan olinadigan renta mutloq renta bo‘ladi. Bozor munosabatlari uning ta’sirini oshirish - mutloq ravishda barcha yer uchastkalaridan olish zaruratini talab qiladi.
Differensial renta iqtisodiy ahamiyati unumdorligi yaxshi va o‘rtacha bo‘lgan yerlarga nisbatan oshib boradi; differensial renta tamoyilga ko‘ra, har qanday yer uchastkasiga - yaxshi, o‘rtacha, yomon bo‘lishdan qat’iy nazar xo‘jalik foydalanayotgan yerga qo‘shimcha mablag‘ va mehnat sarflash asosida qo‘llaniladi.
Uslubiy jihatdan rentani o‘zlashtirishning barcha ko‘rinishlarida yagona yondashuv renta miqdoridan qattiy nazar yerdan maqsadli foydalanishga rioya qilishni, aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, ASMning barcha tarmoqlarini samarali va barqaror rivojlantirish manfaatlari hamda qishloqning ijtimoiy rivojlanishni, ekologik muvozanatni ta’minlash uchun foydalanishni taqozo etadi.
Differensial renta to‘lovlarini respublika miqyosida tartibga solish va jamlashtirish maqsadga muvofiqdir. Bunda yerdan foydalanganlik uchun xaq to‘lash tamoyilining amal qilishi asosida, iqtisodiy tadbirlar vositasida barcha viloyatlar va ulardagi xo‘jalik yurituvchilar uchun nisbatan teng imkoniyatlar yaratib berilishi zarur (tabiy-iqlim zonalari bo‘yicha).
Viloyatlar darajasida rentaning iqtisodiy ahamiyatini uning mutloq shaklida quyidagi yo‘l bilan sezilarli darajada orttirish mumkin: daromadning ana shu qismini viloyatlar uchun qoldirish va uni mazkur hududda yashovchi aholining yerga egaligini qat’iy maqsadli amalga oshirishlishining shakli deb qarash.
Ma’muriy tumanlar miqyosida ham renta to‘lovlarining amal qilishini differensial rentani mehnat jamoalariga, mahalliy aholi va o‘z-o‘zini boshqaruvchi xo‘jalik sub’ektlariga haydaladigan yerlardan, qishloq xo‘jalik ekinzorlaridan va xo‘jalik yuritishning barcha shakllaridagi boshqa tabiiy resurslardan samarali foydalanganligi uchun rahbatlantirish omili sifatida berish hisobiga kuchaytirish mumkin.
Takomillashtirilayotgan renta to‘lovlarining barcha turlarini mahsus yer fondlarida jamlashtirish muhim deb hisoblaymiz. Bu ulardan maqsadli dehqonchilikni rivojlantirish, tuproq unumdorligini oshirish, infratuzilmani, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadlari yo‘lida foydalanish uchun zarurdir.
Differensial renta turli usullar yordamida aniqlanishi mumkin. Jumladan, yalpi mahsulotni baholash va qilingan sarflarning qoplanishi ko‘rsatkichlari asosida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Dp = YaM - Mr * S
Bunda,
Dp - 1 ga. qishloq xo‘jalik ekinzorlaridan olinadigan differensial renta, so‘m;
YaM - 1 ga. yerdan olinadigan yalpi mahsulot qiymati, so‘m;
Mr - rentabellikning me’yoriy darajasi koeffitsienti, birlik;
S - 1 ga. qishloq xo‘jalik ekinlariga sarflangan mablag‘, so‘m;
Differensial renta qishloq xo‘jaligi yerlari sifatining yuqoriligi, joylashgan o‘rnining yaxshiligi tufayli xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishi va tovar mahsulot xajmini ko‘paytirishi natijasida olinadigan qo‘shimcha daromad sifatida ta’riflanishi mumkin.
Renta miqdorlarining hisob-kitobini tovar ishlab chiqarishning yomon sharoitlariga nisbatan olgan holda o‘tkazish maqsadga muvofiq. O‘rtacha mintaqaviy (viloyat, tuman va xo‘jaliklar bo‘yicha o‘rtacha) sharoitlarga nisbatan ham hisoblash mumkin.
Tuman miqyosida va har bir qishloq xo‘jalik korxonasi bo‘yicha bir gektar yer maydoniga to‘hri keladigan differensial renta hajmini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Dp = (TM bir - T bir * Mp) ind - (TM bir - T bir * Mp)urt.
Bunda,
Dp - differensial renta, so‘m/ga.,
TMbir - maydon birligidan olinadigan tovar mahsulot, sotuv baholari bo‘yicha, so‘m/ga.,
Tbir - maydon birligidan olinadigan tovar mahsulot tannarxi, so‘m/ga.,
Mp - takror ishlab chiqarishni ta’minlovchi, rentabellikning me’yoriy darajasini tavsiflovchi koeffitsient.,
(TM bir - T bir * Mp) ind - tumandagi barcha qishloq xo‘jalik korxonalariga tegishli ko‘rsatkichlar (agar differensial renta butun tuman bo‘yicha hisoblansa) yoki ayrim olingan korxona ko‘rsatkichlari (agar renta ayrim xo‘jalik bo‘yicha hisoblanadigan bo‘lsa),
(TM bir - T bir * Mp)urt. - viloyat bo‘yicha o‘rtacha tegishli ko‘rsatkichlar (renta butun tuman bo‘yicha belgilanadigan hollarda) yoki tuman bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar (renta har bir qishloq xo‘jaligi korxonasi uchun alohida hisoblanganda).
Differensial rentani ikki xil usulda hisoblash lozim: aniq ma’lumotlar bo‘yicha va me’eriy qiymatlar bo‘yicha. Me’yoriy sifatida hosildorlikning asoslangan qiymatlari, moddiy-texnik resurs sarfi, mehnat sarfi va unga haq to‘lash darajasi qabul qilinadi.
Differensial renta yer narxini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Yer narxi kapitallashgan rentadan iborat bo‘lib, ikki xil usul bilan aniqlanishi mumkin.
N = (Dr / Ns) * 100
Bunda,
N - yer uchastkasi bahosi, so‘mda;
Ns- ssuda foizining miqdori, % da.
Ushbu usulning mohiyati shundaki yer bahosi shunday pul summasiki, uni bankka qo‘yilganda yer egasiga muayyan davr uchun (bir yil uchun) mazkur uchastkadan olinadigan differensial yer rentasining miqdoriga teng bo‘lgan daromadni ta’minlaydi.
Yerning me’yoriy va bozor baholari farqlanadi. Mazkur usul bo‘yicha yerning me’yoriy bahosi ushbu formula bo‘yicha hisoblanadi:
N = Dr * Kk
Bunda,
N - yer bahosi, so‘m/ga,
Kk - kapitallashtirish muddati, yil.
Xo‘jaliklarda muayyan yer uchastkalari bahosini bevosita belgilashda quyidagicha tartib taklif etiladi.
Avvalo, yerning xo‘jalik bo‘yicha o‘rtacha me’yoriy bahosi hisoblab chiqiladi. Keyin har bir yer uchastkasining sifati aniqlanadi, bunda bir gektar yerda tuproq ball bahosining butun xo‘jalik bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan qiymati olinadi.
So‘ngra bir ball-gektarning xo‘jalik bo‘yicha o‘rtacha bahosi hisoblab chiqiladi.
Shundan keyin yer uchastkasining joylashgan o‘rni aniqlanadi va uning yer bahosiga ko‘rsatadigan ta’sirini hisobga oluvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Mazkur ma’lumotlar har bir yer uchastkasi yoki xududdagi maydon birligining bahosini aniqlashga imkon beradi.
N m = Nb / ga * P + Ch max
Bunda,
N m - bir ga. aniq yer uchastkasining me’yoriy bahosi, so‘m;
Nb/ga - bir ball - gektarning xo‘jalik bo‘yicha o‘rtacha me’yoriy bahosi, so‘m;
P - mazkur yer uchastkasi bir gektarining ball bahosi;
-Ch max - yer uchastkasining joylashgan o‘rni tufayli tashish xarajatlarining kamayishi;
+Ch max - yer uchastkasining joylashgan o‘rni tufayli tashish xarajatlarining ortishi;
Har bir yer uchastkasi unumdorligining ballardagi bahosi tuproqni tekshirish bo‘yicha oxirgi ma’lumotlar yoki «UzErqo‘mitasi» muassasi tomonidan bajarilgan yer tuzish ma’lumotlaridan olinadi. Ularda har bir uchastkaning tuproq ballaridagi hamda mahsuldorlik ballaridagi bahosi keltirilgan va uning maydoni ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Ko‘rsatkichlar tizimi yerdan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha majmuaviy tahlilni amalga oshirish imkonini beradi: har-xil sharoitlarga ko‘ra (omillar bilan bohliq ko‘rsatkichlar), tarkibiga ko‘ra (tuzilmaviy) va natijalarga ko‘ra (natija ko‘rsatkichlari).
1. Omillar bilan bohliq ko‘rsatkichlar, o‘sib boruvchi tarzda ko‘rsatilib yerdan foydalanish sharoitlarining yaxshilanishi yoki yomonlashuvi darajasini baholash imkonini beradi hamda ko‘p jihatdan ularning tabiatini yoki ularga xos ayrim xususiyatlarni belgilab beradi.
2. Tarkibiy ko‘rsatkichlar, o‘sib boruvchi tarzda ko‘rsatilib, yerdan foydalanish jarayonining o‘zini, uning texnologiyasi va tashkil etilishini, ma’lum davrdagi o‘zgarishlarini hamda ma’lum darajada rivojlanish yo‘nalishini ham baholashga imkon yaratadi.
3. Natija ko‘rsatkichlari, o‘sib boruvchi tarzda taqdim etilib, birinchidan, yerdan yoki suvdan foydalanish natijalarini, ya’ni yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini va kapital sarfi samaradorligini; ikkinchidan, rivojlanish yo‘nalishini (ekstensiv yoki intensiv yo‘l), uchinchidan, samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini baholash imkonini beradi.
Shunday qilib, dehqonchilikning eng qulay tashkiliy-xo‘jalik hamda hududiy shart-sharoitlarini yaratish yer resurslari salohiyatidan foydalanishni yaxshilashda va uni muhofaza qilishda hamda yuz berayotgan jarayonlarni boshqarish tizimini takomillashtirishda aniq imkoniyatlar yuzaga keladi.



Yüklə 147,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə